Maktab haqida sherlar. Maktab xotiralarini, davrlarini eslatuvchi she’rlar to’plami. Sinfdoshlar, do’stlar haqida sherlar. So’nggi qo’ng’iroq ssenariylar>>
Mundarija
Maktab haqida.
Maktab — bu nafaqat bilim olish joyi, balki hayotdagi birinchi katta qadamdir. Har bir dars, har bir yangi bilim bizni kelajakka tayyorlaydi. Bu yerda faqat kitoblar bilan emas, balki o‘zimizni, qiziqishlarimizni va orzularimizni kashf etamiz.
Maktabda o’tkazgan vaqtimiz bizning kelajagimiz uchun mustahkam poydevor bo‘ladi. O‘rganing, rivojlaning, orzu qiling va har doim eng yaxshisini maqsad qiling. Sizning har bir qadamiz kelajakda katta muvaffaqiyatlarga olib boradi!
Bitiruvchilar madhiyasiMaktab haqida sherlar.
To‘qqiz yillik bolalikka yasaysiz yakun.
Endi xayot darsxonangiz bo‘lar,
Maktabda chalinadi eng oxirgi qo‘ng‘iroq bu kun.
Bilmam, balki joningizga tekkan bu jarang,
Balki bezor bo‘lgandirsiz darslardan xatto.
Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang,
Lekin o‘tgan maktab davrin unutmang aslo!
Axir oson bo‘lmagandir 9 yil kutmoq,
Bekor sarf bo‘lmagandir 9 yil umr.
Oson bo‘lmas ustozlarning etagin tutmoq,
Barchasining o‘z gashti bor, qilingiz sabr.
Balki sizga unut bo‘lgan, eslarsiz balki,
Shu dargoxga qadam qo‘ygan jajji qizaloq,
Yo bolakay edingizlar, quvonchga to‘lib
Kutgandinglar chalinishin ilk qo‘ng‘iroq.
Alifboni tanimagan sofdil qizaloq
Katta bo‘lib onasiga berar maslaxat.
Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq
Bugun endi o‘zimizga qilar nasixat.
9 yilda 9 mingta quvonchu -tashvish:
Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat.
Sinfdoshlik bog‘i ichra ochildi do‘stlik,
Kimlargadir nasib bo‘ldi sof bir muxabbat.
Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini,
Vazifani ko‘chirmoqqa bo‘lmaydi imkon.
Kundalikka qo‘yilmaydi «2» baxolar,
Biling endi, xatolarni kechirmas zamon.
Sinfdoshlar, bo‘lolmaysiz endi partadosh,
Endi sirdosh bo‘lolmassiz, unutmang biroq:
Do‘stlaringiz bir umrga bo‘lar yelkadosh,
Do‘stlik uchun chalinmaydi so‘nggi qung‘iroq.
“34 Yil: Mustaqillikdan – Yangi O’zbekiston sari!” tadbir ssenariysi
Bir umr qolib ber maktab.
Maktabim bag‘ringda o‘ynab yurgandim,
Ilk sevgi hayolin o‘zingda surdim.
Katta bo‘lishga ham qachon ulgurdim,
Bu savol javobin topib ber maktab.
Yodimda darslarda yozgan xatlarim,
Yuraklar rasmiga to‘lgan daftarim.
Doim tergab turgan sinf rahbarim,
Qadringni sanog‘in topib ber maktab.
Farzanding ulg‘aydi bu sening bahting,
O‘n bir yil shaxt berdi onalik mehring.
Ko‘zimga qadrdon har bir daraxting,
Mehringning adog‘in topib ber maktab.
Bag‘ringdan ketyapmiz uchib xar tomon,
Qochgan darslarimiz biz uchun armon.
Bilimlar ulashgan bilimdon makon,
O‘zingdek ardog‘in topib ber maktab.
Kelajak xayotda sening yuzingmiz,
Bir biridan erka o‘g‘il qizingmiz.
Sen bilan qoladi bizning mehrimiz,
Biz uchun bir umr qolib ber maktab.
Maktab davrlarim.
Urushdik talashdik hamda. yarashdik,
Ba’zida yiqildik, ba’zida turdik.
MAKTAB DAVRLARIN gar yodga olsak,
Eng baxtli onlarni barini tuydik!!!
Sog’inamiz maktabim.
Ko’zlarimiz Kuladi,
Ko’ngil Yig’laydi.
Tillarimiz Xayr Deb,
Dil Ketma Deydi,
Sog’inamiz Maktabim,
Issiq Bag’ringni.
Sasha.B-Ijodidan Tuhfa…
Ey Sinfdosh Do’stlarim,
Ketgim Kelmaydi.
Qaldirg’ochga O’xshabon,
Ucharmiz Bizlar,
Dillarda Sog’inch Bilan,
Ketarmiz Do’stlar.
Ko’zlarimiz Yo’lingda,
Sog’inar Seni,
Ey Sinfdosh Do’stlarim,
Ayrildik Endi.
O’qir Edik Sen Bilan,
Bitta Maktabda,
Hatto Gaplashmagandik,
Sevgi Haqida.
O’ylamasdim Kun Kelib,
Ayrilarmiz Deb,
Ey Sinfdosh Sevganim,
Meni Unutma.
Ko’zlarimizda Yosh,
Qo’yilgan Chog’da,
Bizlar So’nggi Bora –
Yig’ilishganda.
Shunda Men Seni Sevaman –
Dedim,
Eng So’nggi Bor,
Qo’ng’iroq Chalinganida.
O’tib Ketar Ekan,
Yoshlik Damlar Ham,
Tashlab ketayapmiz,
Maktabni Bugun.
Ey Sinfdosh Do’stlarim,
Unutmang Bizni,
So’nggi Qo’ng’iroqni Chalib,
Ketarmiz Endi.
Sinfdosh.
Zinxor Ko’rmayin, Ko’zlaringda yosh.
Sen uchun porlasin, Ko’klarda quyosh.
Ayriliq ko’nglimda bo’ldi og’ir tosh.
Baxtli bo’l bir umr aziz Sinfdosh…
Endi senga o’tgan kunlar xayoldir,
U kunlar xotira bizga Yodgordir.
Qaydasan Sinfdosh dilga savoldir.
Baxtli bo’l Bir umr Aziz Sinfdosh.
Umid deb atalmish guling so’nmasin.
Yurakda orzuying, bevaqt o’lmasin.
Shu qaro ko’zlaring, Xech nam bo’lmasin.
Omon bo’l bir umr aziz SINFDOSH
Bu oqshom osmonda yulduz yig’laydi,
Ko’k aro to’lin oy unsiz yig’laydi.
Majnuntol yonida maktab bog’ida,
Yurakda dard bilan bir qiz yig’laydi…
Bunchalar yuraklarga solasan titroq,
chalinmay qo’yaqol »So’nggi qo’ng’iroq».
Ayriliq onlari bunchalar azob,
Chalinmay qo’yaqol »So’nggi qo’ng’iroq»…
Aytilmay qoldiku aytilmas gaplar,
Goh oshkor goh pinhon bitilgan xatlar.
Bir bora yurakdan chiqmagan suhbat,
Chalinmay turaqol «So’ngi qo‘ng‘iroq» …
Qizlar qo’lidagi estalik daftar,
Nahot armonga aylansa shu choq.
Sinfdosh qiz bilan tushgan suratlar,
Chalinmay turaqol «So’ngi qo‘ng‘iroq» …
Chalinmay qo’yaqol »So’nggi qo’ng’iroq»,
Ayrilgim kelmaydi munis maktabdan.
Ko’nglimga abadiy yoqding sen chiroq,
Chalinmay turaqol so’ngi qo‘ng‘iroq…
Yashirgim kelmaydi men ham yoshlarim,
Nelar kutmoqdadir sinfdoshlarim.
Qayg’uli muhabbat, xijronli firoq,
Chalinmay turaqol »So’nggi qo’ng’iroq»..
Tuproq ko‘chalarda chopgan bolalik,
Yillar changi ichra asta yo‘qoldi.
Bolalik ketdi-yu, sho‘x suhbatlarda,
Uni kula-kula eslamoq qoldi…
Aziz Sinfdosh haqida she’rlar.
Ba’zinxor Ko’rmayin, Kuzlaringda yosh.
Sen uchun porlasin, Ko’klarda quyosh.
Ayriliq ko’nglimda buldi og’ir tosh.
Baxtli bul bir umr aziz Sinfdosh…
Endi senga Utgan kunlar xayoldir,
U kunlar xotira bizga Yodgordir.
Qaydasan Sinfdosh dilga savoldir.
Baxtli bul Bir umr Aziz Sinfdosh.
Umid deb atalmish guling sunmasin.
Yurakda orzuying, bevaqt o’lmasin.
Shu qaro kuzlaring, Xech nam bulmasin.
Omon bul bir umr aziz SINFDOSH
Ustozlarga atab she’r.
Bugun zamon o‘zgarib ketgan,
O‘zgargandir keksa, yoshgacha,
Ko‘ngillarni kibr mahf etgan,
Ustozlarga mehr boshqacha.
Bugun hamma chopog‘on yuzga,
Insoniylik oqsagan, tolgan,
Eti sizga, suyagi bizga,
Degan naql tarixda qolgan.
Haqiqat bu yolg‘onmas, sirmas,
Bo‘shab qolgan kutibxonalar,
Farzandini sinfini bilmas,
Afsus ba’zi ota onalar.
Kundalik bo‘sh bo‘lsa mayliga,
«Uch» bahoga e’tirozlar ko‘p,
Farzandini qarab ra’yiga,
Ustozini yomonlaydi xo‘p.
Telefonlar kirgan rusmga,
O‘quvchilar hamma setlarda,
Ustozini olib rasmga,
Chiqarmoqda INTЕRNЕTlarda.
Yig‘ilishga kelmaydi biroq,
Farzandini koyisangiz gar
Dag‘dag‘a-yu, bo‘lib ur to‘qmoq,
Kelayapti sochgani zahar.
Qalbim aro yig‘laydi bir oh,
Odamiylik bog‘i so‘ldimi,
Ota ona oppoq, begunoh,
O‘qituvchi qora bo‘ldimi.
Bugun zamon o‘zgarib ketgan,
Insoniylik oqsagan ,tolgan
Eti sizga suyagi bizga,
Degan zamon orqada qolgan.
Ta’rbiyaga ma’suldir har kim,
Hafa bo‘lmang yozgan she’rimga,
Men ham bitta oddiy muallim,
Va otaman farzandlarimga.
Xayr Sinfdoshlarim.
Maktab olib keldi sho’x yillarimiz,
Bo’ldi endi boshqa o’z yo’llarimiz.
Yonimda tursangda to’xtamaydi yosh,
Xary endi xayr, Aziz SINFDOSH…
Sinfdoshim.
Qalbga do’stlik nomin,
Ko’nglimga sirdosh otin.
Dilimga vafo so’zin,
Solding o’zing sinfdosh.
O’qidik bir maktabda,
O’tirdik bir sinfda.
Birga oldik ta’limni,
Tengdoshim sen sinfdosh.
Sendadir ilk sevgim,
Sendadir ilk do’stim.
Sendadir ilk sirdoshim,
Qadrli qadrdonim sinfdosh.
O’quv damlari o’tdi,
Yurak qayg’uga botdi.
Hayot har yonga otdi,
Qalbdan ketma sinfdosh.
Muallim haqida she’rlar.
Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim!!!
Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim!!!
So’nggi qo’ng’iroq she’ri.
Keksa ustozimning sochlari oppoq,
Ko’zlari mehribon chaqnaydi biroq.
Bilim va ma’rifat o’rgatar hamon,
Hayot maktabida chalib qo’ng’iroq.
O’qimasak, takror o’qitgan, tolgan,
Manglayida qator ajinlar qolgan.
O’sha ajinlari tufayli xalqni
Kelajakka eltar to’g’ri yo’l solgan.
Bilim — katta daryo, ustoz, siz — mirob,
Millat ravnaqida murabbiy — oftob.
Zamonlar o’zgarar, asrlar o’tar,
Quyoshdek o’zgarmas Alifbo kitob.
Kundaligim varag’ida baholar,
Goho a’lo, goho ikki jazolar.
Yo’l topdik. Ranj chekkaningiz ganj bo’ldi —
Bolalikda to’g’rilandi xatolar.
Esdalik daftarimni qo’lga oldim,
O’quvchilik davrimga nazar soldim.
Kechirgansiz qancha sho’xligimizni,
Sabru-toqatingizga qoyil qoldim.
Muallim.
Fan bog‘ining bog‘bonisan, muallim,
Million dillar dostonisan, muallim.
Sen urgatding ma’rifatdan zo‘r kitob,
Bul kitobki, nur sochishda zo‘r oftob.
Xazinasan, kalbing mehr daryosi,
Unda porlar uluhlarning ziyosi.
Dustlik, mardlik, sadoqatdan dars berding,
Aklu, idrok, farosatdan dars berding.
Butun umring joning fido farzandga,
Yetaklaysan doim oliy maksadga.
Baxtu, ikbol doim Senga yor bulsin,
Vatanimiz shonu shuxratga tulsin.
Maktab she’r.
Necha shodon Shamol esib,
Necha bahor Handon qotdi.
Vaqt to’xtamay Shoshib yelib,
Maktab davrim ortda qopdi…
Ustozimga.
Yillar suronimi sochingizdagi oq,
Yoki bo‘rning yuqi tegib ketdimi?
Ezgulik yo‘lida yorug‘ dilingiz,
Ko‘zingiz nuriga singib ketdimi?
Shogirdlar har biri o‘g‘il-qizingiz,
Oqlaydi siz bergan nonu tuzingiz.
Ularning yutug‘i sizning yuzingiz—
Shu bois ko‘zda yosh qalqib ketdimi?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim she’ri.
Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustazdir, biroq
Kimgadir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zodga xarf o’rgatgan kim?…
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Tuproqdek xokisor, bezota jonlar,
Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,
Ammo Temurdayin Sohibquronlar
Firim deb , etgain o’pgan bor.
Qaysar joxongirda yo’l ko’rsatgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrafni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so’z o’rgatgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqlinsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’usaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyqida shogrdin o’ylab yotgan kim?…
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh —
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bеbaho tilsim —
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa —
Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!
Internet tarmoqlarlaridan foydalanildi.




















