Vatan haqida sher. Bugungi postimizda biz O’zbekistonga bo‘lgan cheksiz muhabbatni ifoda etuvchi she’rlar bilan bo‘lishamiz.
Mundarija
Vatan haqida sher.
Vatan — har bir inson qalbida eng muqaddas, eng aziz joydir. Uning tarixi, tabiati va insonlari bilan bog‘liq his-tuyg‘ular she’riyat orqali yanada chuqurroq ifodalanadi. Bugun siz bilan vatan haqidagi chuqur ma’noga ega sherlarni ulashmoqchiman, ular yurakdan kelgan so‘zlar bilan yurtga bo‘lgan muhabbatni ifodalaydi.
Sahifamizda joy olgan she’rlar aynan sizlar uchun — yosh qalblarga yurtimizni sevishni, uning tabiati, tarix va madaniyatini qadrlashni o‘rgatadigan, oson va qiziqarli so‘zlarda yozilgan. Bu she’rlar orqali siz Vatanimizga bo‘lgan muhabbatni yanada chuqurroq his qilasiz, uni doimo qalbingizda saqlaysiz.
Keling, birga vatanimizni madh etuvchi she’rlarni o‘qib, yurtimizga bo‘lgan mehrimizni yanada oshiraylik!
Vatan haqida she’r.
Vatan — bizning uyimiz,
Vatan — bizning ko‘chamiz,
Soylardagi suvimiz,
Maza qilib ichamiz.
Vatan — bizning tog‘imiz,
Olma-anor bog‘imiz,
Bug‘doy, arpa dalamiz,
O‘ynab maza qilamiz.
Oltin to‘la konimiz,
Tandir to‘la nonimiz.
Vatan — maktab-onamiz,
O‘qishni o‘rganamiz.
O’zbekiston.
Õzbek boshin egmaydi sira
Kõksin kerib yurar doimo
Hoh shox bõlsin hoh bõlsin gado
Birovga bosh egmaydi ammo
Halol mehnat qilib yashaydi
Rõzg’orim deb yeladi mudom
Qayda bõlsin qayda yurmasin
Õzbek tobe bõlmas hech qachon
Dunyo kezdim kõp yurtda bõldim
Boyni kõrdim puldorni kõrdim
Sening nimang bor deb sõrsalar
Mehr berdim muruvvat berdim
Molu dunyo yoki boylik deb
Or nomusin bermaydi Õzbek
Oldida ming yovlar bõlsa ham
Hech kimga bosh egmaydi Õzbek
Kelajagi buyukdir uni
Olg’a qadam tashlaydi mudom
Yuz yil yoki ming yil õtsa ham
Õzbek tobe bõlmas hech qachon
Hech kimdan kam bõlmaydi Õzbek
Õz qõlida uning imkoni
Harbir ishda har bir sohada
Lol qoldirar butun dunyoni
Kim ne desin kim gapirmasin
Õzbegimni taniydi dunyo
Kim bõlmasin kim urunmasin
Õzbek qaddin bukolmas aslo.
Vatan madhi.
Bu sõzni bir paytlari
Aytib bergan menga bobom
Õtmishda necha shoir
Sher yozib bõlgan qataģon
Havfga qoyib bõlsaham
Ul zotlar jonin har kuni
Õlishin bilsa hamki
Kuylagan Vatan madhini
Isyonchi deb topilgan
Vatan haqda bitsa ash’or
Õlsaham Vatan uchun
Doston bitgan qõrqmay zinhor
Bilgankim qaro yerga
Bosh qoyib ketar bir kuni
Uch tõrt kun rasvo hayot deb Sotmagan iymonini
Õylagan balki alar bir kun zõr bõlar dostonim
Men ôlib ketgayman lek
Dunyodan õchmas nomim
Ul zotlar ustun bilgan
Har nedan yurtin qadrini
Nafaqat doston bitgan
Balki bergan õz jonini
Bobom der shoirmisan
Ey shoirning sharmandasi
Sen ham bir kam dunyoning
Hom sut ichgan bir bandasi
Shundayin gõzal yurda
Gam chekmay shodon yurgaysan
Vatan uchun doston bitmay sen shoirman deyolmaysan
Tarixga muhrlab qoy sen ham alardek nomingni
Bu uchun bir ozgina koyitsang yetar joningni
Vatan haqda ash’or bitgin
Avlodlar bilsin qadrini
Vatanin dildan sevsin
Har kimni sevmay har kuni
Ey Buxoriy sen yurarsan
Sevgi haqda sherlar bitib
Gõyoki zõr shoirdek
Õzingni osmon tutib
Ajdodlar avlodisan
Shunday õtib ketolmaysan
Yurt uchun doston bitmay
Shoirman deb aytolmaysan.
Vatanim she’ri.
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon,
O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim…
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o`zing mehri –
Ilig`imsan, Vatanim.
Sen Mashrabsan,
Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko`ringan da’vo qilgan,
Ming bir yog`i ochilmagan
Qo`rig`imsan, Vatanim.
Vatan haqida she’rlar.
Aylayin qalbimni tortiq nurli bo‘stonim, senga,
Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga.
Bebahosan, asragayman gavharim, deb men seni,
Sen qarog‘ bo‘lsang agarda, sadqa mujgonim senga.
Sendan ayru dam uzundir, lahzalar ham yilga teng,
Bir umrga lek barobardir kerak onim senga.
Har bir ahling bitta yulduz, kavkabistonim o‘zing,
To hayotdirman, charog‘im, shu’layi shonim senga.
Yoru do‘stlar jam bo‘libdir, to‘y qilur o‘zbek elim,
Men degayman xush kelibsan, do‘stu mehmonim, senga.
Xizmatingga shay erurman, mehnatingda ham o‘zim,
Baxtiyorman, sarf etolsam borki imkonim senga.
Dilda borim sen uchundir, qo‘lda torim sen uchun,
Qayda bo‘lsam talpinurman, O’zbekistonim, senga.
Serquyosh yurt.
Quyosh nuri dilni yoritgan,
Ona zamin borini sochgan.
G’amlar emas quvonch yig’latgan.
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!
Kim qiziqsa bizning ishlarga,
Qolmas aslo g’azzod qishlarga.
Xush navosi ôxshar qushlarga,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!
Tinch yurtim,ozod yurtim,
Har gôshasi obot yurtim.
Kônglim senla shod yurtim,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!
Ôzing menga beshik bôlding,
Baxtga eltar eshik bôlding.
Har ishimga sherik bôlding,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!
Ollox seni inom etgan,
Bu zaminda dono ôsgan.
Doim bizni dunyo kôgan,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!
Joni fido Shamshod Safar!
Senga mudom xizmat qilar.
Sendan albat qarzin uzar,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!
Erk haqqi- Vatan haqida sher.
Qutlug‘ bo‘lsin yaloving,
O’ylay-o‘ylay tashlagan
Qadam muborak bo‘lsin.
Tag‘in gurillab yongay
O’chmagan qalb oloving,
Erk haqqiga ichilgan
Qasam muborak bo‘lsin.
Kimsaga yomonlikni
Ko‘rmagansan hech ravo,
Lekin shum qutqulardan
Chiqmadi sho‘rlik boshing,
Endi seni qo‘llasin
Zafar o‘zi doimo,
Safaring bexataru
Xizr bo‘lsin yo‘ldoshing.
Vatanim yagonam O’zbekistonim.
Agar do‘stlar erur sodiq bir-birin qiyratib bo‘lmas,
Agar qilg‘il necha fitna alarni ayratib bo‘lmas.
Demishlar: moru qushni bir qafasda asratib bo‘lmas,
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.
Vatan deb men bayon qildim, ayo do‘stlar, muxammasni,
Vatanni kim ulug‘ bildi, aziz bildim men ul kasni.
Vatan deb jo‘sh urar ersa ko‘targum boshima xasni,
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.
Nadomat birla boqg‘ayman vatansizlarga har doim,
Egib boshini zor yig‘lar, agarchi davlati qoyim,
Faqir bo‘lsam-da bor yurtim — toju taxtim, borar joyim.
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.
Bobolar kechmishin hargiz faromush aylamang, do‘stlar,
Haqiqat tongi otganda ani tush aylamang, do‘stlar,
Agar kim e’tiqodsizdur, ani xush aylamang, do‘stlar,
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.
Diyorim O’zbekistondur, ki andin iftixorim bor,
Demakkim, hur adolatlig‘, davlati barqarorim bor,
Onamdek mehribon, munis Vatan bor, g‘amguzorim bor,
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.
Vatan, sen hur, yo‘ling shonli, qadamni tashlagin shaxdam,
Faxr-la boqg‘ay Abdullo, ko‘zida shodligidan nam
Panohingni tilab Haqdin dilida iltijo har dam,
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.
1994




















