8-mart Xalqaro Xotin qizlar bayrami munosabati bilan 8-mart uchun sherlar, 8-mart onajonlar bayrami tabriklari.
Mundarija
8-mart uchun sherlar.
Bahorning ilk kunlari bayramdir sizga,
Bahor kabi begubor mushtipar ayol.
Boling doim salomat siz baxtimizga,
Siz bilan hayot shirin, shirindir hayol.
Baxor chechaklari bolsin armugon,
Siz nurli insonsiz baxtli begumon,
Bayramla qutlayman boling shodumon,
Har kuningiz otsin bayramday har on!
8-mart onajonlar bayrami tabriklari.
Onajonim sizga bugun tilaklarim hammasi,
Shu vaqtgacha dil sozlarim aytolmadim chamasi,
Sizga bolsin bor jahonim, mehrim va umrim,
Toki tirikdirman sizga bolsin eng shirin sozim!
Men oftobga alishmagan ayollar.
Tomirimni tirnar ko`hna savollar,
Yuragimda gullar shirin xayollar,
Ey siz o`zbekoyim, oftobjamollar,
Men oftobga alishmagan ayollar.
Millatning ertasi, millatning nasli,
Siz atir nafasli, siz rayhon sasli,
Ketmas bo`lib kelgan bahorsiz asli.
Men oftobga alishmagan ayollar.
Beshik emas, dunyo tebratgan.
Deydilarki, Bu olam ichra
qolsa hamki bir dona ayol,
Zargar zoti kunduzu kecha.
Bezagini etarmish xayol.
Beshik emas, dunyo tebratgan,
Qo`llaringni o`psak bo`lur oz.
Oyohlaring ostida erkan.
Jannat degan eng oliy E’zoz.
Onamning borligi.
Shafqatsiz hayotni qildim tasavvur,
Kolumbdek yer yuzin kezib piyoda,
Ollohga behisob qilaman shukr,
Onamning borligi uchun dunyoda.
Konglimda shoirlik, otli muhabbat,
Farzandlik tuygusin qalban anglayman.
Zangor xayolimda bir oliy ne’mat,
Onajon she’r bolib men jaranglayman.
Go’zal.
Qorong`i kechada ko`’kka ko’`z tikib,
Eng yorug`’ yulduzdan seni so’`raymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadir: «Men uni tushda ko`raman.
Tushimda ko`ramen, shunchalar go`zal.
Bizdan-da go`zaldir, oydan-da go`zal.
Ko’`zimni olamen oy chiqqan yoqqa,
Boshlaymen oydan-da seni so`’rmoqqa,
Ul-da aytadirki: «qizil yonoqqa.
Uchradim tushimda, ko`milgan oqqa.
Oqqa ko`milganda shunchalar go`zal
Mendan-da go`zaldir, kundan-da go`zal!..»
Erta tong shamoli sochlarin yozib,
Yonimdan o`tganda so`rab ko`ramen.
Aytadir: «Bir ko`rib, yo`limdan ozib,
Tohu toshlar ichra istab yuramen!.
Bir ko`rdim men uni : shunchalar go`zal!..»
Oydan-da go`zaldir, kundan-da go`zal.
Ul ketgach kun chiqar yorug`lik sochib,
Undan-da so`raymen sening to`g`ringda.
Ul-da uyatidan berkinib, qochib,
Aytadir: «Bir ko`rdim, tushdamas o`ngda.
Men o`ngda ko`rganda shunchalar go`zal,
Oydan-da go`zaldir… mendan-da go`zal!
Munis ayol!
Tunda beshigini quchguncha ayol
Farzandiga alla aytar,ko’zda yosh.
Oh allamikan yoki ayolning dardi?,
Osmon ham yig’ladi,berolmay bardosh!
Neni kuylamoqda-bu munis ayol?
Yeru-ko’kning bag’rin solib larzaga.
Jangchi yorin kutib, surguncha hayol,
Gohida nigohin tikar derazaga.
Shu asnoda ayol kutar yorini
Tiq etgan tovushga tutgincha quloq
Birgina diydorga atab jonini,
O’z-o’ziga berar javobsiz so’roq..
-Mana bahor keldi,bodom gulladi
Necha fasllarni o’tkazdim sensiz.
Sog’inchdan!bu ko’zlar yig’lab to’ymadi
Qaydasan,holing ne kechyapti mensiz?…
Azizim ayol.
Sen bir chechakmiding bogda ochilgan,
Yoki bir libosmi, bahtga bichilgan,
Dunyoga ezgulik sen-la sochilgan,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Sen uchun yozildi qancha qo’shiqlar,
Ortingdan ovvora qancha oshiqlar,
Qoshingda eridi toshdan qattiqlar,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Seni haq yo’lingdan toydirguchi ko’p,
So’ng esa mish-mishlar yoydirguchi ko’p,
Ba’zida joningdan to’ydirguchi ko’p,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Erta saharlarda uyqudan kechib,
Dalaga otlanding, bolang opichib,
Tog kelsa kemirding, suv kelsa ichib,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Ba’zi erkaklarda qolmadi imon,
Er-hotin qo’sh-ho’kiz desalar-yolgon,
Qo’shni endi yolgiz tortasan giryon,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Joying poygak bo’ldi, doim, to’r emas,
Mehnating, zahmating oshkor, sir emas,
Joningni dedilar qirqta, bir emas,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Yurakda qoldirding o’chmaydigan iz,
Dunyoda tushunding sen meni yolgiz,
Mayliga desinlar meni «feminist»,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Sen mening singlimsan, opam yo onam,
Yoki bir kelinchak, yoki bir sanam,
Senga qurbon bo’lsin bu jon, bu tanam!
Men seni azizam deyinmi ayol?
Ozgina yumshadi bugun tosh diydam,
Sutingiz hurmati, aziz volidam,
Ayolga bitildi ushbu qasidam,
Men sizni azizam deyinmi ayol?
Zulfiya sherlari to’plami << Yuklab olish>>
Ona haqida sher.
Jannat onalarning poyida emish,
Onadan tug‘ilgan payg‘ambarlar ham.
Munis onajonlar sochlari kumush,
Topar duosidan ming dardlar malham
Onam onajonim nuri jahonim ,
Tengi ,timsoli yo‘q, farishta onam.
Jannat isi anqir jambil , rayhonim
Chin ibrat makoni har ishda onam.
8-mart tabriklari onalar uchun.
Bahor oftobiday chehrangiz kulsin
Doimo tabassum hamrohiz bo’`lsin
Kirgan bog`ingiz gullarga to’`lsin
8 Mart bayramingiz muborak `bo’lsin
Erta bahor gullagan binafsha misol,
Ko’nglingiz doim beg’ubor bo’lsin.
Yangi ochilgan gul «Lola» misol,
Lablarizda doim tabassum bo’lsin.
Dildan ezgu tilaklarim sizgadir tanxo.
8-MART Ayyomingiz muborak bo’lsin!!!
Bayramingiz muborak aziz ayollar!
Sizni ta’rifingiz bitmagan kim bor,
Siz uchun yozilgan misra maftunkor,
Siz uchun dunyoga keldi shu ash’or,
Bayramingiz muborak aziz ayollar!
Sevinchdan yuzlaringiz nurlarga to‘lsin,
Bir shoir tilagi dillarga cho‘msin,
Har kuningiz hamisha bayramdek bo‘lsin,
Bayramingiz muborak aziz ayollar!
Ayоllаr оmоn bõlsin.
Dаngillаmа uylаr qurdirаdigаn,
Qаrsillаtib tõylаr qildirаdigаn
Erlаrining sоqоlini,
xаr kuni qirdirаdigаn.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Shirin qilаr оshingni,
Zаxаr qilаr оshingni.
Tergin deyа tоshingni.
Og’ritsа xаm bоshingni.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Aytgаnini qilsа xаm,
Ustimizdаn kulsа xаm.
Begоnа duxilаrni,
Yuz metrdаn bilsа xаm.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Tur desаng õtirsа xаm ,
õtir desаng tursа xаm.
Kun bõyi pаrdоz qilib
Sаlоnlаrdа yursа xаm.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Jаxldа shimаrsа yeng,
Nаq enаmni kõrdim deng.
Tоqаti tоg’lаrgа teng.
Bilаgi Alplаrgа teng.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Bоzоrlаrdа yugurgаn.
Sаndiqlаrni tõldirgаn
Xаmmа ishgа ulgurgаn.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Qudа tаnlаb qidirgаn.
Suymаgаnni suydirgаn.
Muqоm qilib kuldirgаn.
Kelinini kõndirgаn.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Bolalar uchun 8-mart sherlar.
Siz mening quyoshim,
Mehribon onam.
Siz bilan munavvar,
Hovli-yu xonam.
Munisim, mo’tabar,
G’amxo’rim onam.
Manglayim to’rida,
Boshda parvonam.
Bahordan bahorlar
Yaratgan aziz.
Hikmatli murabbiy,
So’zlari laziz.





















Sammarqat vilayoti paxtachi tumani Nurli hayot kuchasi 242 uy da turaman
Bu she’rlar orqali ertaga bolib otadigan tadbirimiz ancha yaxshi va munisib baholanadi degan umiddaman. Chunki bu yozilgan misralar juda ham go’zal 😊
Ydskgnc, n