Mustaqillik dars ishlanmasi 2025 : Vatan uchun, millat uchun

Mustaqillik dars ishlanmasi 2025.

Sahifamizda Mustaqilligimizning 34-yiligi munosabati bilan «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun» nomli mustaqillik dars ishlanmasi topishingiz mumkin.

2025-2026-yil Mustaqillik dars ishlanmasi «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun» shiori ostida darslar tashkil qilinadi.

Mustaqillik darslarida o’quvchilarga xalqimizning 34-yil mobaynida erishgan yutuqlarimiz, prezidentimiz tomonidan o’tkazilgan islohotlar haqida fikr mulohalar bildiriladi.

Mustaqillik bayrami rasmlari

Boshlang’ich sinflar uchun mustaqillik dars ishlanma.

Mavzu: “Eng ulug‘, eng aziz”
Mustaqillik shiori: “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”
Darsning maqsadi:
ta’limiy maqsad-o‘quvchilarga istiqlol bu- ajdodlarimiz ko‘p yillar orzu qilgan erkinlik, hurlik
ekanligini, yurtimiz kelajagining nechog‘lik porloq bo‘lishi yosh avlodga bog‘liqligi hamda zamon bilan hamnafas yashash bugunning talabi ekanligini tushuntirish. tarbiyaviy maqsad- dunyoqarashi keng va chuqur bilimlarga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni
tarbiyalash, shukronalik hissini uyg‘otish, boy tariximizni ko‘z qorachig‘idek asrash, davlat ramzlariga hurmat, yurtga sadoqat, vatanga muhabbat, sodiqlik hissini tarbiyalash.
rivojlantiruvchi maqsad- o‘quvchilar faolligi, iqtidor va salohiyatini rivojlantirish, “O‘zbekiston—2030” strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari, “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davri va rivojlanish istiqbollari”, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning ma’no-mazmuni va ruhi mujassam etganligini o‘quvchilar ongiga singdirish. Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarda o‘zini tuta bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Darsning turi: Yangi bilim berish.
Darsning usuli: Tushuntirish, savol-javob, hikoya, suhbat.
Darsning jihozi:
Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari. O‘zbekiston Respublikasi Bayrog‘i, Davlat ramzlari. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida barpo etilgan sanoat korxonalari, shahar va qishloqlarda madaniyat, san’at va ta’lim muassasalari tasviri tushirilgan slaydlar.
Texnik jihoz: Proyektor, ekran, kompyuter.
Darsning tuzilishi:
1.Tashkiliy qism:
2.Darsning borishi:
O‘qituvchi: Bir o‘lkaki, tuprog‘ida oltin gullaydi,
Bir o‘lkaki, sal ko‘rmasa quyosh sog‘inar
Bir o‘lkaki, qishlarida shivirlar bahor…
Assalomu alaykum, qalblari hayajonga to‘la bolajonlar!
Xush kelibsiz, bilimlar koshonasi bo‘lgan maktabimizga! Barchangizni yangi o‘quv yili bilan
tabriklayman. Shuningdek, eng aziz va eng ulug‘ Mustaqillik bayrami bilan chin dildan qutlayman!
O‘qituvchi: Bolajonlar, qani aytingchi, Vatan deganda nimani tushunasiz?
– Sizning Vataningiz qayer?
– Vatan nima o‘zi?
(O‘quvchilar o‘zlarining Vatan haqidagi fikrlarini aytadi. O‘qituvchi ularning javoblarini
umumlashtiradi.)

birinchi qo’ng’iroq she’ri

O‘qituvchi: Vatan-bu kindik qonimiz to‘kilgan uyimiz, qishlog‘imiz, shahrimiz! Siz-u biz yashayotgan jonajon go‘shamiz, har bir giyoh, bir qarich tuproq. O‘zbekiston – Vatanimiz.
Jannatmakon yurtimiz O‘zbekistonning fusunkor bog‘lari, osmono‘par tog‘lari, tabiati juda go‘zal. (Respublikamiz shahar va qishloqlari hamda tog‘, bog‘, dala, va qirlarining go‘zal manzaralari tasvirlangan rasmlar kompyuter orqali namoyish etiladi.)
O‘qituvchi: Bolajonlar, o‘zingiz tasvirda ko‘rgan O‘zbekistonimizning jonajon shaharlari haqida gapirib bering.
O‘quvchilar: Toshkent, Buxoro, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Navoiy, Namangan, Farg‘ona, Jazzax, Samarqand. O‘zbekiston-hur va obod yurt.
O‘qituvchi: Aziz o‘quvchilar! Xalqimiz 1991-yil 1-sentabrda mustaqillikka erishganligini birinchi bor bayram qildi. Mustaqilligimizga ham 34 yil to‘ldi.

Mustaqillik bayrami tadbir ssenariysi

5-11-sinf mustaqillik dars ishlanma.

Mavzu: Vatan uchun,Millat uchun,Xalq uchun.

Ta’limiy maqsad: “Har bir kun – bu imkoniyat, har bir kun – bu kelajak uchun poydevor” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyati haqida o‘quvchilarga tushuncha berish, O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi va keyingi yillar ichida erishgan yutuqlar. Davlat ramzlari bilan tanishtirish. O‘quvchilarning bilim olishlari uchun davlat tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar, Prezident maktablari haqida tushuncha berish.

Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilar qalbiga Vatanni jonidan ortiq sevish tuyg‘usini jo qilish, ularning ota-bobolaridan el-yurtini qadrlash fazilatini o‘rganishga odatlantirish ona-Vatanga munosib o‘g‘il -qiz qilib tarbiyalash. Vatan ravnaqiga munosub hissa qo‘shgan sharafli kasb egalariga nisbatan yosh qalblarda havas uyg‘otish.

Rivojlantiruvchi maqsad- o‘quvchilar faolligi, iqtidor va salohiyatini rivojlantirish, 2023 yil —Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili, shuningdek, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” “O‘zbekiston—2030” strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari va “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir!” tamoyilini ro‘yobga chiqarish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarni keng targ‘ib etish kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning ma’no-mazmuni va ruhi mujassam etganligini o‘quvchilar ongiga singdirish. Tayanch kompetensiya elementlari:

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: kompyuter televizor, multimedialar, videoroliklar. O‘z- o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi: O‘quvchilar o‘zini va o‘zligini anglashga o‘rgatish, kelajakda amajga oshiriladigan ishlarni maqsadli ravishda amalga oshirish. Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash, mustaqillik asoschilarini o‘rganish va ularning amalga oshirgan ishlaridan o‘rnak olish, kelajak avlodlarga yetkazish.

Dars turi: aralash Dars metodi: “Asisment” texnologiyasi, “Tarmoqlash” metodi, “Teskari test“ metodi,

Darsning jihozi: didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, rasmlar, yurtimiz tarixi, mustaqillik yillarda erishgan muvaffaqiyatlarni aks ettiruvchi foto albomlar, bukletlar, fan, madaniyat va sport sohasida dunyoga tanilgan yurtdoshlarimizni, ya’ni O‘zbekiston iftixorlarini va tarixiy shaxslarni rasmlari.

Darsning borishi:.
1. Tashkiliy qism
2. Vatan qasidasi
a) Vatan deganda nimani tushunasiz?
(She’rlar, maqollar, hikmatli so‘zlar)
Vatan! Mening onam, mening tuprog‘im,
Vatan! Mening jonim, mening qo‘rg‘onim.
Sen mening hayotim, mening gulzorim,
Seni jonim qadar sevaman, Vatan!
b) Guruhlarda ishlash.
1. Yoshlar guruhi.
2. Nihol guruhi.
3. Kelajak ovozi.
Savol va javob
1. “Yoshlar” guruhi
¤ O‘zbekiston qachon mustaqillikka erishgan?
¤ Davlatimiz siz bolajonlarga qanday g‘amho‘rlik qilmoqda?

2. “Nihol” guruhi.
¤ Gerb qachon tasdiqlangan?
¤ O‘zbekiston bayramlarini sanab bering.
3. “Kelajak ovozi” guruhi.

¤ O‘zbekistonda yashab ijod etgan buyuk siymolar haqida so‘zlab bering.

Vatan mening tasavvurimda

Vatan mening tasavvurimda mavzusida qisqacha matn tuzadilar:

Masalan:
Vatan. Bu so‘zni eshitganda yoki aytganimda ko‘z oldimda bepayon dala, go‘zal tabiat,
uyim ostonasi, oilam, yaqinlarim, yerda o‘rmalab yurgan chumolilar, mehnatkash bobo dehqon namoyon bo‘ladi. U men uchun onamdek aziz, mo‘tabardir.

Uyga vazifa: “Vatan uchun,Millat uchun,Xalq uchun” mavzusida insho yozib

kelish.

kelajak soati dars ishlanma 2025

Mustaqillik dars ishlanma 2025.

1-4-sinf_Eng ulug, eng aziz

1-2-sinf_Mustaqillik_darsi 2025_2026_yil

3-4-sinf_Mustaqillik_darsi_2025_2026-yil

1-4-sinf_Vatan_uchun_yashaylik

5-8-sinf_Eng_ulug_eng_aziz

5-8-sinf_Vatan_uchun_yashaylik

Eng_ulug_eng_aziz_9-11-sinflar

9-11_sinf_Vatan_uchun_yashaylik

5-11-sinf_Mustaqillik darsi_2025-2026-yill

 

Vatan, O’zbekiston, Mustaqillik haqida she’rlar