Sahifamizda Sog’inch sevgi haqida sherlar to’plami.
Mundarija
Sog’inch sevgi haqida sherlar.
Sevgi — bu inson qalbining eng go‘zal, to‘liq va chuqur his-tuyg‘usi. U bizni birlashtiradi, hayotga ma’no beradi va har bir kunda bizni yangi orzular sari yetaklaydi. Sevgi nafaqat so‘zlarda, balki harakatlarda ham ifodalanadi. U, odamlar orasidagi samimiy aloqalarni, bir-birini tushunishni va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi. Sevgi — dunyoni yaxshilashga va hayotni chiroyli qilishga yordam beradigan kuchdir.
Sog’inch.
Asli yurak koʻysa ham,
Yigʻlab koʻzlarimda nam.
Garchi jondan toʻysa ham,
Ishqim emas edi kam.
Aytolmadim, tilimda,
Sevdim qalbla pinhona.
Soʻzsiz ojiz, dilimda,
Dardga toʻlgan paymona.
Muhabbat deb dil yarim,
Sargʻaygan koʻklam bogʻim.
Kechirgin oʻzing Tangrim,
Koʻksimdan ketmas dogʻim.
Pokiza ishqim armon,
Qadri ham boʻldi arzon.
Muhabbat qalbga darmon,
Qaytolmas utgan zamon!
Mehrim sizga tushib qolsa,
Goh gohida qo’msab qolsa.
Xazillashgim tutib qolsa,
Xafa bo’lmang sevdim desam.
O’z uyimda gulim bor,
Vafodor ul hurim bor.
Xazildan bir so’zim bor,
Xafa bo’lmang sevdim desam.
Chiroylisiz oydanda go’zal,
Oshiq bo’lar ko’rgan ko’zlar,
Xazillashib aytsamda gar,
Xafa bo’lmang sevdim desam.
Bahtli bo’ling siz ham mendek,
Davru davron suring hurdek.
Xazillashsam har galgidek,
Xafa bo’lmang sevdim desam.
Qo’shiq kuy navosi bilan,
Muhabbat sevgisi bilan.
Salohni hazili bilan,
Xafa bo’lmang sevdim desam.
Sevgi nima?

Sevgi nima? degan savolga,
Har kim javob berar o‘zicha.
Bazilarga u o‘yinchoq tuyg‘u,
Ayrimlar der sevgi bu-og‘u.
Xayotida sevgila yashab,
Sevgi bilan o‘lganlar qancha.
Ana shular sevgi qadriga,
Yetgandirlar oxirigacha.
Menimcha sevgi juda,
Oliy, buyuk tuyg‘udir.
Sevib qolgan odamlar,
Juda baxtli insondir.
Sevib yashash xayotda,
Eng oliy baxt dunyoda.
Sizlar xam bu tuyg‘uni,
Xurmat qiling xayotda.
Sevaman desa

«Yorim sevaman desa»
Baxtni chindan sezardim
Bor mehrimni berardim.
Keng jahonni kezardim
Yorim sevaman desa.
O‘n sakkizga to‘lardim
Ich-ichimdan kulardim.
Hammadan ko‘p suyardim
Yorim sevaman desa.
Sog’inaman- sevgi haqida sherlar.
Ko’zlaringni sog’inaman ko’zlaringni,
Sog’inaman guldan go’zal yuzlaringni.
Jonga yoqar shirin-shirin so’zlaringni,
Sog’inaman, hammasini sog’inaman!
Sochlaringga Rapuntsellar qiyos bo’ldi,
Lablaring g’arq pishgan, shirin gilos bo’ldi.
Visolingga tashnaligim qiyg’os bo’ldi,
Sog’inaman, hammasini sog’inaman!
Endigina yigirmaga to’lgan edim,
Yigirmada senga oshiq bo’lgan edim.
Shunday go’zal qomating bor, bilgan edim,
Sog’inaman, hammasini sog’inaman!
Suratingni qo’ymayapman qo’llarimdan,
Ko’rsataman, chiqib qolsang yo’llarimdan.
Ismingni hech tushirmayman tillarimdan,
Sog’inaman, hammasini sog’inaman!
Oddiygina yigitman-u, sho’hligim bor,
Ko’rib qolsam, uradigan do’qligim bor.
O’shangacha sog’inch degan ko’rgilik bor,
Sog’inaman, sen ofatni sog’inaman!
To’xtamayman.
Ko’zlarim kulib tursa,
Borlig’im bilib tursa.
Yuragim urib tursa,
Sevishdan to’htamayman.
Bu besh kunlik zamonda,
Yodga saqlab har onda.
Na qilay issiq jonda,
Sevishdan to’htamayman.
Yuzda bo’lsa kulguyim,
Bor hayajon tuyg’uyim.
Shirin shunday qayg’uyim,
Sevishdan to’htamayman.
Sevgi dedim so’z dedim,
Qancha pandlarni yedim.
Qanday sevishni bildim,
Sevishdan to’htamayman.
Yoqimli his bu juda,
Qalbda bo’lsa to’yg’uda.
Hatto tunda uyquda,
Sevishdan to’htamayman.
Yuragim urib tursa,
Ko’zlarim kulib tursa.
Mayli bilsa bilmasa,
Sevishdan to’htamayman…
Men chindan sevsang yetadi.
Umrim sen deb oʻtsa ham mayli,
Azob dardni yutsa ham mayli,
Yaxshi kunlar keladi hali,
Men chindan sevsang yetadi.
Ishonsang gar har bir soʻzimga,
Uyqu kelmas sensiz koʻzimga,
Telba qilding qara oʻzimga,
Men chindan sevsang yetadi.
Senda bordir bitta iltimos,
Eʼtiborli boʻlgin sen biroz,
Ogʻir kunda kechmagin-da voz,
Men chindan sevsang yetadi.
Malham boʻlgin dardimga davo,
Kuylarimga bergin-da navo,
Yomonlikni koʻrmagin ravo,
Men chindan sevsang yetadi.
Oʻrtamizda boʻlmasin yolgʻon,
Baxtimga sen boʻlgin-da omon,
Uzoqlashma sogʻindim yomon,
Men chindan sevsang yetadi.
Sevgilim baxtli qilmadim
Olddan oqqan suvni yo‘q ekan, qadri,
Bir yahshi go‘zalning qadrin bilmadim.
U go‘zal shunchalik meni sevardi,
Meni sevgan qizni baxtli qilmadim.
Shunday sodda edi, shunchalar sodda,
Xali aldanmagan edi, xayotda,
Vijdonim qiynalar endi azobda,
Meni sevgan qizni baxtli qilmadim.
Istadim.
Tuqnash kelib qolsak qochmagin mendan,
Senga yor bo‘lmoqlik shudir maqsadim.
Ko‘p narsa kerakmas shunchaki sendan,
Bemor yuragimga davo istadim.
Kungil uyim obod bo‘larmi deya.
Sen bilan iqbolim kularmi deya.
Rangsiz umrim ranga to‘larmi deya.
Hayotimga mazmun navo istadim.
Yolg‘izlik, sensizlik yor edi menga.
Hatto keng dunyolar tor edi menga.
Bilsang ehtiyojim bor edi senga.
O‘zimning yarmimni, havo istadim.
Charchadim hayolda qasrlar qo‘rib.
Hech kimsa kelmagay holimni so‘rib.
Atrofdan xiyonat har qadam ko‘rib.
Hayoli, vafoli dildor istadim.
Vasling xumor qilar qandoq beray dosh.
Ko‘zlaring sevishing qilib quyar fosh.
Ohu ko‘zli sanam, sendek qalamqosh.
Allohdan o‘zimga bir yor istadim.
Kel
O‘zimni izlab hech topa olmadim,
Shu qadar telbalar qildingmi meni.
Sensiz biror nafas ola olmadim,
Ne qilding bunchalar sevdim men seni.
Qalbimni egallab berding katta baxt,
Seni o‘ylamasdan o‘tmaydi bir vaqt.
Yonimda bo‘lishing istayman albat,
Ne qilding bunchalar sevdim men seni.
Imkonsiz dema sen, mening fikrim uq,
Ortga sen qarama chekinishga, yo‘q.
Alloh bir qil deya duolarni oʻq,
Ne qilding bunchalar sevdim men seni.
Dukillab tinmaydi so‘raydi yurak,
Harakat qil deydi u menga kerak,
Muhabbat qudrati shu ekan demak,
Ne qilding bunchalar sevdim men seni.
Sinovda sinab sen qiynama meni,
Bilmaysan shu qadar sevaman seni.
Chindan ham sevsang gar kelaqol endi,
Ne qilding bunchalar sevdim men seni.
Sevgi haqida sher.
Sen chiroyli izhor aytarding,
Men chiroyli uyalar edim.
Sen mardlikdan topganding kamol,
Men hayodan ulg‘ayar edim.
Termularding menga avaylab,
Nigohlaring suvday pok edi.
Odamlarning qalbi qip-qizil,
Bizning yurak ko‘kday ko‘k edi.
Hamma aytsa, sizni sevdim deb,
Sen aytarding: salomatmisiz?
Men ham suydim deyish o‘rniga,
Kashf etardim yangi-yangi so‘z.
Sog‘indim deb aytmasding sira,
Suydim desam bo‘lardi uyat.
Biz hech qachon sevdim demasdan,
Yaratgandik ulkan muhabbat.
Sog’inch sevgi haqida sherlar to’plami sizga manzur bo’ladi degan umiddamiz.
Turli mavzudagi she’rlar to’plamiUshbu she’rlar internet ma’lumotlaridan foydalanildi.




















