21-mart Navro’z bayrami haqida sherlar. Bolalar uchun she’rlar to’plami. Navro’z bayrami qo’shiqlari, raqslari to’plami.
Mundarija
Navro’z bayrami haqida sherlar.
Sevinchdan koʻzimda yosh,
Oʻzgacha porlar quyosh,
Qutlar seni qari, yosh,
Xush kelibsan Navroʻzoy!
***
Navro’z ekan tabrik sizniki,
Yangi kunda kulgu sizniki,
Bu kun yana zamin bizniki,
Bayram bo’lsin sayyod bizniki!
***
Azizam baxt iqbol doim yor bo’lsin,
Yurgan yo’llaringiz gullarga to’lsin.
Omadingiz ko’rib ko’zlar quvonsin,
Navro’z ayyomingiz mubork bo’lsin.
Kelmoqda Navro’z!
Soginchlardan yasay sizga guldasta
Guldasta qilib qalbim payvasta
Olislardan turib deyman men asta
Navrözi ayyom muborak bo’lsin!
Avval yuragingga mo‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Ona bag‘ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Navro’z uchun sherlar tabriklar.
Xademay nastarin gullaydi bodrab,
Osmonga xushimni eltib ifori.
Quyoshli shudringlar tushar ertalab,
Yuvib dillardan qishning iforin.
Xademay qaldirg’och keladi qaytib,
O’rik shoxlarida bo’rtar dovuchcha.
Turnalar azaliy qo’shig’in aytib,
Sumalak pishadi tong otgunicha.
Xademay lolalar bo’sadek titrab,
Tog’lar viqoriga munis boqarlar.
Yana necha-necha oshiqlar yig’lab,
Bir-birin bag’rida gulxan yoqarlar.
Mening bir kunim ham kun deb Qish nochor,
Ketolmay qor selib turadi xanuz.
Bir kuy yaraladi, Quyosh bastakor,
Xademay Navro’z, Xademay Navro’z!
Navro’zi ayyom muborak bo’lsin!
Sog’inchlardan yasay sizga guldasta,
Guldastaga qilib qalbim payvasta.
Olislardan turib deyman men asta,
Navro’zi ayyom muborak bo’lsin!
Navro’z haqida sher.
Navro’zda ulashing ezgu tilaklar.
Axir tilak bilan, kamaymaydi so’z.
Bahor gullaridek yashnab yuraklar.
Hush kelding bahor, xush ko’rdik navro’z.
Bahor ko’rkamligi, subxidam tongi,
Beg’ubor qalbingiz hamrohi bo’lsin!
Quvonchlar tilayman yangidan yangi,
Dilingiz shodlikka, orzuga to’lsin!!!
Navro’z haqida.
Navro‘z, seni kutar keksa, yosh,
Uyg‘onadi borliq bahorda.
Sen moʻjiza, xislatga yo‘ldosh,
Suvlar toshar, daryo, anhorda.
Bejiz noming «Yangi kun» emas,
Sen qalblarga yoqasan chiroq.
Tabiat har yil yengil nafas
Olar, bo‘yab ko‘kka, ketib oq.
Seni qanday sevmay bo‘ladi,
Oftob kulib, hayot yashnasa?!
Hayajonga ko‘ngil to‘ladi,
Barcha olg‘a qadam tashlasa.
Ochiladi yangi sahifa,
Olislarga boqar o‘tkir ko‘z.
Yetar xalqim o‘z manziliga,
Sen bir mayoq bizlarga, Navro‘z!
Navro’zi olam keldilar!
Aylabon lutf-u karam,
Navro’zi olam keldilar.
O’smadan qoshi qalam,
Navro’zi olam keldilar.
Bir ajib his uyg’otib,
Irmoqlarning xonishi.
Kuylashib savtu ajam,
Navro’zi olam keldilar!
Boychechak sheri.
Kun ketidan kun o’tar,
Tun ketidan tun o’tar.
Keldimi deb gulbahor,
Hamma yo’lga ko’z tutar.
Yumshoq yerdan yumilib,
Tong nuriga cho’milib.
Kulib chiqar boychechak,
Olqishlarga ko’milib.
Ochildimi boychechak,
Endi har yon gul,demak,
Chunki bahor elchisi-
Shu mitti gul- boychechak.
Navro’z bayrami uchun qo’shiqlar.
Navro’z kelibon qo’shig’i mp3.
Yodgor Mirzajonov Navro’zginam qo’shig’i.
Bahor fasli haqida she’rlar




















