Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalari, bog’cha bolalari uchun Xayr bog’cha, salom maktab haqida sherlar to’plami. Tadbirlar uchun ssenariylar>>
Mundarija
Xayr bog’cha haqida sherlar.
Qo‘g‘irchoqlar xush qoling
Salom aziz maktabim
Shoshilyapman bag’ringa
Quyoshday ravshan tabim
Ustozim xali men
Ko‘rmaganman sizni xech
Shu kunlar da xayolning
Mexmonisiz erta kech
Ko‘rmasam xam taniyman
Siz dunyoda eng dono
Siz yaxshilar yaxshisi
Siz otayu siz ona.
Orombaxsh quchog’ingda
O‘sib ulg’ayib shodon
Bugun bizlar yo‘l oldik
Jonajon maktab tomon
Xayr bog’cha tuzingni
Oqlaymiz o‘qib alo
Sizni eslab yuramiz
Bog’cha Opa doimo
Yiroqlashib bog’chajon
Katamiz sendan
Ukalarga qoladi
O‘yinchoq bizdan
Ko‘zlarida lim yoshi
Juda kuchli bardoshi
Bog’cha opam qoladi
Uzoq o‘yga toladi.
Bolalik – sehrdir, zangori fasl,
Vatanning ertasi, tamal toshlari.
Saodat nuridan kuch olgan nasl,
Yurtimning tuganmas sarchashmalari.
Bobolar shon topib, ardoqlagan his,
Ularning ko‘nglida qayta uyg‘onish.
Birisining ismi balki To‘maris,
Birisi ulg‘ayib, bo‘lar Alpomish!
Aylanay beg‘ubor kulishlaringdan,
Sizga hamroh bo‘lsin ezgulik, safo.
Ko‘zlar quvonadi turishlaringdan,
Sizni panohida asrasin Xudo!
Xayr bog‘cham.
Xayr bog‘cham, gul bog‘cham,
Bag‘ri to‘la nur bog‘cham.
Xayr o‘yinchoqlarim,
Chelakchamu kurakcham.
Xayr g‘uv-g‘uv mashinam,
O‘rtoq bo‘lganding sen yuam,
Maktab yoshiga yetdim
Endi o‘qiymiz biz ham.
Ilk yoshimda bag‘ringda,
Ardoqlading bog‘chajon.
Sening qaynoq mehringdan
O‘ynab kuldim har qachon
Quchog‘ingdan ketaman,
Ardog‘ingdan ketaman.
Seni o‘ylayman har dam
Xayr mehribon bog‘cham.
Bolaligim gulbaxor.
Men gullarni quchaman
Zavqla ochib quchog’im
Yayrab qushdek uchaman.
Ey la –la – la – la.
Bolaligim gulbaxor
Unda baxor husni bor
Quyosh uni erkalab
Kulib boqar har naxor.
Ey la –la – la – la.
Bahor menga o’xshaydi
U men bilan tursaydi
Qani endi yil bo’yi
U ketmasdan tursaydi.
Maktab tomon.
Yuzimiz yal-yal yonib, odimlaymiz mardona
Qoʼlimizda sumka bor, biridachi guldasta.
Maktab tomon chopqillab, yuguramiz shoshamiz
Shinam sinflar ichra biz bilimlar olamiz
Partada oʼtirishni, ruchka toʼgʼri ushlashni
Rasmlarni solishni, harflarni yozishni
Oʼrgatar bizga maktab, bilim va berar odob.
Qoʼshishni ayirishni, koʼpaytirish , boʼlishni
Kitoblarni sevishni, tabiatni asrashni
Oʼrgatar bizga maktab, bilim va berar odob.
Maktabga boramiz.
Bultur edim oltida , yoshim yetmay qoldi-da,
Oʼqishga olishmadi, maktabga yozishmadi.
Yillar yurmas ketiga , bu yil toʼldim yettiga.
Endi katta bolaman, men maktabga boraman.
Men oʼqishga tappa-taxt, besh olishga qildim axd.
Har kun sanayman bir-bir, qachon kelar sentyabr.
Tartibli bola.
Shodivoyni ertalab,
Uygʼotganda oyisi,
Oʼrnidan turar sakrab,
Tartiblida boisi.
Qilib badan tarbiya,
Yuvinib, soʼng nonushta.
Oshiqar maktabiga,
Oʼrnak boʼlib xar ishda.
Аʼlochi u maktabda,
Xavas qilar doʼst-yoron.
Аlbatta kelajakda,
Boʼlur munosib inson!




















