Birinchi qo’ng’iroq she’ri

Yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘iroq sadosi qalblarimizni yangicha orzu va umidlar bilan to‘ldiradi. Birinchi qo’ng’iroq – bu bilimga chorlov, ezgulikka da’vat va kelajakka qo‘yilgan ilk qadamlardir. Bugun maktab dargohida yangraydigan qo‘ng‘iroq sadolari o‘quvchilar qalbida unutilmas xotiraga aylanadi.

Birinchi qo’ng’iroq she’ri.

Xurshid Karim

Maktab – bilim oʻchogʻim,
Qalbimda nur chirogʻim,
Jaranglaydi ovozing,
Birinchi qoʻngʻirogʻim.

Bizlar ilmga chanqoq,
Hammamiz doʻstmiz, oʻtroq,
Yangrashing kutdik mushtoq,
Birinchi  qoʻngʻirogʻim.

Bilimlar kuni bu kun,
Koʻzlarda sevinch – uchqun,
Hamma shod, hamma maʼmnun,
Birinchi qoʻngʻirogʻim.

Boshimdagi oftobim,
Yoʻl koʻrsatgan har bobim,
Hazinamsan kitobim,
Birinchi qoʻngʻirogʻim.

Onamdayin mehribon,
Otamdek ulugʻ inson,
Salom sizga ustozjon,
Birinchi qoʻngʻirogʻim.

Biz yoshlarmiz bilimdon,
Orzuyi osmon, osmon,
Chorlaysan ilm tomon,
Birinchi qoʻngʻirogʻim.

Maktab qadrdon maskan,
Yurt uchun fido jon, tan,
Kutmoqda bizni Vatan,
Birinchi qoʻngʻirogʻim.

Mustaqillik, Vatan, O’zbekiston haqida she’rlar

Birinchi qoʻngʻiroq

Qoʻlimizda bir quchoq
Gul bilan keldik yana.
Yangi oʻquv yiliga
Chorlar qoʻngʻiroq, ana.

Har yon gulga burkanib
Bayramona tus olgan.
Maktab hovlisi bugun
Toʻyxonaga aylangan.

Ustozlar koʻzida nur
Porlab bizni kutadi.
Oʻquvchilar mehrini
Gulga qoʻshib tutadi.

Shu tob yangrar madhiya,
Barcha unga joʻr ovoz.
Vatan tuygʻusi singgan
Qalblar oʻrtanadi, rost.

Kimdir minbarga chiqib
Bayram bilan tabriklar.
Bolalar qoʻshiq aytib
Ustozlarini qutlar.

Favqulotda holatlar
Bagʻringdan ayirmasin.
Maktabim, qadrdonim,
Qanotlar qayrilmasin.

Hammadan-da quvongan
Birinchi sinflar boʻldi.
Prezident sovgʻasi-la
Koʻksi quvonchga toʻldi:

– Yangi Oʻzbekistonning
Qudratimiz boʻlajak.
Yurt rahbari ishongan
Oʻsha bizmiz – kelajak.

Mustaqillik dars ishlanmasi