Xayr bog’cha, salom maktab tadbir she’rlari

Xayr bog’cha, salom maktab tadbir she’rlari. Xayr bog’chajon she’rlar>>

Xayr bog’cha, salom maktab she’rlari.

Hayrlashib bog‘chajon,
Maktabga yo‘l olamiz.
Unutmaymiz hech qachon,
Sendan mehr olganmiz.

naqorat.
Bog‘chajonim~bog‘chajon,
Niholchalarga makon.

Yuragingdan joy berib,
O‘stirding sog‘,barkamol.
Ishonch berib,baxt berib,.
Ham quvonch olam~jahon.

naqorat.
Bog‘chajonim~bog‘chajon,
Niholchalarga makon.

Bog‘chajonim.

Bog‘chajonim~bog‘chajon,
Sehrlisan, mehribon.
Quchog‘ungda o‘sdik biz,
Kuchga to‘ldik va chaqqon.

Endi xush qolgin bog‘cham,
Arg‘imchoqli ayvoncham.

Shod o‘tdi rosa kunim,
Oldik turli xil bilim.
Polvonjon bo‘lib o‘sdik,
Bog‘chamiz juda sulim.

Endi xush qolgin bog‘cham,
Mo‘jizaga kon bog‘cham.

Ertaknamo bog‘chamiz,
Seni hech unutmaymiz.
Ukam keldi bag‘ringga,
Biz maktabga boramiz.

Endi xush qolgin bog‘cham,
Arg‘imchoqli ayvoncham.

Tarbiyachim!

Onam ketadi ishga,
Dadam ketadi ishga.
Bizlarga kim qaraydi?
Kim sochimiz taraydi?

Yedirib ovqatimiz,
Yuvdirib yuz~qo‘limiz,
Kim bizga alla aytar?
Ertak aytib ovutar.

Hisobni o‘rgatar kim?
She’rimiz yodlatar kim?
Kim bizga do‘st, dugona?
Tarbiyachim~yagona!!

Tadbir ssenariylar to’plami

Jismoniy yo‘riqchi.

Sog‘lik va qomat uchun,
Oyoq va qo‘lning kuchin,
Mustahkamlar albatta,
Jismoniy mashg‘ulotda!

Sog‘ligimiz juda zo‘r!
Kuchimizni sinab ko‘r.
Badantarbiya qilib,
Boramiz kuchga to‘lib!

Turli mashqlar o‘rgatar,
Musobaqa o‘tkazar,
Jismoniy yo‘riqchimiz~
Sog‘liqning quriqchisi!

Hamshira.

Qishning sovuq kunida,
Yozning issiq tig‘ida,
»Voyjonim»opamiz bor,
Darmondorisi tayyor!

Oq qalbidek kiyimi,
Qo‘lida ~vetamini.
Kokteyl ichamiz,ura,
Yo‘qlar bizni hamshira!

Oshpaz opaga atab she’r.

Qovurish va qaynatish,
Sirlaridan xabardor.
Taom suzish, bezatish,
Cho‘t emas, juda dastyor!

Chuchvarami, mantimi,
Pirog yo qovoq somsa.
Mazali,shirin ta’mli,
Oh,bugun zapikanka!

Taom tayyorlash uchun,
Kun bo‘yi harakatda.
Oshpaz sarflar bor kuchin,
Bizlar uchun albatta!

Musiqachi.

Kim gormoshka chaladi,
Timsoh Genadan bo‘lak?
Notalarni biladi,
O‘rgatay deb jonsarak!

Pioneno ko‘ylaydi,
Uning qo‘li ostida.
Buben rosa o‘ynaydi,
Bolalar bilan birga.

Eng kichik bolalar ham,
Juda ko‘p qo‘shiq bilar.
Qo‘shiq~bilan xotirjam,
Kunimiz xush, shod o‘tar.

Musiqachi opamiz,
Sizni ko‘p sog‘inamiz!

Yordamchi tarbiyachi.

Tong sahar, to kechgacha,
Mehnat qilib tolmaydi.
Mehri bizga o‘zgacha,
Tozalikdan qolmaydi.

Bizga ovqat tashiydi,
Idishimizni yuvar.
O‘rnimiz tekislaydi,
Pol yuvar, changni olar.

Atrof toza~yaltirar,
G‘ubor ko‘rmaysiz sira.
Hoynahoy o‘n qo‘li bor!
Qanday ulgurarkin~a?

Xayr bog’chajon she’rlar 2

Logoped.

Oh, qanchalar qayg‘uli,
Tovushni aytolmasang!
Xunuk, xatto kulguli,
»Arra»ni,»Alla»~desang.

Nutqimiz qilib go‘zal,
Logaped tinmay ishlar.
Ravon qilib tilimiz,
Nurga chulg‘ar yo‘limiz!

Uslubchi haqida she’r.

Qachon va qay tarzda,
Qaysi darsni o‘tishni.
Dunyo sirlarin bilib,
Aql chiniqtirishni.

Uslubchi bog‘cha opam,
Rejalashtirib har dam.
Taqsimlaydi yumushni,
Faoliyat, o‘qishni!

Maktab haqida she’rlar