Mundarija
Ustoz haqida sherlar bolalar uchun.
Har bir inson hayotida eng aziz insonlardan biri bu — ustozdir. Ustoz bizga nafaqat bilim beradi, balki mehr, sabr va odobni ham o‘rgatadi. Bolalar uchun esa ustoz — bilim olamiga ochilgan eshik, orzular sari yetaklovchi yo‘lchi yulduzdir.
Quyida siz uchun ustoz haqida eng chiroyli, bolalarning qalbiga yaqin she’rlarni taqdim etamiz.
1-oktabr O’qituvchi va murabbiylar kuniga tadbir ssenariysi
Birinchi ustoz haqida sher.
Qalam tutib qo’limga ilk bor,
Yozuv chizuv o’rgatgan Ustoz!
Eslagaymiz biz sizni ko’p bor,
Ta’lim bergan birinchi Ustoz!
Bexuda ketmadi qilgan mehnatlar,
Siz uchun yaralsin bari roxatlar.
O’quvchimas sizga go’yo farzandlar,
Jon fido aylagan birinchi Ustoz!
Bizni yetaklagan kamolot sari,
Bilim berganida ketmagin nari.
Aylanar haqiqat bularning bari,
Bilimlar chashmasi birinchi Ustoz!
Ko’p ozorlar bersak ham sizga,
Barcha bilganlariz o’rgatdiz bizga.
Bolada sho’xliklar qiladi menga,
Deb yana boshimiz silagan Ustoz!
Hanuz sog’inaman yoshlik chog’larim,
Deysiz bular mening óquvchim.
Ko’chada ko’rganda o’g’il,qizlarim,
Qayta o’qisaydim birinchi Ustoz!
Bahorlar qaytadi yoshlik qaytmaydi,
O’tgan bolaligim yoddan chiqmaydi.
Beg’ubor damlarim kutub tursaydi,
A’lo baholarni olardim Ustoz!
Shamshod Safar o’tdi yoshliging,
Ko’p beg’ubor ko’p sho’xliging.
Armon bo’ldi aziz maktabing,
Siz ardoqda birinchi Ustoz!
1-oktabr ustozlarga atab she’r.
Ustozlar koʻzida nur
Porlab bizni kutadi.
Oʻquvchilar mehrini
Gulga qoʻshib tutadi.
Aziz buyuk ustozim.
Qalblarida mehrdir,
So’zlarida sehrdir
Ko’zlari to’la quvonch,
Aziz buyuk ustozim.
Bolalarni sevasiz,
Bizga ta’lim berasiz,
Sabr qanoatlisiz
Mehri daryo ustozim.
Dasta-dasta gul tutsam,
Arzimas bu bilimga,
Barcha ezgulik sizga
Aziz buyuk ustozim.
Aziz muallim.
Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.
Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.
Ustoz haqida sher.
Ustozlar Siz bergan odob yashar,
Ruhiyatda, tanda ham.
Siz bizlarga o‘rnaksiz,
Hayot degan fanda ham.
Siz shu qadar fidoyi,
Siz bunchalar jonkuyar.
Shu tufayli, Ustoz, deb
El ardoqlar, el suyar.
O‘z kasbiga sodiqlik
Hayotingiz shiori.
Siz bor – kuchga to‘lgaydur
Ko‘hna O‘zbek diyori.
Ilmingiz ziyosidan
Qalb ko‘zimiz qamashar.
Sizga e’zoz yarashsa,
Bizga xizmat yarashar.
Qo‘lga qalam tutqazib,
Dilga surur solgansiz.
Sho‘xlik qilsak ba’zida
Kuyungansiz, tolgansiz.
“Ustoz – otangdan ulug‘!”
Topib aytilgan so‘z bu.
Siz Vatan kelajagin
Namoyon etar ko‘zgu!
Siz aytganday hur Vatan
Zukko yoshlarga to‘lsin!
Jon mehribon Ustozlar,
Bayram muborak bolsin.
Ustozga ta’zim she’ri.
O‘g‘lim, qizim deya birdek suyasiz,
Halovatdan bizni ustun qo‘yasiz.
Ko‘nglingiz tongday oq, daryoyi azim,
Jonkuyar ustozlar, sizga ming ta’zim.
Birimiz yetakchi, yana safboshi,
Kundalikni bezar a’lo baholar.
Alifbodan boshlanar umr yo‘llari,
Sizga asl shogird buyuk daholar.
Ustozim.
Mehringiz jo’shqin daryo,
Ummonga o’xshar go’yo.
Ravon etdingiz yo’lim,
Ochdim duoga qo’lim!
Doim kulib yuring siz,
Otamdek g’amxo’rim siz.
Volidamdek muqaddas
Azizu mo’tabarsiz.
Saboq berib beminnat
Umid berdingiz har vaqt
Ravzai-jannat poyingiz
Aslo tark etmasin baxt.
Yigit va qiz ta’zim etdik,
Yoshlik she’rini bitdik!
Olg’a qadamlar bosdik!!!
Ustoz bolalar uchun she’rlar.
Shirin so’zdan, nurli yuzdan yorug’ yo’llar,
Chin mehrdan, muruvvatdan obod cho’llar.
Shu zotlarni, shogirtlarin ko’kka yo’llar,
Loyiq ular qancha hurmat-e’zozlarga,
Boshlar egib, ta’zim aylang ustozlarga!
Ustoz haqida 4 qator she’r.
Dedilar: dunyoda asli kim aziz?
Aytdilar: ustozdir, ustoz begumon.
Tag’in aytdilarki: aziz shubhasiz
Ustoz qadriga yetolgan inson.
Ustozim.
Ustozim bor mehribon,
Boshimizga soyabon.
O’zi juda talabchan,
Bo’lsin doim sog’-omon.
Ustozim yuzga kirsin,
Davru-davronlar sursin.
Hassaga suyanmasin,
Bizga suyanib yursin.
Ustozlar haqida sher.
Ustozlarim farishtasiz.
Xar ishda sarishtasiz.
Dunyolarni o’rgatiz.
Doimo har ishdasiz.
Ustozlarim ustozlar.
Nur yog’ar yuzingizdan.
Ustozlarim ustozlar.
Bol tomar so’zingizdan.
Siz tomonga chopamiz.
Bag’ringizga olasiz.
Iliq edi mehringiz.
Shirin shirin so’zingiz.
Sizga ta’zim qilaylik.
Izingizdan yuraylik.
Bilim berdingiz bizga .
Ishonchingiz oqlaymiz.
Ustozlarim ustozlar.
Doimo omon bo’ling.
Ustozlarim ustozlar .
Bahtimizga sog’ bo’ling.




















