Kuz fasli haqida sherlar bolalar uchun

Kuz fasli haqida sherlar bolalar uchun.

Kuz fasli haqida sherlar bolalar uchun.

Kuz fasli – oltin barglari, mevalarga to‘la bog‘lari, samimiy shamollari bilan qalblarga iliqlik bag‘ishlaydi. Bu fasl tabiatni o‘ziga xos ranglarga bo‘yab, bolalar uchun quvonchli o‘yinlar, shodiyona lahzalar olib keladi. Har bir qulagan barg go‘yo tabiatning chiroyli she’riyatidan bir satrday. Endi esa kuz fasliga bag‘ishlangan bolalar uchun qiziqarli she’rlarni taqdim etamiz.

Oltin kuz.

Ko‘z-ko‘z qilib bor bisotini,
O‘lkamizga kuz fasli keldi.
Ona yerning saxovatini
Ko‘rib, qalbim quvonchga to‘ldi.

Kuzning qaynoq nafasi dastlab
Dalalarda, bog‘da sezilar.
Tolning sarg‘ish yaproqchalari
Bandlaridan chirt-chirt uzilar.

Egilibdi anor shoxlari
Ko‘tarolmay o‘z hosilini.
Uchratasiz ko‘rkam bog‘larda
Mevalarning eng asilini.

Paxtazorlar oppoq libosda
Qamashtirar boqsam ko‘zimni.
Qo‘shiq qilib kuylayman bugun
Ona yurtim oltin kuzini.

Xulq haqida tushuncha. Bizning xulqimiz insho

Yo’qotish.

Daraxtlar barglari sargʼayar birdan.
Ularga bahona kuzning quyoshi,
Unib chiqsa hamki ildizi yerdan,
Kuz kelib yoʼqoldi uning sirdoshi.

Sirdoshdan ayrilsa koʼpayadi gʼam,
Shodlikni oʼrnini bosar mahzunlik,
Har qanday janzotni yengarkan alam.
Sodiq oshnasidan boʼlsa mahrumlik…

Kech kuz.

Tilla bandli yaproqlar
Dov-daraxt-la xushlashar.
Bargixazon fasl bu-
Kuz qish bilan duchlashar.
Yuklaridan bo’shanib,
Yastangandir dalalar.
Quchog’ida yayraydi
Qirmiz yuzli bolalar.

Yana xazonrezgilik.

Yana xazonrezgilik,
Bog’lar rangi siniqdi.
Dilda hokim ezgulik,
Anhorda suv tiniqdi.

Oq yaktakli qayinlar,
Taqdi yana zar baldoq.
Qushlarga gap tayinlab,
Chag’-chag’laydi zarg’aldoq.

Ufq orti lolagun,
Daraxtlardan rang olar.
Xayrlashib kuz bugun,
Sochar oltin tanghalar.

Kuz fasli haqida sherlar bolalar uchun.

Tog’da dalada,
Ushbu pallada
Ish qizur hanus,
Qaysi fasil bu? Kuz!

Bulut osmonda,
Hosil xirmonda.
Ko’rsatmoqda yuz,
Qaysi fasil bu?

Dam olish daqiqasi uchun she’rlar