Ustozlar haqida sherlar

Sahifamiz orqali Ustoz haqida sherlar to’plamini topishingiz mimkin.

Ustozlar haqida sherlar.

Ustoz – insonning ruhiy va ma’naviy yetukligini shakllantiruvchi yuksak insondir. Ustozlarimizning o’rgatgan saboqlari bizni hayotda muvaffaqiyatga olib boradigan qimmatli manba hisoblanadi. Ustozning mehnati bizning kelajagimizni qurishda, maqsadlarimizga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir ustoz o’z bilimini bizga o’rgatishda, bizni yaxshilik va adolat sari yo’naltirishda nihoyatda ulkan ro’l o’ynaydi.

Oddiy Muallim she’ri.

Muhammad Yusuf.

Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq
Kimdir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zotga xarf o’rgatgan kim?…
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

Tuproqdek xokisor, bezovta jonlar,
Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,
Ammo Temurdayin Sohibqironlar
Pirim deb , etgain o’pgan bor.
Qaysar Jahongirda yo’l ko’rsatgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrabni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so’z o’rgatgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqilsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogrdin o’ylab yotgan kim?…
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh —
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bеbaho tilsim —
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa —
Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

Ustozlarga.

Shodlik quvonchlarga to’la barcha qalb
Bu Aziz dargoxda bayramdir bugun
Bilimga erishgan Baxtimiz sabab
Biz tazim kilamiz ustozlar uchun

Maksadi ulugvor kadami kutlug
Zaboni shirinu kalomi kutlug
Onadek mexribon otadek ulug
Biz tazim kilamiz ustozlar uchun

Ishlaydi yashnasin yerug olam deb
Vatanim gururim yurak nolam deb
Barchani birdayin suygan bolam deb
Biz tazim kilamiz ustozlar uchun

Tunu Kun zaxmatli mexnati xakki
Kalblarga singdirgan sanati xakki
Vatanga shu buyuk xizmati xakki
Biz tazim kilamiz ustozlar uchun

Olamda mutabar ustoz degan zot
Parvozga shaylagan Bergan ul kanot
Kuksi tog kalbida metindek sabot
Biz tazim kilamiz ustozlar uchun

Siz sabab duneni tanidik bizlar
Kamolga yetishdik yigitu kizlar
Dune turgunicha bor buling sizlar
Biz tazim kilamiz ustozlar uchun.

Topishmoqlar to’plami

Ustoz — otangday ulug’.

Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘,
Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘,
Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,
Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Temur bosh qo‘ydi mangu ustozining poyiga,
Ustoz o‘xshar olamning Quyoshiga, Oyiga,
Bilim nuri yog‘ilar qadam qo‘ygan joyiga,
Yo‘llar adolat, vafo, muhabbat saroyiga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Ota-ona farzandni keltiradi  dunyoga,
Ustoz esa cho‘mdirar ilmu hikmat, ziyoga,
Yerdagi bolalarni ko‘taradi samoga,
Ota-ona fanosin aylantirar baqoga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Deydilar, ustoz jabri — ota mehridan afzal,
Shogirdlarning iqboli — ustoz jabriga badal,
Navoiy demish, kasbni egallagil mukammal,
Saodatning kaliti, bilgilki, ilmu amal,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Ustoz ko‘rmaganlarning yo‘rg‘alashdir odati,
Ezgu bo‘lsin har kimning so‘zi, sa’yi, niyati,
Kam ye, kam de, kam uxla — ustozlar nasihati,
Nechog‘ buyukdur ustoz kalomining qudrati.
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Najot gulin o‘stirar Avloniy gulbog‘ida,
Haq olinur, berilmas — Behbudiy sabog‘ida,
Oqilxonning siymosi «Alifbo» varog‘ida,
Ustozlar iydin yozay qasidam adog‘ida,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq
Kimlardir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zotga xarf o’rgatgan kim?…
Odddiy muallim-da, oddiy muallim. 

Tuproqdek xokisor, bezota jonlar,
Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,
Ammo Temurdayin Sohibqironlar
Pirim deb , etgain o’pgan bor.
Qaysar joxongirga yo’l ko’rsatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim. 

Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrapni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so’z o’rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim. 

Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqilsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogirdin o’ylab yotgan kim?…
Oddiy muallim-da, oddiy muallim. 

Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bеbaho tilsim
Oddiy muallim-da, oddiy muallim. 

Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa
Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

Ustozlar haqida sherlar.

Bugun maktab ostonasin hatlab so’nggi bor
O’n bir yillik bolalikka yasaysiz yakun.
Endi xayot darsxonangiz bo’lar, maktabda
Chalinadi eng oxirgi qo’ng’iroq bu kun.
Bilmam, balki joningizga tekkan bu jarang,
Balki bezor bo’lgandirsiz darslardan xatto.
Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang,
Lekin o’tgan maktab davrin unutmang aslo!
Axir oson bo’lmagandir 11 yil kutmoq,
Bekor sarf bo’lmagandir 11 yil umr.
Oson bo’lmas ustozlarning etagin tutmoq,
Barchasining o’z gashti bor, qilingiz sabr.
Balki sizga unut bo’lgan, eslarsiz balki,
Shu dargoxga qadam qo’ygan jajji qizaloq,
Yo bolakay edingizlar, quvonchga to’lib
Kutgandinglar chalinishin ilk qo’ng’iroq.
Alifboni tanimagan sofdil qizaloq
Katta bo’lib onasiga berar maslaxat.
Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq
Bugun endi o’zimizga qilar nasixat.
11 yilda 11 mingta quvonchu-tashvish:
Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat.
Sinfdoshlik bog’i ichra ochildi do’stlik,
Kimlargadir nasib bo’ldi sof bir muxabbat.
Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini,
Vazifani ko’chirmoqqa bo’lmaydi imkon.
Kundalikka qo’yilmaydi «2» baxolar,
Biling endi, xatolarni kechirmas zamon.
Sinfdoshlar, bo’lolmaysiz endi partadosh,
Endi sirdosh bo’lolmassiz, unutmang biroq:
Do’stlaringiz bir umrga bo’lar yelkadosh,
Do’stlik uchun chalinmaydi so’nggi qo’ng’iroq.

Bolalar uchun she’rlar

Ustozday bo’lish orzuyim.

Yillar o’tib sekin-asta,
Yetti yoshga to’ldim men.
Otam qo’limdan turib,
Maktab tomon bordim men.

Ustozim meni ko’rib,
Maktabda olib qoldi.
Menga mehr ko’rsatib,
Otamdayin bo’p qoldi.

Ushlab meni qo’limdan,
O’rgatdi u harfni.
Bir, ikki, uch, to’rt deya,
O’rgatardi hisobni.

Shu zayl yillar o’tib,
Men ham ulg’ayib qoldim.
Maktabimni tamomlab,
Oliygohga yo’l oldim.

Ustozimni qilib havas,
Men ham ustoz bo’laman.
Shogirdlarga berib mehr,
Qalbidan joy olaman.

Har bir darsda men ularga,
Fan sirlarin o’rgatib.
Maktab-ulug’ dargohligin,
Qo’yaman-da ko’rsatib.

Shunda meni ham ular,
Ustoz deb chaqirishar.
Men ham ustoz bo’laman deb,
Yaxshi orzu qilishar.

Ustozlar bor bo’ling.

Xalqimizda bugun bayram.
Jonajon ustozlar kuni.
Xar bir ilm olgan odam.
Qadirlaydi ustozini.

Ex ustozlar bor böling.
Doyimo kulib yuring.
Biz yoshlarni baxtiga.
Doyimo omon böling.

Xammon yodda saqlanar.
Birinchi sinf darsliklar.
Alifboni ochib berib.
Ustoz bergan saboqlar.

Gox söylaysiz xayotdan.
Bilim berasiz kitobdan.
Saboqlariz olgan odam.
Xech qörqmaydi sinovdan.

Qancha maxtov bölsa kam.
Chunki siz bor yorug’ olam.
Ustoz körmagan odamni.
Tan olmaydi bu olam.

Bilib bilmay sizlarni.
Köp rajitib qöyamiz.
Umir ötib kech bölgaoda.
Afsus qilib yig’laymiz.

Tög’ri bazi payitlarda.
Siz xam qarab turmaysiz.
Qöl ishlatib ursangizda.
Yomon böl deb urmaysiz.

Bölsin erkak yo ayol.
Tilim berar extimol.
Ular bergan saboqdan.
Özligingni anglab ol.

Nima deb atay mualimmi.
Yoki ustoz, domlajon.
Siz siz xayot xayotmi.
Barchangizdur jonajon.

Bu dunyoda barchamiz ustoz.

Kimki bu dunyoda bo‘lib bir nihol
Quloch yozar ekan daraxt misoli,
Zahmatkash dehqonga muhtojdir alhol,
Yorqin bo‘lish uchun uning iqboli.

Zulmni yengish-chun mehr urug‘in
Sepmog‘i darkordir inson yurakka.
Bu yo‘lda hamisha hozir-u nozir,
Ma’rifat bog‘boni-ustoz ko‘makka.

Ustoz degan nomni olmoqlik uchun,
O‘qituvchi kasbin egallash shartmas.
Ustoz ko‘rmasa gar, bu olam aro
Hech kim baralla baxt qo‘shig‘in aytmas.

Navqiron o‘g‘lining iqboli uchun
Saboq bergan ota ustozdir asli.
Iboli qizini uy bekalikka
Tayyorlagan ona ustozdir asli.

O‘zlikni topmoqqa bu olam aro
Turtki bo‘lgan inson ustozdir asli.
Savob ishlar sari sarbon bo‘luvchi,
Ezgu qalbli shu jon ustozdir asli.

Insonsiz, kimgadir ustozsiz bu kun,
Shogirdlar qalbida siz doim hamroz.
Qadrdonlar, bayram muborak bo‘lsin,
Chunki siz ustozsiz, ustozsiz, ustoz.

Muallim haqida she’rlar.

Ilk bora qölimdan ohista tutib
Harflar dunyosining sirini ochgan.
Öqigan sinfimning yonida kutib
Muallimim,menga quchog’in ochgan.

Barcha erkalik va injiqliklarim
Kötarib yelkada xuddi onamdek.
Atagan bisotda bor yaxshiliklarin
Muallimim,qahri edi otamdek.

Siz aziz zot sabab,rizqim ulug’dir
Qadamim mardona,tegramda ilm.
Atrofda öquvchim-quvonch töliqdir
Muallimim,doimo minnatdor dilim.

Bugun özim ustoz,qadringiz bildim,
Bardoshning bölishin naqadar kerak.
Bergan nasihatingiz quloqqa ildim,
Muallimim,Sizgadir eng ezgu tilak.

Yurgan yölingizda unsin gulzorlar
Umrlar köringiz uzoq,sermazmun.
Körmangiz xastalik va dilozorlar,
Muallimim,chehrangiz bölmasin mahzun.

Ustozlarga atab sherlar.

Ustozlarni kop ulug’laymiz,
Otaga ham qiyosdir qadri.
Ey sinfdosh, oylab kor-chi bir
Тinglaymizmi, ustozning qalbin?!

Ustoz xuddi maktabga ziyo
Olib kirgan ochmas chiroqdir.
Bu otashga tinmay kuch bergan
Shak-shubhasiz, bilim — mayoqdir.

Ey sinfdosh, ustozlar garchi
Koyisa ham xafa bolma hech.
Bilsang faqat u seni oylar,
Тogri yolga — bilimga yollar.

Shu bois — har soniyaning ham
Qadrin bilib yashamoq kerak.
Ustozlardan kop bilim olib
Kelajakka yuz ochsin tilak.

Turli mavzudagi she’rlar

Uztozlar haqida sherlar yana>>>