1-iyun Xalqaro bolalar kuniga atab sherlar

Sahifamizda 1-iyun Xalqaro bolalar kuniga atab sherlar to’plami. Bugun — 1-iyun, butun dunyoda bolalarga bag‘ishlangan eng nurli, eng quvonchli kun — Xalqaro bolalar kuni! Bu kun har bir yurakda bolalikning beg‘ubor quyoshi charaqlaydi, orzular qanot yozadi, quvonchli kulgular yangraydi.

1-iyun Xalqaro bolalar kuniga atab sherlar.

Xurshid Karim
Bilmoq uchun olamning sirin,
Qalb ko‘zi-la ko‘ring dunyoni,
Jondan aziz ,beg‘ubor shirin,
Bolalarga bering dunyoni.

Ular uchun bo‘ling tulpor ot,
Quvonchlarda chiqarsin qanot,
Ertaklarga aylansin hayot,
Bolalarga bering dunyoni.

Jajji bo‘lib zavqqa to‘lgansiz,
Xandon otib shodon kulgansiz,
Bir kun siz ham bola bo‘lgansiz,
Bolalarga bering dunyoni.

Iqbolini, baxtin ko‘ring siz,
Kamolini, taxtin ko‘ring siz,
Shirin tushdek o‘tsin umringiz,
Bolalarga bering dunyoni.

Dunyo o‘zi yaralgan bir kam,
Jajji qalbin ezmasin hech g‘am,
Bolalarni asrasin egam,
Bolalarga bering dunyoni.

Bolalar uchun qisqa sherlar

Quvnoq bolalik she’ri.

Biz bolalar quvnoqmiz,
Muloyim ahil, inoqmiz.
Osmonimiz musaffo,
Kelajagi porloqmiz.

Baxtli bolalik,
Gullarga to‘lsin,
Ozod Vatanim
Mangu bor bo‘lsin.

A’lochimiz o‘qishda,
Peshqadammiz har ishda.
Erkalaydi ardoqlab,
Onajonim – farishta.

Baxtli bolalik,
Gullarga to‘lsin,
Ozod Vatanim
Mangu bor bo‘lsin.

Biz baxtiyor bolalar.

Haydar Muhammad she’ri
Avaz Mansurov musiqasi

Biz baxtiyor bolalar,
Quvnoq bolajonlarmiz.
Oq paxtadan shonalar,
Oydek yorug‘ yuzlarmiz.

Naqorat:
Oppoq-oppoq bog‘chamiz,
Opajonlar parvona.
Qo‘l ushlashib barchamiz
Sayr etamiz shodona.

Salqin gulzor maydonda
Sirpanchig‘u arg‘imchoq.
Qushlar sayrar har yonda,
Bog‘chamizdan vaqti chog‘.

Naqorat:
Hammasidan o‘tadi,
Musiqali soati.
O‘ynab qo‘shiq aytadi
Kimning bo‘lsa talanti.

Bolalik baxti.

Yayratadi dillarni,
O‘yin-kulgu, yallalar.
Quvonchimiz har dilda –
Kamalakday ranglanar.

Tinch bo‘lsin Yer kurrasi,
Olov qalblar gurlasin.
Madhiyadir olamga
–Ko‘rkam Vatan qo‘ynida,

Ochildi gul-lolalar.
Madh etamiz shodlikni,
Biz baxtiyor bolalar.

Osmonimiz musaffo,
Tiniq otar tongimiz.
Kelajakka nur sochar –
Yolqin misol ongimiz.

Bolalikning sofligin,
Shalolaga qiyoslar.
Baxtimizni kuzatib
Chaqnab ketar quyoshlar.

Ko‘nglimizda hayajon,
Xurramlik – katta boylik.
Bolalikning qadriga
Bolalikda yeaylik!

Tabiat haqidagi hikmatli so‘zlar

Bolalarning «urra»si!

-«Sizlar kimsiz?» — «Bolamiz,
Bogʼdagi gul-lolamiz!».

-«Nima kerak, siz uchun?»,
-«Tinchlik kerak, biz uchun.

Bering koʼproq oʼyinchoq,
Bizga boʼlsin ovunchoq.

Oila — inoq boʼlsin,
Janjaldan yiroq boʼlsin.

Boʼlmasin sira urush,
Kechiraylik tinch turmush!»…

Bola tilidan.

Salom jajji bolalar
Bogʻdagi gul-lolalar
Tanishtiray oʻzimni
Tinglang dilim soʻzini

Asaloydir ismim mening
Mirzachoʻlning qiziman.
Ayajonim koʻzmunchogʻi,
Dadamni qosh koʻziman.

Orzularim juda bisyor
Boʻlmoqchiman zoʻr shifokor
Xalq dardiga topayin davo
Orzumga yetay,qilingiz duo.

Katta-kichik ,hamma ham
Havas bilan qarashsin
Egnimdagi oq libosim
Koʻnglim kabi yarashsin!!!

1-iyun Bolalar kuniga she’rlar.

Yoqimtoylar, quvnoqlar,
Beg‘ubor, erkatoylar.
Yerda yurgan yulduzlar,
Kulcha non, to‘lin oylar !

Mitti gul, mitti qushcha
Qo‘lida shirin kulcha.
Ko‘zimizning quvonchi –
Har o‘g‘il, har bir qizcha.

Baxtli har on sizniki,
Davru davron sizniki.
Uchiring rangli sharlar –
Tiniq osmon sizniki.

Ko‘zmunchoqli kulchalar,
Sevimlisiz bunchalar.
Yosharib ketar dunyo –
Shirin- shirin kulsalar.

Bolajonlar bor bo‘lsin,
Har kuni bahor bo‘lsin.
Otajon-onajoni
Yonida xamroh bo‘lsin.

Bolalar uchun sherlar.