Sahifamiz orqali Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylari va g’azallari to’plamini topishingiz mumkin.Bobur hayoti ijodi haqida. Bobur sherlari 4 qator.
Mundarija
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida.
Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon (1483 y. 14 fevral)da tugʻilgan. Amir Temurning beshinchi avlodi, Fargʻona hukmdori Umarshayxning farzandi. Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 1503—1504 yillarda Afgʻonistonni egalladi. 1519—1525 yillarda Hindistonga 5 marta yurish qiladi. Uch asrdan ortiq davom etgan (1526—1858 y.y.). boburiylar saltanatiga asos solgan, 26 dekabr 1530 yil Agra, Indiyada vafot etkan.Qabri keyinchalik vasiyatiga koʻra Qobulga koʻchirilgan.
Bobur (taxallusi; to‘liq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) — o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, iste’dodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda.
Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi — Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Boburning onasi o‘qimishli va oqila ayol bo‘lib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol ko‘mak bergan, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan.
Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo bo‘yida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda o‘tkazardi. Boburning yoshligi Andijonda o‘tgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida harbiy ta’lim, fiqh ilmi, arab va fors tillarini o‘rganadi, ko‘plab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, she’riyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» («Sher») laqabini oladi.
Boburnoma» – Boburning tarixiy asaridir. Asar haqli ravishda «turkiy nasrning eng yaxshi asari» deb nomlangan. Ushbu kitob tarixiy yozuvlarning qisqa ma’lumoti emas. Asarda Boburning faoliyati, uning muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz harbiy yurishlari, boy sarguzasht hayotining barcha voqealari tasvirlangan. Bugungi kunga qadar «Boburnoma» dunyoning 31 tiliga tarjima qilingan.
Alisher Navoiy g’azallariBobur g’azallari.
Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga,
Kelsun agar yuzumni evursam,balo manga.
Netgayman ul rafiq bilakim,qilur base,
Mehru vafo raqibg‘a, jabru jafo sanga.
Begona bo‘lsa aql meni tilbadin,ne tong,
Chun bo‘ldi ul parisifatim oshno manga.
Ohu yoshimdin orta durur za’f, ey tabib,
Bildim yarashmas emdi bu obu havo manga.
Dardim ko‘rub muolajada zoye’ etma umr,
Kim,jonda dardi ishq durur bedavo manga.
To yor kimni istaru ko‘ngliga kim yoqar,
Tashvish bejihat durur oxir sango,manga.
Bobur,bo‘lub turur ikki ko‘zum yo‘lida to‘rt,
Kelsa ne bo‘ldi qoshima bir-bir mango manga.
Kerak.
O‘zni , ko‘ngul, aysh bilan tutmoq kerak,
Bizni unutqonni unutmoq kerak.
Ayshu tarab gulbunig‘a suv berib,
G‘ussa niholini qurutmoq kerak.
Tiyra turur zuhd damidin ko‘ngul,
Ishq o‘ti birla yorutmoq kerak.
Har nimag‘a g‘am ema,g‘am ko‘p turur,
Aysh bila o‘zni unutmoq kerak.
Qo‘yma mashaqqat aro,Bobur,ko‘ngul,
O‘zni farog‘at bila tutmoq kerak.
Ne xush bo‘lg‘ayki.
Ne xush bo‘lg‘ayki, bir kun uyquluq baxtimni uyg‘otsam,
Kechalar tori mo‘yidek belig‘a chirmashib yotsam.
Gahi guldek yuzini ul shakar so‘zlukni islasam,
Gahi shakkar kibi ul yuzi gulning la’lidin totsam.
Qani Shirin bila Layliki sendin noz o‘rgansa,
Qani Farhodu Majnunkim, alarg‘a ishq o‘rgatsam.
Yoruq kunduz,qorong‘u kechada anjum kibi bo‘lgay,
Chekib gar oh dudini ko‘ngul o‘tini tutratsam.
Ko‘zum ravshanlig‘ida bo‘lg‘ay,Bobur,base kamliq,
Agar qoshi bila yuzun hilolu kunga o‘xshatsam.
Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana.
Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana,
Tiyra bo‘ldi ro‘zg‘orim ul qaro qoshdin yana.
Men xud ul tifli parivashg‘a ko‘ngul berdim, vale,
Xonumonim nogahon buzulmag‘ay boshdin yana.
Yuz yomonliq ko‘rub ondin telba bo‘ldung,ey ko‘ngul,
Yaxshilig‘ni ko‘z tutarsen ul parivashdin yana,
Tosh urar atfol mani,uyida forig‘ ul pari,
Telbalardek qichqirurmen har zamon toshdin yana.
Oyog‘im etgancha Boburdek ketar erdim,netay,
Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana.
Bobur g’azali topmadim.
Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,
Ko‘nglumdin o‘zga mahrami asror topmadim.
Jonimdin o‘zga jonni dilafkor ko‘rmadim,
Ko‘nglum kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.
Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.
Nochor furqati bila xo‘y etmisham, netay,
Chun vaslig‘a o‘zumni sazovor topmadim.
Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko‘ngul,
Nechaki borib eshigiga bor topmadim.
Bobur, o‘zungni o‘rgatako‘r yorsizki, men
Istab jahonni muncha qilib yor topmadim.
Qaro soching.
Ko‘ngulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching,
Shikasta ko‘ngluma ermish qaro balo soching.
Muyassar o‘ldi junun mulki, ey junun ahli,
Nisori ashkni emdi bu kun mango soching.
Soching shikastida bordur shikasta ko‘ngullar,
Ko‘ngullar ochilur, ochilsa ul qaro soching.
Ochildi ko‘ngli, chu ochting sochingni, Boburning,
Ne ayb, agar desa dilbandu dilkusho soching.
Baloyi ishqki…
Baloyi ishqki, har dam manda jafoyedur,
Bu ishdin kecha olmon ajab baloyedur.
Xati labig‘a tutash bo‘lsa, ey ko‘ngul, ne ajab,
Ki Xizr chashmayi hayvong‘a rahnamoyedur.
Yarar bu xasta ko‘ngul dardig‘a o‘qin yarasi,
Magarki har yarasi yorning davoyedur.
Bahor fasliduru may havosi boshimda,
Ayoq tut menga soqiyki, xush havoyedur.
Ul oy raqibg‘a bo‘ldi rafiqu Boburning
Rafiqu hamdami hajrinda ohu voyedur.
Bo’ldum g’azali.
Sening ishqingda, ey nomehribon, bexonumon bo‘ldim,
Deman bexonumon ovvorayi ikki jahon bo‘ldum.
Labing gar bermasa bo‘sa nechuk jon elta olg‘aymen,
Bu yo‘ldakim, adam sahrosig‘a emdi ravon bo‘ldum.
So‘rub ul oy labidin og‘zining ramzini angladim,
Bir og‘iz so‘z bila ko‘rungki muncha xo‘rdadon bo‘ldum.
Nechakim qoshi yolar ishqida tuzlukni ko‘rsattim,
Vale oxir malomat o‘qlarig‘a-o‘q nishon bo‘ldum.
Kular erdim burun Farhodi miskin dostonig‘a,
Bu Shirindurki oning birla-o‘q hamdoston bo‘ldum.
Visoling davlatig‘a yetmasam Bobur kibi, ne tong,
Ki hajring mehnatida asru zoru notavon bo‘ldum.
Bo‘ldum osuda.
O‘lum uyqusig‘a borib jahondin bo‘ldum osuda,
Meni istasangiz, ey do‘stlar, ko‘rgaysiz uyquda.
Nekim taqdir bo‘lsa, ul bo‘lur tahqiq bilgaysiz,
Erur jangu jadal, ranju riyozat barcha behuda.
O‘zungni shod tutqil, g‘am yema dunyo uchun zinhor
Ki, bir dam g‘am yemakka arzimas dunyoyi farsuda.
Zamona ahli ichra, ey ko‘ngul, oyo topilg‘aymu,
Seningdek dard paymovu meningdek dard paymuda.
Ulusdin tinmadim umrimda hargiz lahzaye, Bobur,
Magar o‘lsam bu olam ahlidin bo‘lg‘aymen osuda.
Tishing dur, labing marjon, xading gul…
Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon,
Yuzung xur, soching anbar, so‘zung mul, menging meynon.
Meynon menging, so‘zing mul, anbar soching, yuzung xur,
Rayhon xating, xading gul, marjon labing, tishing dur.
Tafohur ko‘zum, ko‘nglum qilurlar magar bordur,
Ko‘zunga ko‘ngul vola, yuzunga ko‘zum hayron.
Hayron ko‘zum yuzunga, vola ko‘ngul ko‘zunga,
Bordur magar, qilurlar ko‘nglum, ko‘zum tafohur.
Tafakkur necha qilsam topilmas sening misling,
Pariydek seni ko‘rdum emassen magan inson.
Inson magar emassen, ko‘rdum seni pariydek,
Misling sening topilmas qilsam necha tafakkur.
Balodur manga hajring, davodur manga vasling,
Itobing manga ofat, hadising manga darmon.
Darmon manga hadising, ofat manga itobing,
Vasling manda davodur, hajring manga balodur.
Chu Bobur sanga quldur nazar qil anga zinhor,
Topilmas yana bir qul aningdek sanga, ey jon.
Ey jon sanga aningdek, bir qul yana topilmas,
Zinhor anga nazar qil, quldur sanga chu Bobur.
Bobur ruboiylari.
Qayg‘ungni cheka-cheka qaribdur Bobur,
Rahm aylaki, o‘zidin boribdur Bobur.
Noranj yubordi sangakim, bilmagaysen,
Ya’niki, bu nav’ sarg‘oribdur Bobur.
* * *
Har kimki vafo qilsa, vafo topqisidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqisidur,
Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlig‘ hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqisidur.
* * *
Yod etmas emish kishini mehnatga kishi,
Shod etmas emish ko‘ngulni g‘urbatga kishi.
Ko‘nglum bu g‘ariblikta shod o‘lmadi hech,
G‘urbatga sevunmas emish, albatta, kishi.
* * *
Hijron aro yod etib meni shod ayla,
Mahjur ko‘ngulni g‘amdin ozod ayla,
Bu xatni aning uchun bitdim munda,
Ko‘rgan Soyi xatimni, meni yod ayla.
* * *
Ul xatki, anda seni men yod etgaymen,
Ko‘z oqida koshki savod etgaymen,
Kifriklardan anga qalam rost qilib,
Ko‘z qarosidin anga midod etgaymen.
* * *
Nomangki tirikligim nishoni erdi,
Har satri hayoti jovidoni erdi,
Har lafzida oshkor yuz xarfi vafo,
Har harfida yuz mehr nihoniy erdi.
* * *
Tuz oh,Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Sarrishtai ayshdin ko‘ngulni zinhor
Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.
* * *
Sen gulsenu men haqir bulbuldirmen,
Sen shu’lasen,ul shu’lag‘a men kuldirmen.
Nisbat yo‘qdur,deb ijtinob aylamakim,
Shohmen elga,vale senga quldurmen.
Tuyuqlar.
Vasldin so‘z derga yo‘q yoro manga,
Hajr aro rahm aylagil, yoro, manga.
O‘qung etti ko‘p yomon yoro manga,
Marxami lutfung bila yoro manga.
* * *
Ulki, har ko‘zi g‘azoli Chindurur,
Qoshida payvayeta oning chindurur.
Chunki ko‘p yolgon aytti ul manga,
Gar desam yolg‘onchi oni chindurur.
* * *
Meni behol aylagan yor oydurur —
Kim, oning vasli menga yoroydurur.
Gar visoli bo‘lmasa, ketar yerim
Yo Xuroson, yo Xitoy, yo Roydurur.
Fardlar.
Holimni sanga aytib, xajr o‘tig‘a o‘rtondim,
Ey yor, yamon qildim, har neki dedim — yondim.
* * *
Sanbo‘sa sening ko‘nglung gar istasa, andoq qil,
Sanbo‘sa kerak bo‘lsa, san bo‘sa inoyat qil.
* * *
Qutulmoq firoqingdin oson emas,
Yetishmak visolingg‘a imkon emas.
* * *
Darding o‘lsa, ilojni netayin?
Sensizin taxtu tojni netayin?
* * *
Mehrubon istab, baloi bevafog‘a uchradim,
Bevafo ermish, Xudoyim, ne balog‘a uchradim?
* * *
Bo‘ldum yana oshufta, devona dag‘i bormen,
Go‘yoki bu fursatta oshiq bo‘lub o‘xshormen.
* * *
Koshki el birla ul mahvash hikoyat qilmasa,
Yo hikoyat qilg‘anini el rivoyat qilmasa.
* * *
Ko‘nglum visolidin xushu ko‘zumda nurdur,
Ko‘z ravshani, ko‘ngul xushi Abdushukurdur.
* * *
Bo‘lmadi hargiz, netay, ul bevafo yorim mening,
Gar menga yor o‘lsa ul, bo‘lg‘ay Xudo yorim mening.
* * *
Yorning ag‘yorg‘a meh_ru vafosin angladim,
Notavon ko‘nglumga ham javru jafosin angladim.
* * *
Qadin ko‘z jo‘yborig‘a ul oy bexost keltursa,
Oyog‘idin ko‘tarmay boshni, Tangri rost keltursa.
Bobur qit’alari.
Ey alarkim, bu Hind kishvaridin
Bordingiz anglab o‘zga ranju alam.
Kobulu xush havosini sog‘inib,
Hinddin garm bordingiz ul dam.
Ko‘rdingiz — toptingiz ekin anda
Ishratu aysh birla nozu niam?
Biz dog‘i o‘lmaduq, bihamdilloh,
Garchi ko‘p ranj edi-yu, behad g‘am.
Hazzi nafsiy, mashaqqati badaniy,
Sizdin o‘tti-yu, o‘tti bizdin ham.
* * *
Davron g‘ami bila sitamini unutgurur
Ul sabzchehra yor xayoli aladdavom.
Hijronida xayol eta olmon, bu turfakim,
Vaslida ham xayol agar bo‘lsa, borcha xom.
Vasfida xomlik agar o‘lsa, ne g‘amdurur,
Chun daf’ etar xayoli g‘amu g‘ussani tamom.
Chun yori rozdor qilurman seni xayol,
Asror fosh aylama zinhor, vassalom!
* * *
Bobur niyozu madhini yetkurgil, ey sabo,
Ul shahzoda Nosir olijanobqa.
Bo‘l oyu yil farog‘atu xushboshlig‘ bila
Bo‘lguncha mohu sol oyu oftobqa.
Hijron cho‘lida jahd bila po‘yalar urub,
Istab ziloli vasl, yetishtim sarobqa.
Chun xost mundoq erdiki, hajringni chekkamen,
Bexost raj’at aylamisham Andarobqa.
* * *
Eyki, targ‘ib qilursen chog‘ir ichmakka meni,
Sozu xonanda bila soqiyu saxbo bormu?
Bovujudiki, o‘tubtur chog‘ir ichmak vaqti,
Majlis asbobini, bilmonki, muhayyo bormu?
* * *
Noumid bo‘ldum, ey Mo‘g‘ul, sendin,
To eshitgimki, Andijon bording.
Aytg‘on so‘zga keldim, ammo, sen
Yaxshi kelding demay, yamon bording.
Z.M.Bobur sherlari 4 qator.
Ey xush ulkim, qilsa g‘amdin ko‘nglini ogoh, ishq,
Aylasa beg‘amlig‘ining qissasin ko‘tox, ishq.
Vah, ne kun bo‘lg‘ayki, qovlab aqlu donish xaylini,
Bo‘lsa jon birla ko‘ngulning kishvarida shoh ishq.
* * *
Safar azmini qilding, men boraolmay turub qoldim,
Nazar lutfini qilding mendinu men telmurub qoldim.
Aningdek tund surdi xajr raxshin ul qaroko‘zluk,
Yiroqtin yuz alam birla qarosini ko‘rub qoldim.
* * *
Seni ko‘rmaslik ko‘ngulga g‘am edi, jonimg‘a xam,
G‘ayrning ko‘rmakligi bo‘ldi alam uzra alam.
Yo sening ko‘rmakligingdin g‘ayr bo‘lsa erdi daf’,
Yo seni ko‘rmaydururmen, g‘ayrni xam ko‘rmasam.
* * *
Qadi furqati meni duto qilur,
Qoshi xajri qomatimni yo qilur,
Necha g‘ayrg‘a ul oy vafo qilur?
Necha jonima mening jafo qilur?
* * *
G‘urbat tug‘i yopqon ruhi zardimnimu dey?
Yo hajr chiqargon ohi sardimnimu dey?
Holing nedurur? Bilurmusen dardimni?
Holingai so‘raymu, yo‘qsa dardimnimu dey?!
* * *
Ishvang bila g‘amzangaiyu nozingnimu dey?
Javrung bila so‘zunggu gudozingnimu dey?
So‘zung, qilig‘ing, navozishingmu aytay?
Ovozu usulingniyu sozingaimu dey?
* * *
Ko‘zum uyi yuzidin musavvar bo‘ldi,
Bu vajh bila ko‘ngul munavvar bo‘ldi.
Yuz shukrki, Bobur kibi oshiqlikda,
Har neki tilab edim — muyassar bo‘ldi.
* * *
Xattingni ko‘rub, ko‘ngulga hayrat bo‘ldi,
She’ring eshitib, jong‘a musarrat bo‘ldi.
Bu necha mahal tag‘oful etting, demagil,
Tole’ yo‘q ediki, muncha g‘aflat bo‘ldi.
* * *
Ey payk, borib sano bila qulluq, de!
Yer o‘p, dog‘i qo‘p, ado bila qulluq, de!
Gar yor meni xastani so‘rsa zinhor,
Mendin yuqunub, duo bila qulluq, de!
* * *
Nomangki, tirikligim nishoni erdi,
Har satri hayoti jovidoni erdi.
Har lafzida oshkor yuz harfi vafo,
Har harfda yuz mehr nihoni erdi.
* * *
Hajringda bu tun ko‘ngulda qayg‘u erdi,
Vaslingg‘a yetishmadim — jihat bu erdi:
Ohim tutuni birla ko‘zumning yoshidin
Yo‘l balchiq edi, kecha qarong‘u erdi!
* * *
Hajringda, agarchi jong‘a bedod erdi,
Sensiz manga yuz fig‘onu faryod erdi.
Fikringdin erdi, valek, xursandlig‘im,
Zikring bila bu xasta ko‘ngul shod erdi.
* * *
Xotirg‘a xutur etti bu so‘z yongla, axiy,
Aytay senga, sen quloq solib ongla, axiy.
Umrungni bu kun xush kechir ahbob ilakim,
Topilmagusidur ushbu kun tongla, axiy.
* * *
Eshitsa kishi bu sho‘ru shevan, ne degay?
Doim bu tariyq ichkuni ko‘rgan ne degay?
Dushman so‘ziga kirma, eshit do‘st so‘zin,
Eshitmasa so‘zni do‘st, dushman ne degay?
* * *
Ishqingda ko‘ngul harobdur, men ne qilay?
Hajringda ko‘zum purobdur, men ne qilay?
Jismim aro pechutobdur, men ne qilay?
Jonimda ko‘p iztirobdur, men ne qilay?
Bobur g’azallari va ruboiylari PDF << Yuklab olish >>
Adiblar taxalluslari haqida





















yomon