Bolalar uchun qisqa sherlar to’plamini topishingiz mumkin. Vatan, O’zbekiston, Ona, Ustozlar, fasllar haqida, bayram uchun sherlar bolalar uchun.
Mundarija
Bolalar uchun qisqa sherlar.
Vatanim O’zbekiston!
Yurtboshimdir mehribon.
Mustaqil bolalarmiz,
Yurt gulu lolalarimiz.
Meni sevgan elimsan
Iftixor, g’ururimsan!
O’zbekiston bu bo’ston,
Bo’ston hamda guliston.
Yashnar O’zbekistonim,
Ona yurt jon jahonim.
Tug’ilib o’sgan joyim,
O’zbekiston Turonim!
Maktab haqida sher.
Yetti yoshga toʻldim men,
Maktab sari keldim men.
Salom maktab, jon maktab,
Quchog‘ingga ol, maktab.
Ozim yaxshi bolaman,
Eng a’lochi boʻlaman,
Ona Vatan dilbandi,
Istiqlol farzandiman.
Erkalik va sho‘xlikni
Tashlab keldim bog‘chaga.
Barcha o‘yinchog‘imni
Terib qoʻydim tokchaga.
Odob va tarbiyani
Oldim ota onamdan
Endi bilim koniga
Yuray shu ostonadan
Faqat «besh» baho bilan
Daftarimni toldiray,
Hur, goʻzal diyorimga
Munosib farzand boʻlay.
Onajonim qo’llari sher.
Tandir to‘la nonlarning
Pishmoq sirin o‘ylayman.
Non yopilgan tandirga
Shoshilmasdan bo‘ylayman.
Biram issiq — gumbaz cho‘g‘
Kuydirgudek yuzimni.
Darrov ortga qaytaman,
To‘sgancha qosh-ko‘zimni.
Onajonim qo‘llari
Nonni uzar saralab,
So‘ngra yupqa suv separ
Savat uzra sevalab…
Kuz fasli haqida sherlar bolalar uchun
Ona haqida bolalar uchun sherlar.
Onam ishdan keladi,
Yana ovqat qiladi.
Kirimizni yuvadi,
Uydan changni quvadi.
Men bir chetda turaymi?
Yoini chapga buraymi?
Onam oshga urinsa,
Sabzi to’g’rab turaman.
Yuvgan kiri qurisa,
Darrov dazmol uraman.
Onam ishga ketganda,
Polimizni artaman.
Onamni shod qilaman
Kunda necha marta man.
O’zbekiston sher.
O‘zbekiston — Nurli bo‘ston,
Noming sening — tilda doston.
Jahon ichra yagonasan,
Xalqing ulug‘, mardonasan.
Senga hurlik omon keldi,
Eling kutgan zamon keldi.
Sensan mening baxt-iqbolim,
Bo‘lsin mangu istiqbolim.
Qora Mushukcha.
Oyi, qora mushukchaga
Popuk taqib qo‘yaylik.
Oyi, qora mushukchani
Oppoq rangga bo‘yaylik.
Shunda qora mushukchani
Quvmas daydi bolalar.
“Falokatning belgisi” deb
Atamaydi xolalar.
Hamma uni ko‘rgan oni
Deydi: “Buncha chiroylik!”
Oyi, qora mushukchani
Oppoq rangga bo‘yaylik.
Bahor haqida sher.
Unga belandi dunyo,
Qor yoqqanda bo’ralab.
Olam uxlaydi go’yo,
Oq choponga o’ralib.
Go’zal bahor kelganda
Qishning ko’rpasin otdi.
Uyqudagi olamni
Kulib-kulib uyg’otdi.
Bahor keldi sheri.
Bahor keldi, uyg’otib
Dillar zavq-shavqin.
Anhorlarda toshib suv,
Soladi shovqin.
Yerdan ko’m-ko’k maysalar
Ko’tarmoqda bosh.
Dehqon kezar dalada
Chiqmasdan quyosh.
Har qadamda o’zgarish —
Bir yangilik bor,
Vatan bo’ylab kezmoqda
Sevimli bahor.
Boychechagim bolalar uchun sherlar.
Boychechagim, boychechak,
Kulib chiqqan oychechak.
Bahorda qir-dalamga,
Qo‘shasan chiroy chechak.
Husning emas bir onlik,
0 ‘zing ezgu — omonlik.
Har kim ko‘ziga surtar,
Ko‘rmaylik deb yomonlik.
Tun-kun nuiga intilding,
Qish qahrin tashlab kelding.
Dillarda qadring baland,
Bahomi boshlab kelding.
Boychechak 4 qator sher.
Bugun bolalarning shodligi toshqin
Yerni turtib chiqmish tongda boychechak.
Tabassumdan moviy osmonda to’lqin,
Olamga yuz tutgan nafis boychechak
Bahor oqshomlari sheri.
Bu dam shahar shirin uyquda,
Erkin-erkin oladi nafas.
Nafas olar gullar osuda,
Na bor shovqin, na begona sas.
Faqatgina shu ma’sum tongda
Yulduzlarga izhor aylab roz,
Jaranglaydi sening haqingda
Yuragimga yaratilgan soz.
8-mart bayramingiz bo’lsin muborak.
Qalblardagi chiroyli tilak
Savoblardan beradi darak
Sizga izhor aylayin istak
8-mart bayramingiz bo’lsin muborak.
Opamga tabrik sher.
Onamdek mehribon munisa opam.
Yoshligim eslayman sizni har ko’rsam.
Sizdek vafodormas, menga soyam ham.
Muborak bo’lsin sizga ham bayram.
Onajon tabrik sheri.
Eng go’zal insonsiz xayotimdagi,
O’zgani «go’zalim» deganim yolg’on.
Yagona Malikam saroyimdagi
Bayramingiz bilan onajon.
Siz mehribonim.
Siz mening quyoshim,
Mehribon onam.
Siz bilan munavvar,
Hovli-yu xonam.
Munisim, mo’tabar,
G’amxo’rim onam.
Manglayim to’rida,
Boshda parvonam.
Bahordan bahorlar
Yaratgan aziz.
Hikmatli murabbiy,
So’zlari laziz.
Kitob o’qigan bola.
O‘rganar avval odob
Kitob o‘qigan bola.
Yuzi bo‘ladi oftob
Kitob o‘qigan bola.
Hurmat qilar kattani,
Kichiklar jon-u tani,
Bajaradi va’dani —
Kitob o‘qigan bola.
Suhbati xo‘p serma’no,
Yurish-turishi a’lo.
Olar faqat “besh” baho
Kitob o‘qigan bola.
Olma bolalarga qisqa sherlar.
Men sizlarning olmangiz,
Xomligimda olmangiz.
Nortojiga o’xshab so’ng,
Voy, qornim, deb qolmangiz!
Mustaqillik yashasin sheri.
Gul – chaman o’ng so’limda,
Quyosh porlar yo’limda,
Ixtiyorim qo’limda,
Mustaqillik yashasin!
Kuylasam sho’x ovozim,
Jaranglab ketar sozim,
Xush kuz, baxor yozim,
Mustaqillik yashasin !
Men dovyurak, marddirman,
Elda fidoiy sherman,
Jahonga tinchlik derman,
Mustaqillik yashasin!!!
Mustaqillik baxtimiz.
Diyorimda tantana,
Bayram bo’lar barchaga.
Do’stlarimiz qo’shiling,
Bizning katta davraga!
Mustaqillik bayrami,
Yurtimizning g’ururi.
Qalblarimiz shod bo’lar,
Yurtimiz obod bo’lar.
Jonajonim, Vatanim,
Senga bayram muborak.
Chuqur ta’zim aylaymiz,
Sengadir ezgu tilak!
Dunyoni beringlar bolajonlarga.
Kuzlarda ochilgan lolajonlarga
Loladan ham mahzun bolajonlarga
Kulgusi yig’iga ulanmasin hech
Dunyoni beringlar bolajonlarga
Uchala qiz.
Uchala qiz chiqdi ariq bo’yiga, bo’yiga
Biri rayhon, biri sunbul, biri gul.
Biri rayhon, biri sunbul, biri gul.
Eng kattasi chakkasiga gul taqqan, gul taqqan.
Biri rayhon, biri sunbul, biri gul.
Biri rayhon, biri sunbul, biri gul.
O’rtanchasi aslo qiyo boqmaydi, boqmaydi
Biri rayhon, biri sunbul, biri gul.
Biri rayhon, biri sunbul, biri gul.
Eng kichigi endi to’ldi oltiga, oltiga
Biri rayhon, biri sunbul, biri gul.
Biri rayhon, biri sunbul, biri gul.
Dadajon qisqa sher.
Dadamning kuchlari ko’p,
Ular hammadan dono,
Dadamga men deyman «ho’p»,
Gap qaytarmayman aslo.
Buvijonim.
Biznikiga mehmonga
Buvijonim keldilar.
Menga juda-juda ko’p
Sovg’a olib keldilar.
Rahmat sizga buvijon,
Sizni yaxshi ko’raman.
Sizni qattiq quchoqlab,
Birga mazza qilaman.
Navro’zim.
Bog’lar-daraxtlarniki,
Tog’lar-lolalarniki.
Kim nima desa-desin,
Bayram-bolalarniki,
Bayram-bolalarniki.
Bog’ bahorsiz qolmasin,
To’kmasin tog’ lolasin.
O’zbekiston bag’rida,
Navro’zlar omon bo’lsin,
Navro’zlar omon bo’lsin.
Navro’z, navro’z, navro’zim,
Sen mening ko’rar ko’zim,
Sen mening aytar so’zim,
Sen mening yorug’ yu
Ota – ona haqida.
Ota-ona — ikki so‘z,
Biri qosh-u biri ko‘z.
Bir-biridan qimmatli,
Mehri daryo himmatli.
Ular o‘zin o‘ylamas,
Farzandi sog‘ bo‘lsa, bas.
Goh yiqilib, tursa ham,
Gohi yig‘lab, kulsa ham,
Hammasiga chidarlar,
Bular – qo‘sha chinorlar.
Raqamlar tillashganda.
Uchta zarur savolga
Bayon qildim javobim.
Burro-burro gapirdim,
Oxir, bo‘lmadi tobim.
Javob biroz mo‘rt bo‘ldi,
Ammo menga … bo‘ldi
O‘qimasam kitobni,
Ishlamasam hisobni,
Dakki berdi ustozim:
Nima bo‘ldi, deb, Kozim?!
Mehnat qilmabsan chakki,
Mana senga bir…
Javoblarim ustozim
Diqqat bilan alqidi.
Aniq, ravon gapimdan
Mag‘rurligim alqidi.
Anglab fikrim, esh dedi,
Senga qo‘ydim … dedi.
O‘rtoqlarim oldida,
Tutilib berdim javob.
Ustozim qoniqmadi,
Eh, afsus, dedi Vahob.
O‘qimabman, javob puch,
Bazo‘r oldim baho …
Qora qoshli qizaloq,
Qirlarda o‘sar o‘rtoq.
To‘kilar qo‘ling tegsa,
Topaqol, topqir bo‘lsang.
Bahordan berib darak,
Qor ostidan jilmayar.
Boshin egib kelindek
Uyalgancha iymanar.
Ustozlar haqida.
Siz bergan odob yashar,
Ruhiyatda, tanda ham.
Barchamizga o‘rnaksiz,
Hayot degan fanda ham.
Siz shu qadar fidoyi,
Siz bunchalar jonkuyar.
Shu tufayli Ustoz deb –
El ardoqlar, el suyar.
O‘z kasbiga sodiqlik –
Hayotingiz shiori.
Siz bor – kuchga to‘lgaydur
Ko‘hna O‘zbek diyori.
Ilmingiz ziyosidan –
Qalb ko‘zimiz qamashar.
Bizga munosib xizmat,
Sizga e’zoz yarashar.
Qo‘lga qalam tutqazib,
Dilga surur solgansiz.
Sho‘xlik qilsak ba‘zida
Kuyingansiz, tolgansiz.
“Ustoz – otangdan ulug‘!”
Topib aytilgan so‘z bu.
Siz Vatan kelajagin –
Namoyon etar ko‘zgu!
Siz aytganday, hur Vatan –
Zukko yoshlarga to‘lsin!
Jon, mehribon Ustozlar,
Bayram muborak bo‘lsin!
Svetafor sheri.
Men agarda yonsam qizil,
Yo‘lda aslo qilmang hazil.
Taqqa to‘xtang shosha ko‘rmang
Joyingizda aslo jilmang.
Sqriq ko‘zim chaqnaganda,
Hushyor bo‘ling o‘sha onda.
Qolmangiz deb mahtal bo‘lib,
Yashil ko‘zim chaqnar kulib.
O‘tavering yo‘l keng ochiq,
Turay sizga shu‘la sochib.
Porloq bo‘lsin yo‘llaringiz,
Nurga to‘sin dillaringiz.
Yoz fasli.
Havolarni qizdirib,
Bog‘da meva pishirib.
Kirib keldi qaynoq yoz,
Qani, dasturxoning yoz!
Mana sizga o‘rikning,
Erta pishar turidan.
Toshni otmay silkiting,
Shirin biri~biridan!!
Chug‘dek, qip-qizil gilos,
Ko‘zlaring qamashtirar.
Egizin quloqqa os,
Qizlar havasi kelar!
Soylarda chumilamiz,
Suzib misoli baliq.
Suv sepib, sevinamiz,
Chiqaramiz zo‘r hordiq.
Yoz fasli shunday mazza,
Hordiq chiqarib rosa.
Yangi o‘quv yiliga,
Ko‘ch to‘plashimiz soz-da!
Yoz.
Ko’kning ko’ngli ochilib
Ko’z yoshi tinib qoldi.
Qizg’aldoqning qirmizi
Kosasi sinib qoldi.
Endi quyosh barchani
Bir mehrda suyadi.
Yalangoyoq yursang gar,
Oyoqlaring kuyadi.
Shippagi yo’q shamol-chi,
Darrov yo’lin topadi:
Oyog’in qoiga olib
Tutqich bermay chopadi.
HUQUQIMIZ BILAMIZ, BURCHIMIZ HAM YODDA BOR …
Huquqimiz bilamiz,
Burchimiz ham yodda bor.
Bosh qomusda burchingni
Bajar, degan modda bor.
Ota-onangga hurmat,
Qonunlarga itoat,
Ona yurtga sadoqat,
Hammamizga burch, odat.
Bola va ertak.
Qor, izgʼirin tashqari,
Guvillab yonar pechka.
Quyosh botib gʼarb sari,
Vaqt borib qolgan kechga.
Choʼpchak aytar bolaga,
Kampir pechka oldida.
Bir payt bola koʼziga,
Uyqu kelib qoldi-da,
Buvisi koʼtardi-da,
Koʼrpasiga oʼradi.
Аlbatta u tushida,
Ertaklarni koʼradi.
Ertak yolgʼon boʼlsa xam,
Berilib eshitarlar,
Bolalar ulgʼaysa xam,
Uni qoʼmsab yasharlar!
Koptok va oyna.
Bolakay koptok tepib,
Oʼyinga xoʼp berildi.
Bir payt koptogi uchib,
Derazaga urildi.
Sinibdi chil-chil boʼlib,
Derazaning bir koʼzi.
Bolajon qattiq qoʼrqib,
Oqarib ketdi yuzi.
Bunday ish uchun chindan,
Jazo berishar «boplab».
Bolakay choʼchib shundan,
Qoldi juftakni rostlab.
Xar narsaga aslida,
Berib boʼlmas doim chap.
Shuning uchun baʼzida,
Bir kesing, yetti oʼlchab!
Bobojon sheri.
Siz yodimizdasiz, siz yuraklarda,
Siz yoddan chiqmaysiz, abadiy dilda,
Har bir yosh qarining qalbi to’rida,
Qahramonlik ko’rsatgan Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
Bobomga tabrik.
Tabriklashga keldim men
Bugun sizni bobojon.
Baxtimizga doimo
Omon bo’ling har qachon.
Dunyodagi eng yaxshi
Qadrdonimsiz mening
Mehribonim, deydigan
Mehribonim siz mening.
Bobojonim, men sizni
Sog’inaman judayam.
Ko’rib kelaylik, desam
Olib kelmaydi ayam.
Tez-tez kelib turaman
Katta bo’lay men hali.
Hozircha siz o’zingiz
Borib turing ko’rgali.
Oltin kuz.
Havolar aynib qoldi
Qushlar yo’l tobin oldi
Yaproqlarchi sarg’aygan
Oltin kuz kelib qoldi.
Anor ,uzum uzaylik
Qish g’amini yegaylik
Yomg’ir yog’ib qolmasin
Oq oltinni yig’aylik
Yulduzlar.
Oftob o‘chib, ketdi kunduz.
Ko‘kka ko‘chib, chiqdi yulduz.
Nurin tarab keng osmonga.
Yulduz qarab men tomonga
Qiqir-qiqir etib kular,
Men-la suhbat qurmoq bo‘lar.
– Kel, yulduzjon, gaplashamiz,
Bo‘lib shodon kuylashamiz:
– Osmon bo‘lsin to‘la yulduz,
Uni ko‘rib quvonsin ko‘z.
O‘xshaymiz, bil, biz o‘zimiz —
Ona-zamin yulduzimiz.
Onalar-chi bizni shundan,
Yulduzim, deb, sevar dildan.
Barcha yulduz bo‘lsin omon,
Kulsin zamin, kulsin osmon!
Qovun yedik.
Men va To‘lan
Kuni bilan
Uyda yedik,
Qovun yedik.
Tilib-tilib,
Maza qilib,
Dadam yedi
Kosa qilib…
Armiyamiz mustahkam.
Armiyamiz mustahkam,
Xalqparvardir chinakam,
Yurtimizda har askar,
Jasur, mard va xaloskor.
O’zbekiston o’g’loni,
Bo’lib tinchlik posboni,
Barcha ezgu insonni,
Sharaflaydi jahonni.
Yangi yil kechasi.
Ko’nglimizning parchasi,
Yangi yilning kechasi.
Ulashilar sovg’alar,
Koptok-u qo’g’irchoqlar!
Uy to’rida turadi yashil archa,
Atrofida aylanar yosh-u barcha.
Bayramlarning ichida eng sarasi
Bu albatta yangi yilning kechasi!
Qorbobo.
Keldim ko’p yurtlar kezib,
Bog’-u tog’lardan oshdim.
O’rmon oralab yurdim,
Archani xo’p tanladim.
Eng chiroyli, eng ko’rkam,
Qarang,ulkandir biram.
Uni sizga yo’lladim,
Behad u xo’p chiroyli,
O’yinchoqlar marjonli,
Quvondi ko’rib ko’zim.
Salom archa haqida sher.
Salom archa, bugun barcha
Dildan jo’shib kuylaymiz.
Shodligimiz sig’may ko’kka,
Qish faslini qutlaymiz.
Sodiq do’st.
Alishaylik og’ayni
Senga beray qayiqni.
Sen-chi menga berasan
Huv, o’yinchoq ayiqni.
Og’aynim-chi norozi
So’zlaydi-yu kulmaydi.
«Ayiq-do’stim. Do’stlarni
Almashtirib bo’lmaydi».
Qushlar qo’shig’i.
Daryo bo‘yidan
Qo‘shiq taralur.
Voham orzusin
Eshib taralur.
Kim kuylamoqda
Muncha umidvor?
Ko‘nglim ochilar,
Hoy, ayting, kim bor?
Hech kim yo‘q ekan,
Mundoq qarasam.
Daryo betida
Titroq, qarasam.
To‘lqin bu, to‘lqin,
Kuylarkan, ana.
Qushlar qilmoqda
Ko‘kda tantana.
Qo‘shiq aytmoqda
Sofdil qushlarim.
Turfa kuylarga
To‘lmoqda bag‘rim!
Ustoz haqida sher.
Shirin so’zdan, nurli yuzdan yorug’ yo’llar,
Chin mehrdan, muruvvatdan obod cho’llar.
Shu zotlarni, shogirtlarin ko’kka yo’llar,
Loyiq ular qancha hurmat-e’zozlarga,
Boshlar egib, ta’zim aylang ustozlarga!
Iqboli buyuksan.
Avvalo raxmatdir Onaga,
So’ng esa albatta Otaga,
Bizlarni eslatmish hayotni
Unutmang hech qachon ustodni,
Sen o’zbek elining farzandi
Istiqlol yurtining dilbandi…
Vataning g’oyatda keng erur,
Barchaga barobar teng erur,
Mehnatda qotsa ham suyaging,
Hech yerga tegmasin kuraging.
Chiniqtir mayliga sen tanni
Unutma va lekin Vatanni
Bolajon, sen doim suyuksan
Bilib qo’y, iqboli buyuksan!
Paxta.
Chanoqlarda, oppoq paxta
Kulib turar, qanday baxt-a!
Erkalanib tebranadi,
Yal-yal yonib tovlanadi.
– Rahmat senga, aziz dehqon.
Uyding bizdan ulkan xirmon.
Mehnatingdan oltin bo’ldik,
Chanoqlarga lim-lim to’ldik.
Hozir yoshim oltida.
Hozir yoshim oltida,
Katta-kichik oldida
Yurishlarim bo‘lakcha,
Turishlarim bo‘lakcha.
Chunki aqlim kirgan-da,
Uyga mehmon kelganda,
Ko‘zni qilib shamg‘ilat
Olmasman hech shokolad.
Tanish-bilish odamlar,
Akam, ayam, dadamlar
Deyishar:
– Erkatoyim,
Ana shunday bo‘l doim
Katta-kichik oldida,
Axir, yoshing oltida.
Alisher Navoiy haqida sherlar.
U havoga qorishdi—mutloq
Va tuproqday singidi yerga.
Hayot otliq jonu jahoni
Olam-olam ortildi she’rda.
Ruhi qanday pokiza—ma’sum,
Bahor kabi dilafgor, mayin.
O’z-o’zingdan poklanasan Sen
Uning uchun yig’lagan sayin.
Bilki,
Mazmun—ko’ngling to’lgan payt—
Shuuringda jonlansa hayot.
Osmonda—ruh, Yerda—vujuding…
Havoda-chi…suzsa dil — bayot.
Turnalar.
Kuz keldi, o’xshagancha
Mayin, dilxush navoga.
Turnalarning «qur-quri»
Taralmoqda havoga.
Ana, ular to’planib
Ketmoq uchun janubga,
Marvarid munchoqlarday
Tizildilar bir ipga.
Qushlar issiq o’lkani
Ko’zlab yo’lga shaylanar.
Ammo dilgir, betoqat,
Davra yasab aylanar.
Men qushlarga tikilib
Ilg’ab oldim bir ma’ni:
Yurt mehri turnalarni
Qo’yvormasdi ketgani.




















