Bahor haqida sherlar. Bolalar uchun bahor fasli haqida sher. Bahor bayramining tarovatining aks ettiruvchi eng sara sherlar to’plami. Bahor fasli haqida matn>>
Mundarija
Bahor haqida sherlar.
Biz kutgandik baxor taftini,
Qarang oftob yuzim qizdirdi.
Sogʼingandik baxor faslini,
Qarang baxor isi sezildi.
Qarang qushlar ovozi jarang,
Koʼz quvnatar koʼm koʼk maysalar.
Ochilmoqda gullar rang barang,
Baxor goʼzal ayting qanchalar?
Yeh baxorni oʼrni boʼlakcha,
Oʼxshamaydi xech bir fasilga.
Baxordagi gullar oʼzgacha,
Mast boʼlasiz gullar xidiga.
Sogʼngandik baxor faslini,
Qarang baxor yoʼqlab kelibti.
Najot berib mayin shabboda,
Qarang koʼkda varrak uchibti.
Biz kutgandik oftob taftini,
Qarang oftob yuzim qizdirdi.
Sogʼingandik baxor faslini,
Qarang baxor isi sezildi.
Bahor kelaveradi sheri.
Po’lat Mo’min sheri.
Bahor kelaveradi,
Shaxdam yelaveradi.
Fasllarning chechani,
Tenglar kunduz- kechani.
Dalalarda ishboshi,
Yoqimtoydir quyoshi.
Butun borliq uyg’onib,
Daryo ko’llar to’lg’anib.
Yashil kiyib adirlar,
Gullar socharatirlar,
Gullarga gul qo’shadi,
Qo’shiq bo’lib jo’shadi.
Dehqon yerga egilar,
Ko’chat urug’ ekilar.
Bahor fasli.
Yana keldi qaldirg’och
Humo qo’ndi yelkamizga
Borliq bizga bag’ring och
Bahor fasli tarovatin
Shunda bildim tabiat
Qish ketib bahor keldi
Quyosh bobo nuring soch
Bahor kelinchak misol
Sepin yoydi olamga
Ko’rib ko’zing quvnaydi
Boychechagu lolamga
Sen yaproqdagi shabnam
Fasllarning sarasi
Qo’y qo’zilar o’tlagan
Yaylovlarning egasi
O’zingdir olam ko’rki
Fasllar kelinchagi
Bolasi orom olgan
Kelinchak belanchagi
Senda hayot mujassam
Sen yasharish faslisan
Yangi yil ibtidosi
Yorqin hayot aslisan.
Bolalar uchun bahor haqida sherlar.
Qorlar erib,
Tuni bilan
Yerga yozib
Yashil gilam,
Bahor tushib kelar tog’dan.
Toblanib
Qish ayozida,
Sinchalakning
Bayozida,
Bahor tushib kelar tog’dan.
Boychechakdan
Chambar boshda.
Ta’zim qilib,
Yurt, quyoshga,
Bahor tushib kelar tog’dan.
Qo’lga olib
Yangroq torin.
Ko’z ko’z qilib
Iqtidorin
Bahor tushib kelar tog’dan.
Ko’klam quvonchi sheri.
Simda qator,
Qaldirg’ochlar.
Vajir – vujir
Suhbat boshlar…
– Bu yil bahor.
Sozdir qushlar.
Tezroq keling
Tengi to’shlar.
Binafshani sog’inib sheri.
Binafshaning isini
Sog’indim qish kunida.
Uning inja husnini
Sog’indim qish kunida.
Tezroq bahor kelsaydi,
Binafshani ko’rsaydim.
Tezroq bahor kelsaydi,
Binafshani tersaydi.
Biroqbahor ko’pincha
Kelar sekin, imillab,
Biroq bahor kelguncha,
Yer qolar sal qimirlab.
Chunki uning bag’rida
Nafas olar binafsha.
Hademay qish qa’ridan
Chiqib qolar binafsha.
Boychechak sheri.
Kun ketidan kun o’tar,
Tun ketidan tun o’tar.
Keldimi deb gulbahor,
Hamma yo’lga ko’z tutar.
Yumshoq yerdan yumilib,
Tong nuriga cho’milib.
Kulib chiqar boychechak,
Olqishlarga ko’milib.
Ochildimi boychechak,
Endi har yon gul,demak,
Chunki bahor elchisi-
Shu mitti gul- boychechak.
Sog’indingmi bahorni – Bahor haqida sherlar
Oʼtdi qishning sovugʼi,
Goxi qizgʼonib qorni.
Oʼyga tolib tun chogʼi,
Sogʼindingmi baxorni?
Gullarning sarasini,
Qushlarning sayrashini,
Koʼngillar yayrashini,
Sogʼindingmi baxorni?!
Sabo chertsa dil toring,
Iliq, nurli naxoring.
Qaldirgʼochlar izxorin
Sogʼindingmi baxorni?!
Tunda tushib qirq malak,
Pishiradi sumalak.
Kimlar yetolmay xalak.
Sogʼindingmi baxorni?!
Sirli yomgʼir shivirin,
Kamalak rangin sirin.
Eslagin birin-birin.
Sogʼindingmi baxorni?!
Varrak uchgan osmonda,
Oʼrik gullagan onda.
Dil yayrab xayajonda.
Sogʼindingmi baxorni?!
Qir-u adirlarga boq.
Ochilganda qizgʼaldoq.
Shirin entikib shu choq.
Sogʼindingmi baxorni?!
Bahor keldi seni so’roqlab…
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…
Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.
Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,
Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekindi nari.
Seni izlar ekan, bo‘lib shabboda,
Sen yurgan bog,larni qidirib chiqdi.
Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini,
Yashil yaproqlarni qidirib chiqdi.
O‘pmay, sabri tugab bo‘ron bo‘ldi-yu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog‘laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog‘ning toshini.
Qirlarga ilk chiqqan qo‘ychivonlardan
Qayda shoir, deya ayladi so‘roq.
Barida sukunat, ma’yuslik ko‘rib,
Horib-charchab keldi, toqatlari toq…
So‘ngra jilo bo‘lib kirdi yotog‘imga,
Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan.
Singib yosh kuydirgan za’far yonog‘imga
Sekin xabar berdi menga o‘zidan.
Lekin yotog‘imda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana yel bo‘ldi-yu, kezib sarsari,
Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib:
“Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan?
“Baxtim bormi deya, yakkash so‘roqlab”
Meni she’rga o‘rab, suqlanib boqqan?
O‘rik gullariga to‘nmaydi nega,
Elda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho‘x nashidaga
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?
Qanday ishqqa to‘lib boqardi tongga,
Kamol toptirardi keng xayolimni.
Uning rangdor, jozib qo‘shig‘ida
Mudom ko‘rar edim o‘z jamolimni.
Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko‘klamda sen parishonhol?”
Qanday javob aytay, loldir tillarim,
Baridan tutdim-u, keldim qoshingga.
U ham g‘aming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.
Alamda tutoqib daraxtga ko‘chdi,
Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g‘unchasini etdi chok-chok.
Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq.
Bu qo‘shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq.
Bahorga burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo‘shqin, zabardast.
O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.
Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam.
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!
Bahor guli – Bahor haqida sherlar
Bilib qo’ying suyganimni,
Yor ishqida kuyganimni.
O’ylab bag’rim tilganimni,
Sevgan yorim Bahor guli.
Erta bahor uni ko’rdim,
Bir ko’rdimu uni sevdim.
Bir tuyg’uni qalbga tuydim,
Sevgan jonim Bahor guli.
Har bahorni intiq kutdim,
Bahor gulni ko’rgach kuldim.
Kuz kelmasin deya yurdim,
Sevgan gulim Bahor guli.
Kuz kelganga bahor ketdi,
Nega bahor tashlab ketdi?
Qish yuragim ezib ketdi,
Kuygan gulim Bahor guli.
Navro’zim sheri – Bahor haqida sherlar
Bog’lar-daraxtlarniki,
Tog’lar-lolalarniki.
Kim nima desa-desin,
Bayram-bolalarniki,
Bayram-bolalarniki.
Bog’ bahorsiz qolmasin,
To’kmasin tog’ lolasin.
O’zbekiston bag’rida,
Navro’zlar omon bo’lsin,
Navro’zlar omon bo’lsin.
Navro’z, navro’z, navro’zim,
Sen mening ko’rar ko’zim,
Sen mening aytar so’zim,
Sen mening yorug’ yuzim.
Navro’z haqida sherlar.
Dimoqqa yalpizlar nafasi urar,
Yurakda muattar chechaklar kular,
Bir suluv kelinchak salomga kelar
Ostonaga bosh ur, aziz mehmonim!
Navro’zing muborak, O’zbekistonim!
Navroʻzi Olam bayrami muborak bo’lsin,
Butun Jahon go’zalligu iforga to’lsin.
Barq urib ochilsin gullar, tikonlar so’lsin,
Bug’doy undirib onalar sumalak solsin.
Ko’kka yetkazdi Olloh, shukurlar bo’lsin,
Dasturxonlar nozu ne’matga to’lsin,
Do’stu yor yashnasin, g’animlar so’lsin,
Har bir qalbga Yaratgan mehrlar solsin.
Ijtimoiy tarmoqlardan olindi.





















R