Yoz fasli haqida sherlar bolalar uchun. Yoz fasli haqida matn, yoz rasmlari.
Mundarija
Yoz fasli haqida matn.
Yoz — bolalar uchun eng quvonchli va sevimli fasl. Quyosh charaqlab porlaydi, havo issiq bo‘ladi, osmon esa tiniq va moviy rangda jilva beradi. Atrof gullarga to‘ladi, daraxtlar yam-yashil yaproqlarga burkanadi.
Yozda bolalar maktabdan ta’tilga chiqadi. Ular do‘stlari bilan o‘ynaydi, sayr qiladi, bog‘ga boradi, daryoda yoki hovuzda cho‘miladi. Muzqaymoq yeb, tarvuz va qovun kabi shirindan-shirin mevalardan bahramand bo‘ladilar.
Quyoshli kunlarda tabiat yanada chiroyli bo‘ladi. Qushlar chug‘illaydi, ari-u kapalaklar gullar ustida parvoz qiladi. Har bir bola yoz faslida ko‘plab xotiralar yig‘adi, yangi narsalarni o‘rganadi va quvnoq dam oladi.
Yoz — bu o‘yinlar, sarguzashtlar va tabassum fasli!

Yoz fasli haqida sherlar.
Quyosh charaqlab turadi, gullar ochilib, qushlar chug‘illaydi, bog‘lar-yu dala yaylovlari bolajonlarning kulgusi bilan to‘ladi.
Yoz – bu cho‘milishlar, muzqaymoqlar, sayrlar va beg‘ubor quvonchlar fasli. Aynan shu mehrli fasl haqida yozilgan eng chiroyli she’rlarni siz aziz bolajonlar va ularning ota-onalari uchun jamladik!
Quyida sizni yoz faslini yanada sevimli qiladigan, bolalarning tasavvurini boyitadigan va tabassum ulashadigan she’rlar kutmoqda!
Marhamat, o‘qib ko‘ring, bolajonlaringiz bilan o‘rtoqlashing va yozning har bir lahzasidan zavq oling!

Laylak kelib soz boʻldi,
Biz tomonda yoz boʻldi,
La-la, lalalay!
Hoy, bolalar, tegmanglar,
Laylakjonlar ketmasin,
La-la, lalalay!
Ketib qolsa Laylakjon,
Xafa boʻlar bolajon,
La-la, lalalay!
Yoz haqida she’r.
Oydin tunlar pallasi,
Baqalarning yallasi.
Handalakning boʻylari,
Dehgonbuva to‘ylari
Yozdan darak bermoqda,
Qarang, laylak kelmoqda.
Yoz shamoli.
Shivir-shivir
Yoz shamoli
Esar asta,
Eh, navoli.
Bog’ oralab
Guv-guv yelar,
Behi hidin
Olib kelar.
Yoz keldi.

Yoz keldi-yu, yoz keldi,
Doira bilan soz keldi.
Uchib kelgan laylaklar
Qanoti qog’oz keldi.
Tunni qilib tongotar
Shoʻx bolalar dong qotar.
Bir tutam yoz tunida
Dehqon tongni uyg’otar.
Laylak kelsa.
Laylak kelsa…
Yoz boʻladi.
Choʻmilishga
: Soz boʻladi.
Laylaklarga
Ming-ming rahmat.
Ularga tosh
Otma, Ahmad.
Sen tosh otsang,
Men tosh otsam,
U tosh otsa,
Kelmas laylak.
U kelmasa,
Kelmaydi yoz.
Yoz kelmasa,
Sira bo`lmas
Umrimiz soz!
Yozdan darak bermoqda.
Oydin tunlar pallasi,
Baqalarning yallasi.
Handalakning bo’ylari,
Dehqonbuva to’lari,
Yozdan darak bermoqda,
Qarang, laylak kelmoqda!
Bizlar sevgan issiq yoz.
Keldi ko‘klam kabi soz,
Bizlar sevgan issiq yoz.
Ekin o‘sdi yerlarda,
Bug‘doy pishdi qirlarda…
Poliz to‘la bodring,
Bog‘bon, tez uzib bering!
– Sabr qiling siz andek,
So‘yib beray handalak.
Yozda cho’milamiz.

Bog’chamiz keng chiroyli,
Sharoitlar yetarli,
Xoxlagancha o’ynaymiz,
Doim yayrab quvnaymiz.
Bog’chamiz o’rtasida,
Xovuz bor chiroyli juda,
Suv bo’lganda illiq,
Chumilamiz mazza qilib.
Suvda roxat olamiz,
Chiniqadi tanamiz,
Issiqni ham sezmaymiz,
Yozda sog’lom hammamiz.
Urra yoz keldi.
Urra yana yoz keldi,
Quyosh bizga yaqin keldi.
Mevalar pishar hil-hil,
Turlari ko’p xilma-xil.
Har kuni sayr qilamiz,
Mevalarni teramiz,
O’rik,olcha,olma,
Bolalar xursand hamma.
Mevalarni biz yeymiz,
Dehqonga raxmat deymiz.
Jannatmakon elimiz,
Har kun yayrar dilimiz.




















