Bayram uchun O’qituvchi ayollarga bayram tabrigi. Eng chiroyli tilaklar, tabrik so’zlar to’plami.
Mundarija
O’qituvchi ayollarga bayram tabrigi.
Assalomu alaykum aziz Ustozlarim, hurmatli Opalarim, mehribon Singillarim, go‘zal qizlarim! «Ayol-jamiyatning yarmi», degan gap bor. Agar oddiy ayol jamiyatning yarmi bo‘lsa, O‘qituvchi ayol jamiyatning hammasidir. Chunki siz jamiyatning hammasiga ta’lim tarbiya berasiz.
Aziz Hamkasbim!
Siz dunyodagi eng kuchli insonsiz. O‘zingizning g‘am~u tashvishlaringiz yetmaganday, o‘quvchilaringizning ham injiqligi-yu qaysar fe’liga sabr-u toqat qilasiz, shunga o‘zingizda kuch topasiz.
Siz 45 daqiqa dars ichida goh rejissyor, goh aktyor, goh olim, goh mazlum, goh shoir, goh notiq, goh prokuror, goh advokat, goh sudya, goh ota, goh ona, goh buvi, goh bobo bo‘lib sahnaga chiqadigan, o‘quvchisining fe’lini onasidan ham, otasidan ham yaxshiroq biladigan, shu sababdan xalq Otalik martabasida ko‘radigan HAZRATI INSONSIZ!
Allohga yoqqan nima jihatingiz bor ekanki,Yaratgan sizga bu dunyoda risqingizni shu kasbni orqasidan topishingizni xohlabdi.
Ilohim, niyatlaringiz amallaringizni bezasin!
Millatning bolasi uchun qilayotgan xizmat-u zahmatlaringizni Allohning o‘zi har ikki dunyoyingizda ham munosib tarzda mukofotlasin. Oila a’zolaringiz mehri, do‘stlaringiz sadoqati, shogirdlaringiz ehtiromi umr yo‘llaringizga yanada fayz olib kelsin.
Sog‘lik-salomatlik, oilaviy tinchlik va kasbiy muvaffaqiyatlar sizga hamroh bo’lsin.
Bayram tabrik she’r.
Shodlik quvonchlarga to’la barcha qalb
Bu Aziz dargohda bayramdir bugun
Bilimga erishgan Baxtimiz sabab
Biz tazim qilamiz ustozlar uchun
Maksadi ulug’vor qadami qutlug’
Zaboni shirinu kalomi qutlug’
Onadek mexribon otadek ulug’
Biz ta’zim qilamiz ustozlar uchun.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, muhtaram Ustozlar!!!
Eng chiroyli bayram tabriklariIjtimoiy tarmoqdan olindi.




















