Ona haqida tasirli sherlar

8-mart  bayrami uchun onajonlar haqida eng chiroyli she’rlar to’plami. Ona haqida tasirli sherlar.

Ona haqida tasirli sherlar.

Ona — inson hayotidagi eng muhim va ta’sirchan shaxsdir. U farzandlarini dunyoga keltirib, ularning tarbiyasini, sevgi va mehrini to’ldirgan, hissiy qo’llab-quvvatlovchi, o’z farzandlarini asrab-avaylashi uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladigan insondir.

Ona o’z farzandlariga ko’pincha baxt, to’liq qo’llab-quvvatlash va mehr-muhabbatni berib, dunyodagi eng kuchli bog’lanishlarni shakllantiradi. O’nlab yillar davomida farzandlar ona tomonidan tarbiyalangan, shuning uchun onaning roli o’zgarib turadi: u nafaqat mehribonlik va g’amxo’rlik ramzi, balki ko’pincha farzandlariga mustahkam axloqiy qadriyatlar, hayotiy darslar, va kuchli ruhan tayyorgarlikni beradi.

Baribir onaning o‘rni boshqacha.

ona haqida sher

Oshiqlar suzilib so‘zlaganda ham,
Do‘st yoron holingni so‘raganda ham.
Atrofing shodlikka burkanganda ham,
Baribir onaning o‘rni boshqacha.

Opangman degani bu asli bekor,
Singil ham o‘z kuni tashvishlari bor.
Ey do‘stim u doim yo‘llaringa zor,
Baribir onanging o‘rni boshqacha.

Duolar qiladi oromin bilmay,
Qayg‘urar sen uchun ko‘ksini tirnay.
Charchamas allohdan bahtingni so‘ray,
Baribir onaning o‘rni boshqacha.

Tabibing bo‘ladi joning og‘risa,
Silaydi boshlaring g‘amga egilsa.
Bardoshi yetmaydi yoshing to‘kilsa,
Baribir onaning o‘rni boshqacha.

Po‘palab asradi g‘amdan sinovdan,
Jabrlar tortdi-ku alam sitamdan.
Qutilmay qolibdi sochi qirovdan,
Baribir onaning o‘rni boshqacha.

Topmaysan dunyoda unday buyuk zot,
U bilan totlidir bu go‘zal hayot.
Mehriga bitilar eng buyuk bayot,
Baribir onaning o‘rni boshqacha.

21-mart Navro’z bayrami she’rlari

Onaginam sheri.

Pech yonardi xona chetida,
Raqs tushardi uchqunlar shodon.
Dirgizlashib uyga kirardik,
Biz uch bola qor o‘ynab obdon.

Xo‘l etiklar tortardilar saf,
Qo‘lqoplarga qurilardi dor.
O‘sha eski uy devorida,
Xali xanuz ikkita mix bor.

Koyir edi xar safar onam,
Dadang kelsin ko‘rasan xammang.

Yolg‘on edi tugulgan mushti,
Jaxli edi tez ketar mexmon.
Issiq sho‘rva suzib kelardi,
To‘g‘rar edi kosamizga non.

Go‘shtsiz o‘sha tuxum sho‘rvadan,
To kechgacha yurar edik to‘q,
O‘sta qimmat restaranda xam,
O‘shandayin shirin taom yo‘q.

Bir kungina bola bo‘lsamu,
To kechgacha o‘ynasaydim qor.
Axir endi xavotir olib,
Xich kim kutmas issiq uyim bor.

Qaytsam edi muzlab sovuq yeb,
Qarshi olsa pech yongan xona.
Oyoq qo‘ling muzlabdiku deb,
Bir bor koyib bersayding ona.!

Ona yo‘qligingiz bilindi bugun,
Yuragim ketyapti cho‘g‘dek lovullab.
Yonimda edingiz to‘q edi ko‘nglim,
Uyimiz qoldiku sizsiz huvillab,

Ona yo‘qligingiz bilindi bugun,
Hammayoq sukunat hamma yurar jim.
Qarang charchab horib safardan qaytdim,
Bolam keldingmi deb aytmadi hech kim,

Ona yo‘qligingiz bilindi bugun,
Ko‘chada yuribman tentirab yolg‘iz.
Doim tergardingiz havotir olib,
Qani qaytsa edi o‘sha dam essiz.

Ona yo‘qligingiz bilindi bugun,
Nogoh hastalikdan og‘ridi jonim.
Doriyu davolash uyoqda tursin
So‘rab kelmadi hatto do‘st yorim.

Ona yo‘qligingiz bilindi bugun
O‘zgalar yolg‘ondan jigarim derkan.
Mensimay qolishdi foydam tegmasa
Mehringiz dunyoda yagona ekan.

Ona yo‘qligingiz bilindi bugun,
Yosh bola emasman men sizga derdim.
Boshim toshga tegdi sizni yo‘qotib
Asli ulg‘ayganim eh endi bildim.

Ona yo‘qligingiz bilindi bugun
Alamu armonlar ko‘nglimni tildi.
Shuncha yil yashab lek bugun ilk bora,
Onasi borlarga havasim keldi.

Onajonim.

Onajonim tong saxardan g‘amlarin yeb.
Sho‘x kizchamning sochin o‘rib, bergancha zeb.
Uzoq yurtdan kelar bugun dilbandim deb.
Darvozamda o‘tirganmish yo‘lim poylab.

Men notavon sog‘intirib qo‘yibmanda.
Kelgin desa xazillarga yoyibmanda.
Tong saxardan namozini qilmay kanda.
Darvozamda o‘tirganmish yo‘lim poylab.

Sog‘intirib qo‘yganim-chun urmoq bo‘lib.
Bir bor ko‘rib ko‘ngillari to‘lmoq bo‘lib.
Shukur qilib peshonamdan o‘pmoq bo‘lib.
Darvozamda o‘tirganmish yo‘lim poylab.

Raxmi kelib otamning xam kampiriga.
Deyaverar shamollaysan kirgin uyga.
Lekin onam quloq solmay gap so‘ziga.
Darvozamda o‘tirganmish yo‘lim poylab.

Tunlar bedor derazadan ming bor qarab.
Yana o‘sha sho‘x kizchamning sochin tarab
Uzoq yurtdan kelganlardan meni so‘rab.
Darvozamda o‘tirganmish yo‘lim poylab.

Farzandlarim aytib qo‘ydi bilib, bilmay.
Eshitgan chog‘ ketdi mador qoldim yurmay.
Onam xatto so‘fi azon aytib bo‘lmay.
Darvozamda o‘tirganmish yo‘lim poylab.

8-mart tadbir ssenariysi

Jannatning gulidur onam.

ONAM bugun tug’ulgan kuniz,
Iltimos ONAJON tushimga kiring.
Tushumda bo’lsada qutlayin sizni,
Tug’ulgan kun muborak jannatning guli.

Ming bir atirdan shirin, ro’moliz hidi,
Men bir ojizman axir, sog’inchning quli.
Tushumda bo’lsada qutlayin sizni,
Tug’ulgan kun muborak jannatning guli.

Xoxladim juda ham ko’rishni sizni,
Mehringiz taftini his qilgim keldi.
Tushumda bo’lsada qutlayin sizni,
Tug’ulgan kun muborak jannatning guli.

Yig’ladim ko’p emas ozroq ONAJON,
Qo’limda turibdi qip-qizil gullar.
Tushimda bo’lsada qutlayin sizni,
Tug’ulgan kun muborak jannatning guli!!!

Mehringizga muhtoj bo‘ldim sizni ona.

Yetimlikning azoblari o‘ydi bag‘rim,
Sizsizlikda yuragimga to‘ldi dardim.
Osmon edi bugun yerdek bo‘ldi qadrim,
Mehringizga muhtoj bo‘ldim sizni ona.

Yuragimni og‘ritdi-ya ishonganim,
Sizdek boshim silolmadi jigarlarim.
Bugun kuldi ustimdan ho‘p do‘stu g‘anim,
Mehringizga muhtoj bo‘ldim sizni ona.

Yolg‘izlikning azoblari yomon ekan,
Oyog‘imning osti nahot bo‘lsa tikan.
Yarim ko‘nglim sizsiz yana to‘larmikan,
Mehringizga muhtoj bo‘ldim sizni ona.

Onajonim sog‘indim-a biram sizni,
Mahsharlarda uchrashtirsin Robbim bizni.
Ahvolini ko‘ring sho‘rlik bolangizni,
Mehringizga muhtoj bo‘ldim sizni ona.

Erkaligim ko‘tarolmas yaqinlarim,
Yuragimga og‘ir botar armonlarim.
Xudoyimga bormidi-ya aytganlarim,
Mehringizga muhtoj bo‘ldim sizni ona.

Kechalari yig‘layman-u, birov bilmas,
Uxlay desam ko‘zlarimga uyqu kelmas.
Yurak endi ho‘rliklarga toqat qilmas,
Mehringizga muhtoj bo‘ldim sizni ona.

Kechiring ona.

Bir kunda bir bora olmadim xabar.
Dunyo tashvishlarin qilib baxona.
Sizni qiynadim-a qilib intizor.
Ex mendek nomardni kechiring ona.

Menga ilindingiz ne-ki topsangiz.
Menchi yuraverdim to‘yyu, choyxona.
Tandirda men uchun nonlar yopsangiz.
Nazarga ilmabman kechiring ona.

Duolar qildingiz xaqqimga tinmay.
Menchi gul bermabman sizga bir dona.
O‘zgaga tutqazdim sizga ilinmay.
Nodon bolangizni kechiring ona.

O‘tdi tunlaringiz meni deb bedor.
Bemaxal kechalar yursam sarsona.
Ko‘z tikib yo‘limga bo‘lib bemador.
Ozorlar beribman kechiring ona.

Farishtam baxtimga sog‘ bo‘ling xar dam.
Ulug‘lay o‘zingiz qilay afsona.
Qancha ulug‘lasam shuncha bo‘lar kam.
Davru davron surib yuringiz ona.

Sizday inson ko‘rmadim, ona.

rasmli tabriklar

Meni deya ming azob yutgan,
Boshim silab, qo‘llarin tutgan,
Gar og‘risam, o‘zin unutgan,
Sizday mardni ko‘rmadim, ona.

Dardim olib, yoqqan chirog‘im,
Mehri daryo, mehr bulog‘im,
Quvonch nurin bergan ardog‘im,
Sizday inson ko‘rmadim, ona.

G‘am-g‘ussada oqqanda yoshim,
Erkalatib, silagan boshim,
Ko‘nglim olib, bo‘lgan sirdoshim,
Sizday inson ko‘rmadim, ona,

Sabrim sinab, kuldida kimlar,
Boshimga dard kelganda g‘amlar,
Unutmayman aslo u damlar,
Sizday mardni ko‘rmadim, ona.

Bizni o‘ylab bosdida ajin,
Oy, kunlar tez o‘tganin sayin,
Ne desangiz, qilayin tayin,
Sizday inson ko‘rmadim, ona.

Qalb tubimda borini aytdim,
Sizni o‘ylab, yozdim shu baytim,
Baxtimizga asrasin Rabbim,
Sizday mardni ko‘rmadim, ona.

8-mart uchun she’rlar

Onam sheri.

Xayotimning mazmuni qolmadi xech xam
Dardimga xech kimsa bo‘lolmas malxam
Qorong‘u zim-ziyo nuri yo‘q xonam
Uyimning ko‘rki Siz edingiz onam

Keng dunyo munchalar shavqatsiz erur
Onamsiz chaqadir tilla-yu billur
Kuyib-yonib bormoqda sog‘ingan jon xam
Vidolashmay ketganim mexribon onam

Kaftingiz taftini yuzimga qo‘yib
O‘psam deyman onajon erkalab suyib
Armonlarim ko‘pdiir muzladi tanam
Bir og‘iz so‘z demay ketganim onam

Iforingiz jannatdan berardi darak
Siz yo‘qsiz bu boshim bo‘lmokda sarak
Quchgim kelar men sizni mexribonginam
Quchog‘iga zor etib ketganim onam

Dard bilan kurashgan kuchli metinim
Bir umr mexnatdan bo‘lmagan tinim
Yuragi g‘amlarga botganim biram
G‘amlarini yutib ketganim onam

Kimsaga og‘ir so‘z demay o‘tganim
Mexrini barchaga teng ulashganim
Til ojiz so‘z topmay yozmoqda qalam
Alloxim eng suygan insonim onam.

Onamga ta’zimdaman.

Mehri daryodek oqqan,
Baxtim chirog‘in yoqqan,
Ming mashaqqat-la boqqan,
Onamga ta’zimdaman…

Nur yog‘ilar yuzidan,
Hikmat oqar so‘zidan.
Jannat yurar izidan,
Onamga ta’zimdaman.

Shirin so‘zli muloyim,
Baxtim so‘raydi doim.
O‘zing asra Xudoyim,
Onamga ta’zimdaman.

Yuragimning sirdoshi,
Otamning yelkadoshi.
Oilamizning quyoshi,
Onamga ta’zimdaman.

Go‘zallikning marjoni,
Omon bo‘lsin bu joni.
Fidoyining qalqoni,
Onamga ta’zimdaman.!

Onam..

Titroq bosib muzladi tanam,
Yig‘lab oldim pana-panada.
Ko‘zlarimga dunyo bo‘ldi tor,
Onam betob bo‘lgan kechada.

Dunyolarga sig‘may ketardim,
Davo izlab sarson ko‘chada.
Qo‘rqib ketdim, ko‘nglim edi g‘ash,
Onam betob bo‘lgan kechada.

Allohimga yalinar edim,
Tig‘-pichoqsiz tilinar edim,
Bir o‘lib, bir tirilar edim,
Onam betob bo‘lgan kechada.

Ayriliqqa yetmasdi bardosh,
To‘xtamasdi ko‘zlarimda yosh,
Tomog‘imdan o‘tmasdi choy, osh,
Onam betob bo‘lgan kechada.

Onangizni asrang, odamlar,
Asl mehr bo‘lmas ko‘chada.
Yomon bildim onam qadrini,
Onam betob bo‘lgan kechada.

Qariganim sezildi bolam.

Hayot sochga qorlar yog‘dirdi
Sinovlari esdan og‘dirdi.
Qalbim yig‘lab yig‘lab yozdirdi
Yurak bugun kuymoqda bolam
Qariganim sezmoqda bolam.

Ajin degan g‘alat musavvir
Bo‘yoqlarin aylantirdi gir,
Yoshlik qaytib kelganda hozir,
Yuraklarim ezildi bolam,
Qariganim sezildi bolam.

Porlamaydi munglidir ko‘zim
Qolib ketdi aytilmay so‘zim.
So‘nmoqdadir porloq yulduzim,
Gul yaproqlar uzildi bolam,
Qariganim sezildi bolam.

Shavqat qilmay savadi taqdir,
Hijron, armon qiladi huzur,
Nolimayman, deyman ming shukur
Alamlari ortdi jon bolam,
Sinovlari qaritdi bolam.

Yonimda bo‘l, suyagin hardam,
Senla obod, gullaydi olam,
Taqdiriga ko‘nadi odam,
Nolalarim ko‘pdir jon bolam,
Sinovlari charchatdi bolam.

Ko‘zda yoshim oqmoqda hamon,
Kimga zo‘rman, kimgadir yomon,
Baxtinggacha saqlasin omon,
Kulgularing so‘nmasin bolam,
Yurak qarib o‘lmasin bolam.

Ona.

Xayolimdan o‘chirolmayman,
Sizda ko‘z yosh, men o‘ynaganman!
Goh o‘zimni kechirolmayman,
Ona sizni ko‘p qiynaganman!

Sog‘daymanu yuragim yara,
Uvol bo‘ldi yillarim sara,
O‘rtamizda temir panjara,
Ona sizni ko‘p qiynaganman!

Ko‘p bergan ham minnat qilarkan,
Cho‘p bergan ham minnat qilarkan,
Ona jonin himmat qilarkan,
Ona, sizni ko‘p qiynaganman!

Meni deya o‘ylarga botgan,
Betonlarda suyagim qotgan,
O‘zi yig‘lab, meni yupatgan,
Ona, sizni ko‘p qiynaganman!

Hastasizu asta kulasiz,
Yurak ado, dardga to‘lasiz,
Nima qilsam rozi bo‘lasiz,
Ona, sizni ko‘p qiynaganman!

Netay menga yordir hastalik,
Ishlarimga kishan astalik,
Panjaradan qolgan esdalik,
Ona, sizni ko‘p qiynaganman!

Armonlarim dilingizda iz,
Bir beminnat olam aro siz,
Shoxrux cho‘kar poyingizga tiz,
Ona, sizni ko‘p qiynaganman!

Bahor haqida she’rlar

Bu bedor yurakning zarbisiz ona.

Derlarki, ona bor uyda g’am bo’lmas,
Onalar mehri hech tugamas, o’lmas,
Siz borki baxtimning gullari so’lmas,
Bu bedor yurakning zarbi siz ona.

Yo‘limiz yoritar ziyolaringgiz,
Sof toza beg‘ubor dunyolaringgiz.
Bizga panoh erur duolaringgiz,
Bu bedor yurakning zarbisiz ona.

Mushtipar, munisam poyingiz jannat,
Men uchun aslida o’zingiz davlat,
Ollohim asrasin sizni xamma vaqt,
Bu bedor yurakning zarbi siz ona.

Siz borsiz yashayman vazmin, xotirjam,
Yaqin yo‘lolmagay hatto qayg‘u ham.
Ey mening mushfiqam, hokisorginam,
Bu bedor yurakning zarbisiz ona.

Nogoh dard yopishsa agar   boshimga,
Darhol oshiqasiz mudom qoshimga,
Dunyodan kechasiz tomchi yoshimga
Bu bedor yurakning zarbisiz ona.

Men kulsam doimo shod-u xurramsiz,
Dardimga eng kuchli, eng zo‘r malhamsiz.
Siz mening quyoshim, Siz farishtamsiz,
Bu bedor yurakning zarbisiz ona.

Ona, hali Hajga boramiz!

Siz ham bemor, o‘zim ham bemor,
Qolmagandek dardga choramiz!
Ammo umid o‘lmagay zinhor,
Ona, hali Hajga boramiz!

Yuragimiz urib turibdi,
Garchi mador qurib turibdi,
Xudo o‘zi ko‘rib turibdi,
Ona, hali Hajga boramiz!

Derlar, faqat noumid shayton,
Baytida bir aylasa mehmon,
Bandam desa, o‘ziga oson,
Ona, hali Hajga boramiz!

Termulaman ko‘zlaringizga,
Yosh yumalar yuzlaringizga,
Gul sochaman izlaringizga,
Ona, hali Hajga boramiz!

Suyganiga dard bergan Xudo,
Sabr etsak, bergaydir shifo,
Namozlarda qilsangiz duo,
Ona, hali Hajga boramiz!

Men hech qachon armonda qolib,
Bu so‘zlarni aytmadim, nolib,
Yonimizga otamni olib,
Ona, hali Hajga boramiz!

Bir kun yetar Haqqa nolangiz,
Uzilmasin sochda tolangiz,
Omon bo‘lsa, Shoxrux bolangiz,
Ona,  hali Xajga boramiz!

Siz ham bemor, o‘zim ham bemor,
Qolmagandek dardga choramiz.
Ammo umid o‘lmadi, zinhor,
Ona, hali Hajga boramiz!

Kech bo‘ladi bilganingda onang qadrini.

Farzand bo‘lib so‘ramading onang dardini.
Ulg‘ayguncha xub  sinading  uning sabrini.
Farzand ko‘rib, bilganingda onang qadrini.
Endi onang  manzil etar yerning bag‘rini.
Afsus borib   quchoqlarsan sovuq qabrini.

Qirq jonida qirq azobla seni yaratgan.
Quyosh botsa beshigingda nurin taratgan.
Ko‘zida yosh lekin seni g‘amdan aritgan.
Endi g‘amin  ololmassan  bilib dardini.
Borib quchoqlagin  sovuq qabr zahrini.

Qoralarin senga bergan sochlari qirov.
Farzand bo‘lib sog‘indingmi bo‘lib intizor.
Kelmasliging bilsa hamki kutardi u zor.
Endi sira topolmassan onang mehrini.
Borib ko‘rgin  onang yotgan qabr qahrini.

Eslaysanmi, qanchalar bor bergan ozoring.
Lek shunda ham seni dedi u beozoring.
Shunday onang zax qabrda bo‘ldi mozoring.
Endi onang silolmaydi aziz boshingni.
Borib qo‘ygin onang uchun qabr toshingni.

Bolam shuni yevol desa qilding zardalar.
Biroq yot begonalarga  qilib xandalar.
Bilmasmiding omonatdir axir  bandalar.
Endi onang  senga taom berolmas kulib.
Borib yig‘la  sovuq qabr bag‘rini o‘pib.

Ko‘rolmaslar olami ham onangni ko‘rdi.
Har qadamda ig‘vo qilib g‘iybatlar qurdi.
Bo‘htonlarga sendek noshud farzandni burdi.
Endi onang g‘iybatlarga bo‘lmaydi  xunob.
Bukun  onang  qabriga nur taratar oftob.

Onang umri o‘tdi qilib mudom yaxshilik.
Ba’zan qaytdi iymonsizdan bo‘lib yomonlik.
Lekin onang tilar edi doim omonlik.
Endi onang boshginangda  bo‘lolmas qalqon.
Borib ko‘rgin qabrda ham  boqar sen tomon.

Suyganing xiyonat qilsa, onangni yeding.
Boshqa yorni desa ona siz aybdor deding.
Boshga kulfat tushganda ham yuragin tilding.
Endi onang yupatmaydi boshingni silab.
Borib yig‘la  sovuq qabr bag‘rini tig‘lab.

Otajoning shirakayfda kelsa jim deding.
Otam to‘g‘ri yo‘lda deb ko‘p malomat qilding.
Yaqinlaring onang xasta desa sen kulding.
Endi onang ingramaydi uxlasang turib.
Borib ko‘rgin ingramoqda sovuq qabr to‘lib.

Onajon.

Kuni kelib uyginangda yangraydi yor yor.
Bolang  baxti etar seni behad  baxtiyor.
Bir kun kelib dilginangga berganda ozor.
Endi   onang so‘rolmaydi afsus holingni.
Qabr ichra
bardosh tilar o‘ylab joningni.

Ovozlari qo‘ng‘irog‘ing onang yo‘q endi.
Yuzlari oydek misoli onang yo‘q endi.
Hamma havas qilgan o‘sha onang yo‘q endi.
Endi onang  uyginangga ekmaydi rayhon.
Borib  ko‘rgin sovuq qabr ichi to‘la qon.

Bir kun sen ham  farzangdingdan bularsan xunob.
Balki ko‘nglin ovlab olar bitta Mohitob.
Lekin sen ham bolam dersan aylab bir xitob.
Qaytar dunyo ekan endi yig‘lama zor zor.
Endi  onang qabr uzra yotar beozor.

Onalari hayot farzand sen   bo‘lgin ogoh.
Onajonlar  omonatdir o‘tganlar guvoh.
Onani zor qaqshatmoqlik eng og‘ir gunoh.
Shunda  onang rozi ketar manzili tomon.
Borib ko‘rsang  qabri uzra o‘sar gul rayhon.

Mavjuda Sayyid so‘zlari kelmasin malol.
Hali hanuz o‘tirgan bor  bo‘lib bemalol.
Ajal oti yetib kelar bo‘lganda behol.
Onalarga olloh jannat etsa ijobat.
Chin dunyoda onajonlar topar halovat!

Sizni yaxshi ko‘raman ona.

Mehridaryo farishtam mening,
Siz men uchun yakka yagona.
Duogo‘yim sarishtam mening,
Sizni yaxshi ko‘raman ona.

Yuzi nurli gulchiroyligim,
Qayta topib bo‘lmas boyligim.
Qiblagohim jannat poyligim,
Sizni yaxshi ko‘raman ona.

Yaratgandan tilagim sizsiz,
Urib turgan yuragim sizsiz.
Bu dunyoda keragim sizsiz,
Sizni yaxshi ko‘raman ona.

Jaxl qilib urishsangiz ham,
So‘zingizdan ko‘zim bo‘lmas nam.
G‘amho‘rginam hokisorginam,
Sizni yaxshi ko‘raman ona.

Ba’zan ketar yodimdan uchib,
Ba’zan esa iymanib cho‘chib.
Aytmasam ham erkalab quchib,
Sizni yaxshi ko‘raman ona.

Yoshlanmasin sira ko‘zingiz,
Dardga darmon har bir so‘zingiz.
Hayotimda ma’no o‘zingiz,
Sizni yaxshi ko‘raman ona.

Farishta onam.

Yuzlaringiz xumordan xumor,
Ko‘nglingizni shodlayin men xam.
Dunyo uchun ey mangu bahor,
Farishtaga o‘xshagan ONAM.

Qilganingiz xaq ekan sabr,
Berolmagan yaqinlar mehr,
Dilingizni shodlay bir umr,
Farishtaga o‘xshagan ONAM.

Gunohingiz yo‘qdir bilaman,
Ko‘nlingiz xam to‘qdir bilaman,
Dilda iymon cho‘qdir bilaman,
Farishtaga o‘xshagan ONAM.

Qorga o‘xshar yuraklaringiz,
Sof tabiydir tilaklaringiz,
Ochilsin baxt kurtaklaringiz,
Farishtaga o‘xshagan ONAM.

Ezilgansiz armon dog‘ida,
Qovrilgansiz kimning yog‘ida,
Azoblangan yoshlik chog‘ida,
Farishtaga o‘xshagan ONAM.

Ezdi sizni qaysi notavon,
Yuragingiz nimtalab xar on,
Omon bo‘ling baxtimga omon,
Farishtaga o‘xshagan ONAM.

Shoxruhning yonida turing,
Orzu degan qasrlar quring,
Yomonlardan yuzingiz buring,
Farishtaga o‘xshagan ONAM.

Ota – ona sotiladi sheri.

Yaponiya degan yurtda,
Bir voqea bo‘lgan ekan,
Bu habarni eshitganlar,
Hayratlarga to‘lgan ekan.

,, Ota ona sotiladi»,
Hayrat solib nechalarga,
Shunday e’lon osilibdi,
Katta, kichik ko‘chalarga.

Eshitgandik odamfurush,
Diydasi tosh qotganlarni,
Yevroni deb, dollarni deb,
Bolasini sotganlarni.

Hayron bo‘lmas edi hech kim,
Shunday e’lonlar osilsa,
Nahotki bu dunyosida,
Ota  ona ham sotilsa.

Kimdir kuldi,kimdir hayron,
Kimlarnidir hushi uchdi,
Lekin bitta yosh oilaga,
Bu juda ham ma’qul tushdi.

Navqiron er,ko‘hlik juvon,
Dunyo o‘zi asli bir kam,
Ota  ona mehrin ko‘rmay,
O‘sgan ekan ikkisi ham.

G‘amho‘r bo‘lib keksalarga,
Farzandidek bo‘lib har on,
Duosini olaylik deb,
Yo‘l oldilar manzil tomon.

Borib hayron qoldi hayhot,
Ochiq ko‘zlar basirdekmish,
E’londagi uy aslida,
Dang‘illama qasrdekmish.

Bu qandayin e’lon edi,
Nahot bizni laqillatdi,
Ming hijolat ila ular,
Uy eshigin taqillatdi.

Ichkaridan eshik ochdi,
Yuzlaridan nurlar yog‘gan,
Bir otaxon,bir onaxon,
Ko‘zlarida mehr balqgan.

Hush kelibsiz bolalarim,
Sizni ko‘rib kuvondik biz,
Farzand ko‘rmay butun umr,
Farzand dog‘ida yondik biz.

Yaratgandan farzand so‘rab,
Qancha yeldik,chopdik bizlar,
Bir meros’ho‘r topaylik deb,
Shu usulni topdik bizlar.

Mana bugun topdik uni
Mehridaryo o‘g‘il,qizni,
Sizlar uchun qoldiramiz,
Bizlar hamma mulkimizni.

Ezgulikka Alloh homiy,
Hamma o‘zin rizqin terar,
Ezgu fikr insonlarni,
Mukofotin Alloh berar.

Yaxshi bo‘lsin har bir kishi,
Insonlik burchin oqlasin,
Ezgu amal ila yashang,
Alloh sizni yorlaqasin.

Ota – ona.

Ona diymizu,
Otamiz qoladi yolgʻiz…
Ular boʻlmaganda,
Bolmasdikku oʻgʻil-qiz…

Bu koʻrkam zamonlarda,
Ayol aziz mukannam…
Erkaklarga soʻz qolmas,
Goʻyo emasku odam…

Otalarning hurmati,
Oʻz joyiga qoʻymaymiz…
Lekin onamizni koʻnglini,
Har soniyada oʻylaymiz…

Telefonga qaraylik,
Qachon qildik qoʻngʻiroq…
Onajonim diymizu,
Otamiz chetda biroq…

Lekin, lekin shunda ham bizni,
Teng koʻradi otamiz…
Lekin mexri teng emas,
Ona butul hammamiz….

Bolalikda, shoʻxlikda,
Biz uchun bor boʻlgan…
Uyga shoshibgina,
Issiq non olib kirgan…

Oqittiku kam qilmay,
Koʻnglimizni soʻradi…
Sal olis boʻlib qolsak,
Koʻnglimizni soʻradi…

Ota-Ona davlatdir,
Buu qadarki foydamiz…
Qirolicha onalardur,
Sultonlarku otamiz…

Sulton bolmasa davlat,
Davlat boʻlmay qoladi…
Onani ona qilgan,
Aslida otalarimiz boʻladi…

Ikkisin teng koʻraylik,
Ona borki hayot bor
Otasin asragan ham, JANNAT

Onajon.

Yigit boʻlmay oʻlayin…
Yigʻlayabman onajon…
Tashvishlardan yuragim…
Tirnayabman Onajon…

Bir quchoqlay Onajon…
Dardlarimni unutay…
Yigʻlama oʻgʻlim demang…
Poyingizni bir oʻpay…

Non yoptizmi Onajon…?
Tomogʻimdan ortmaydi…
Hajga yuboray desam…
Qarzlarimdan ortmaydi…

Men rassom man Onajon…
Sochiz oqga boʻyagan…
Bugun ham mayshattamiz…
Sizni, hasta suyagan…

Ikkita, ikkita somsa olibman…
Koʻchadagi bekatta…
Oʻzing ye oʻgʻlim demang…
Oʻgʻliz toʻygan ovqatdan…

Anglab yetasan.

Ich-ichingga oqib, ko‘zdagi yoshing,
Keraksiz temirdek zanglab ketasan,
Omonat dunyoning, omonatligin,
Otang o‘tgandan so‘ng anglab yetasan.

Xar gal ko‘rganingda tandir, o‘choqni,
Mexrini qo‘msaysan, issiq quchoqni,
Beozor, farishtang, ko‘zi mushtoqni,
Onang o‘tgandan so‘ng anglab yetasan.

Tiriklik chog‘ida qancha mexnatin,
Qadriga yetmaysan chekkan zaxmatin,
Yelkangga qo‘yilgan qo‘lning qiymatin,
Otang o‘tgandan so‘ng anglab yetasan.

Devorga suyanib, vujuding muzlab,
Kiygan nimchalarin, ro‘molin xidlab,
Yo‘qotsang bir umr, izlarin izlab,
Onang o‘tgandan so‘ng anglab yetasan.

To‘y qilsang, uyingga do‘stlaring kelsa,
Dasturxon atrofi mexmonga to‘lsa,
Duogo‘y insoning, endi yo‘q bo‘lsa,
Otangni qadrini, keyin bilasan.

Hovlingda o‘ssa, begona o‘tlar,
Oftobda to‘kilib qurisa tutlar,
Qaymog‘i olinmay achisa sutlar,
Onangni qadriga ,keyin yetasan.

To‘ldirib yotganda tuproq bag‘rini,
Qon yig‘lab quchasan, borib qabrini,
Chin dildan qilingan duo qadrini,
Otang o‘tgandan so‘ng, anglab yetasan.

Ey farzand dunyodan armonsiz ketgin,
Vaqtingni qizg‘onma, yoniga o‘tgin,
Tiriklik chog‘ida qadriga yetgin,
Yo‘qotib qo‘ysang so‘ng, nima qilasan?

Ich-ichingdan oqib, ko‘zdagi yoshing,
Keraksiz temirdek zanglab ketasan.
Besh kunlik dunyoni, omonatligin,
Onang o‘tgandan so‘ng anglab yetasan.

Tavsiya etamiz:  Zulfiya sherlari