Alisher Navoiy haqida sherlar

9- fevral Alisher Navoiy tavallud topgan kuni munosabati bilan Alisher Navoiy haqida sherlar bolalar uchun.

Alisher Navoiy haqida sherlar.

Men Alisher Navoiyni shunday xayol eturman,
Munojotim navosidan jannat sori keturman.
Quddus borib Buroqida jannatga ko‘tarilgan,
Rasulimga ajib ummat ekanligin biturman.

Ijtimoiy va ijodiy xarakterning elchisi,
Navo bo‘lgan, Foniy bo‘lgan, ikki tilning kuychisi.
To Xitodin, Xurosonga chekintirib bid’atni,
Qalam bilan zabt etdi ul, adolatni, hayratni.

Padaridan, ustozlardan olib nuri quvvatni,
Ali Yazdiy, Lutfiylardan oldi aqlu siyratni.
Xamsa ila Nizomiyga lutf aylab panjasin,
Turkiy tilin yoruttirdi, boyligini qanchasin.

Ixlosiya, Xolosiya, Dorush shifo, Xuffozni,
Qurib injil yoqasig‘a xalq etdi sarafrozni.
U me’mordir Nizomiddin she’riyatning gultoji,
So‘z naqqoshi, tarixshunos, xalq vatan ehtiyoji.
Mir Alisher Navoiyni sig‘dirolmam she’rlarga,
Ustoz ilmi ildiz otgan, biz yetmagan yerlarga.

Navoiyga maktub…

Ushbu maktub shoirlar shohi,
Nazm maydonida bahodir
Navoiyga yetsin, ilohim,
Yaratgandan o‘tinchim shuldir.

Assalomu alaykum hazrat,
Omonmisiz firdavs bog‘ida?
Jur’at qilib, bitayapman xat,
Dilni dardlar ezgan chog‘ida.

Pirim, Yerda bisyor to‘polon,
Tersga do‘ndi osuda hayot.
Siz kashf etgan “oynai jahon”
Tafakkurni etmoqda g‘orat.

Bugun ishqning qiymati bir pul,
Layli-Majnun sevgisi  ertak.
Bani odam endi pulga qul,
Qismat go‘yo o‘yinchoq, ermak.

Shirinlar shim kiyadi bugun,
“Ferrari”da yuradi Farhod.
Nurab bitdi ko‘hi Besutun,
Topilmaydi Shopurday ustod.

Sizdan keyin milyonta shoir 
O‘tdi, o‘zni sanab misli sher.
Ko‘plari she’r yasashga mohir,
Tug‘ilmadi bitta Alisher.

Pirim, hamon adolat qahat,
Hamon ig‘vo, kek yo‘qolmadi.
Bulardan ham yomoni, hazrat:
Bugun SO‘Zning qadri qolmadi.

Mutloq tenglik  hali ham ro‘yo,
Komil bo‘lolmadi inson ham.
Yaqinlashib bormoqda dunyo
Qiyomatga qadamba-qadam.

Ruhingiz shod bo‘lsin, bobojon,
Gina qilmang bizlar kabidan.
Ushbu maktub  shoiri nodon
Nabirangiz Abdunabidan…

Alisher Navoiy asarlari asosida testlar

Oybek va Navoiy

Abdulla she’ri.

O’zbekiston Oybek bilan xayrlashgan kun
Mangulikdan bir lahzaga keldi Navoiy, —
Tiriklarga sezdirmasdan siladi beun
Oybekning manglayini ruhi samoviy
Va so’ng uni olib ketdi bosib bag’riga
Abadiyat deb atalgan ruhlar shahriga.

Abdulla Oripov she’ri.

Jahonki muqaddas neni ko’ribdi,
Bariga onasan, ey qodir hayot.
Besh yuz yil naridan boqib turibdi,
Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.

Shu buyuk o’g’lingni ardoqlab dildan,
Xalqim, ta’zim etsang arzigay tamom.
Uning nomi bilan birga bitilgan
Dunyo daftarida o’zbek degan nom.

Boykaro irg’ishlab istak otida
Jahonga boqqanda misli bola sher,—
Hirot darvozasin bir kanotida
She’riy lashkarini tizgan Alisher.

Dunyoda biror nom holdirmoh uchun
Yurt buzish shart emas, degan gap-ku, rost.
Kimdir pesh qilganda nayzaning kuchin,
Alisher qalamni ko’rsatgan, xolos.

Tun bilan tong erur tashbehda udum,
Misoli zahru may, hajru shakar lab.
Kimnidir quyoshday eslasa mardum,
Kimnidir zulmatday yurarlar qarg’ab.

Nido tingla, bu kun, yurting tarafdan,
Ey, yiroq Hirotda maskan topgan er!
Ogoh bo’l, Alisher, sen ushbu gapdan:
Har ikki nabirang — biri Alisher.

Baytingga bir bora hovushgan har lab,
Takrorlab ketgusi mahshargacha to.
Qaratib turibsan bu yon, ne ajab,
Milliard martabali jahonni hatto.

Birovlar nazdida johil Osiyo
Fakat zavol ko’rib, ko’rmagan kamol.
Muso iltijosi yetdi-yu go’yo,
Hah Tur tog’i uzra ko’rgazdi jamol—
Jahon mehrobida paydo Alisher…

Shodmon qasida ayt sen ham, ey huyosh!
Besh yuz yil.unga ham nima gap axir,
Mingga hadam ho’ydi yigirma besh yosh.

Bobur ruboiylari va g’azallari

Assalom Navoiy haqida sher.

Navoiyga bag’ishlangan sahna ko’rinishi uchun

Assalom, Navoiy, g‘azal sultoni
Yetubdur suhbatingiz olmoq mahali.
Siz-la diydorlashmoq zo‘r istak edi,
Muborak yoshingiz bir imkon berdi.

Buyuk tog‘lar ichra bo‘lib buyukroq,
Suyuk tog‘lar ichra bo‘lib suyukroq
Navoiy ko‘rinar ko‘zimga mening,
Nafasi urilar yuzimga mening

A.Navoiy so’z mulkining sultoni sheri.

Dil mulkidin dur tutgan sulton Navoiy,
Hikmat otliq nur tutgan osmon Navoiy.
Tafakkurning tog‘iga chiqmoq istasang,
Umring tilab qo‘l cho‘zgan imkon Navoiy.

Go‘zallikning mevasi ko‘kdan tushmagay,
Turkiy tilda bol bergan bog‘bon Navoiy.
O‘qinga ming rahmat uqganlar aytsin,
So‘z ila el qadriga qalqon Navoiy.

Besh yuz yillar besh ming bob kelgaydir illo,
Asrlarni qotirgan davron Navoiy.

Alisher Navoiy

Umid Ali she’ri

U havoga qorishdi—mutloq
Va tuproqday singidi yerga.
Hayot otliq jonu jahoni
Olam-olam ortildi she’rda.

Ruhi qanday pokiza—ma’sum,
Bahor kabi dilafgor, mayin.
O’z-o’zingdan poklanasan Sen
Uning uchun yig’lagan sayin.

Bilki,Mazmun—ko’ngling to’lgan payt—
Shuuringda jonlansa hayot.
Osmonda—ruh, Yerda—vujuding…
Havoda-chi…suzsa dil — bayot.

Alisher Navoiy asarlari nomi