Chin dugonalar haqida sherlar

Chin dugonalar haqida sherlar. Do’stlik, do’st haqida eng chiroyli sherlar to’plami.

Chin dugonalar haqida sherlar.

OLLOX dan so`radim 1 savol :
Nimaga mani omadim bor?
OLLOXdan nido keldi..
Seni haqiqiy do`sting bor..!
OLLOX ga yolvordim shu on ,
u bo`lsin men u-n hamisha omon..!

Agar kimgaki dostlik bolsa yor,
Unga xar soniya Olloh madadkor.
Dostlik rishtasi qanday betakror,
Sizdek insonni mendek dosti bor.

Dugonalarimga atab.

Do’stlar yaxshilarni avaylab asrang.
Salom degan soz’ni salmog’in oqlang.
O’lganda yuz soat yig’lab turguncha,
Uni tirigida bir soat yo’qlang.

Do’stman.

Agar bir inson senga bildirdi ishonch,
Yoningda bo’ldi senga kelganda qayg’uyu quvonch,
Kutmadi sendan boylik- taxt,tilasa sog’liq baxt.
Seni aldamas qilmas hiyonat,g’iybat,
Yoningda bo’ldi qilsalar tuhmat.
Bermadi zarra dilingga ozor,
Doim kutdi bo’lib ko’zlari humor,
Demak, bu hislatni barisin bilgan do’st!
Bilamagan esa shubhasiz dushman,
Desa hamki men senga DO’STMAN!

Do’st qadri she’ri.

Gar otang bo`lmasa, ko`rgin Xudodan,
Gar onang bo`lmasa, ko`rgin Xudodan,
Lеk do`sting bo`lmasa ko`rgin o`zingdan,
Bosgan izingdanu aytgan so`zingdan…

Mol qadrin bilganga bozordir dunyo,
Hol qadrin bilganga mozordir dunyo.
Dunyoni ayblama qolganda yolg`iz,
Do`st qadrin bilmasga ozordir dunyo.

But aylarsan agar kamu kust topsang,
Qaraysan mag`zdan oldin po`st topsang,
Birodar oynadir, birodar uchun..
Asrashni o`rgangin yaxshi do`st topsang.

Odamzorda odam asli noyobdir.
Boburning shu so`zi sеnga kitobdir.
Do`stga zor qilma dеb, bеjiz aytilmas,
Umr gulshanida chin do`st oftobdir.

Gar akang bo`lmasa ko`rgin Xudodan,
Gar ukang bo`lmasa ko`rgin Xudodan,
Lеk do`sting bo`lmasa ko`rgin o`zingdan
Bosar izingdanu aytar so`zingdan.

Do’stlar haqida sherlar.

Tilayman ey doʼstim, har qanday damda,
Nomardu-nokasga ishing tushmasin.
Gʼanimlar oldida qolsang alamda,
Koʼzingdan bir tomchi yoshing tushmasin.

Mexridan siylasin mehribon Xudo,
Otayu-onangdan etmasin judo,
Chin dildan rizq soʼrab aylasang nido,
Ogʼzingdan yeb turgan oshing tushmasin.

Boshingni egmasin alam, tashvish, gʼam,
Pok qalbing koʼrmasin zarracha sitam,
Xar qanday xolatda qoʼllasin Egam,
Yozing kelmay turib qishing tushmasin.

Yashamoq baxtiga boʼldik muyassar.
Gohida yoʼqotdik, goh o tutdik zar,
Аjal qachon kelar bizlar bexabar,
Yuzga kir, yuzda xam tishing tushmasin.

Mol davlat oʼtkinchi, kelib ketadi,
Omading kulsa doʼst toʼlib ketadi,
Qoqilsang ustingdan kulib ketadi,
Yashashga nisbatan shashting tushmasin...

Do’st haqida SMS she’rlar.

Mayli qashshoq bo’lib yashay,
Bir umr bir-burda nonga ham bo’lay zor.
Baribir tilimdan tushmaydi shukurki,
Men baxtliman chunki sizday do’stim bor.

***

Begonalik bizga aslo yarashmaydi
Taqdir bizni uchrashtirgan ajratmaydi.
Do’stligimiz uvol qilmay asrab quying
Bir berganin Olloh qayta berolmaydi.

***

Osmonning poyiga bosh qo’yar quyosh,
Na kunduz, na tunda ko’ngil to’lmaydi.
Olamdan do’st izlan, qidiring sirdosh,
Mandan yaxshisini topib bo’lmaydi.

***

Sizdan shodlik ko’rib ko’zlarimda nur,
Alam cheksam mayli, shunga ham shukur.
Bu dardli dunyoda yaxshiki borsiz,
Borligingiz uchun Sizga tashakkur!

***

Do’stligimiz qadriga qilsang gar gumon,
Hayotning zarbidan charchasang yomon.
Do’stingni payqamay ketsang yor tomon,
Teringa tiqaman bir paqir somon.

***

Taqdir qo’limizdan yetaklab pinhon,
Yetaklab ketadi olis-olisga.
Taqdirni bahona qilma hech qachon,
Mangu do’st qolurmiz ……., ishon!

***

Armonli dunyoda xazil qilaman!
Netay iloji yo’q sabr qilaman.
Siz menga imkoniyat bersangiz agar
Sizga do’st bo’lishga vada beraman!

***

Unitib qo’ysamda orzularimni
Unitib qo’ysamda tuyg’ularimni.
Uniyib qo’ysamda xatto o’zimni
Also unutmayman sizdek do’stimni!

Unutma do’st.

n’om bil har damingni.
O‘lchab bos qadamingni,
Guvohingni unutma!
Ey, do‘st, qo‘rqma yomondan,
Yo hiylagar shaytondan,
Shart shuki, har zamonda
Panohingni unutma!
Ey, do‘st, unday ko‘kdan tush,
Kelmagay Tangrimga xush.
Savobingni qilmay pesh
Gunohingni unutma!
Ey, do‘st ber bir qultum may,
Ko‘ngling yig‘laydi tinmay.
Kimsan yo‘q deb xo‘rsinmay
Hamrohingni unutma!
Ey, do‘st, xushlaring qayda?
Izg‘ivermay har joyda,
Otangdan qolgan uyda
Chirog‘ingni unutma!…
Ey, do‘st, sezmaysan, esiz!
Ortingda yo‘q bitta iz…
Kim bo‘pti …………..iz,
Ollohingni unutma!…

Do’stimga.

Dunyoda ne go’zal surar
bo’lsangiz,deymanki do’stimni
bir tabasumi .Dunyoda nedur
baxt surar bulsangiz ,baxt
Do’stlar safda ko’rsam o’zimni.

Ushbu she’rlar internet ma’lumotlaridan foydalanildi.