25-may So’nggi qo’ng’iroq haqida sherlar. Sinfdoshlar, Ustozlar, Maktab haqida she’rlar to’plami.
Mundarija
25-may So’nggi qo’ng’iroq haqida sherlar.
Qalam tutib qólimga ilk bor,
Yozuv chizuv òrgatgan Ustoz!
Eslagaymiz biz sizni kóp bor,
Ta’lim bergan birinchi Ustoz!
Bexuda ketmadi qilgan mehnatlar,
Siz uchun yaralsin bari roxatlar.
Óquvchimas sizga góyo farzandlar,
Jon fido aylagan birinchi Ustoz!
Bizni yetaklagan kamolot sari,
Bilim berganida ketmagin nari.
Aylanar haqiqat bularning bari,
Bilimlar chashmasi birinchi Ustoz!
Kóp ozorlar bersak ham sizga,
Barcha bilganlariz órgatdiz bizga.
Bolada shóxliklar qiladi menga,
Deb yana boshimiz silagan Ustoz!
Hanuz sog’inaman yoshlik chog’larim,
Deysiz bular mening óquvchim.
Kóchada kórganda ôg’il,qizlarim,
Qayta ôqisaydim birinchi Ustoz!
Bahorlar qaytadi yoshlik qaytmaydi,
Ôtgan bolaligim yoddan chiqmaydi.
Beg’ubor damlarim kutub tursaydi,
A’lo baholarni olardim Ustoz!
Shamshod Safar ótdi yoshliging,
Kóp beg’ubor kóp shóxliging.
Armon bóldi aziz maktabing,
Siz ardoqda birinchi Ustoz
So’nggi qo’ng’iroq she’rlar.
Ko’zimdan qalqiydi quvonch yoshlarim,
Maktab dargohini tark etar bu kun.
Yangi hayotga ham qo’yishar qadam,
Chunki chalinmoqda so’ngi qo’ng’iroq…
O’g’lonmi,yo gulday qizmizmi endi,
Temurning qonlari oqmoqda bizda.
Jasorat onlari kelganda endi,
Vatanga biz sodiq farzand bo’laylik!
Vatan deb jonidan kechgan bu zotlar,
Urush deb halok bo’lgan bu mardlar.
O’ldi deb kelganda shunchaki xatlar,
Vatanga biz sodiq farzand bo’laylik!
Vatan,ozod bo’lib obod bo’lganda,
Bu uchun daryolar qonga to’lganda.
O’zga davlat bizga dushman bo’lganda,
Vatanga biz sodiq farzand bo’laylik!!!
Chalinmay turaqol So’nggi qo’ng’iroq.
Bu oqshom osmonda yulduz yig’laydi,
Ko’k aro to’lin oy unsiz yig’laydi.
Majnuntol yonida maktab bog’ida,
Yurakda dard bilan bir qiz yig’laydi…
Bunchalar yuraklarga solasan titroq,
chalinmay qo’yaqol »So’nggi qo’ng’iroq».
Ayriliq onlari bunchalar azob,
Chalinmay qo’yaqol »So’nggi qo’ng’iroq»…
Aytilmay qoldiku aytilmas gaplar,
Goh oshkor goh pinhon bitilgan xatlar.
Bir bora yurakdan chiqmagan suhbat,
Chalinmay turaqol «So’ngi qo‘ng‘iroq» …
Qizlar qo’lidagi estalik daftar,
Nahot armonga aylansa shu choq.
Sinfdosh qiz bilan tushgan suratlar,
Chalinmay turaqol «So’ngi qo‘ng‘iroq» …
Chalinmay qo’yaqol »So’nggi qo’ng’iroq»,
Ayrilgim kelmaydi munis maktabdan.
Ko’nglimga abadiy yoqding sen chiroq,
Chalinmay turaqol so’ngi qo‘ng‘iroq…
Yashirgim kelmaydi men ham yoshlarim,
Nelar kutmoqdadir sinfdoshlarim.
Qayg’uli muhabbat, xijronli firoq,
Chalinmay turaqol »So’nggi qo’ng’iroq»…
Sinfdoshlarim she’ri.
Uzoq õlkalani bir chekkasida,
Kõzimda miltirar soğinch yoshlari,
Eski xotiralar iskanjasida,
Sizlarni soğindim SINFDOSHLARIM
Oq kõylak,qora shim qõllarda papka,
Tizilib turardik saxarlar safda,
Sochilib ketarmiz hamma tarafga,
Qachon kõrishamiz SINFDOSHLARIM
Tarix darsimiz yuvosh muallim,
Matematikani tinglar edik jim,
Sizlar meni ortda qolgan yoshligim,
Umrimni parchasi SINFDOSHLARIM
Ming bor arazlashib, ming bor yarashib,
Tanaffusda kulgu gaplar ulashib,
Partalar ustida yursak kurashib,
Ajralmas dõstlarim SINFDOSHLARIM
Yillar õtgan sayin osharkan qadr,
U onlar qaytarib bõlmas tuxfadir,
G’ala-g’uvir sinf esingizdadir,
Shõxliklarim qómsadim SINFDOSHLARIM
Eslab õtiribman egib boshlarim,
Bilmam nega sizsiz õtar tunlarim,
Shu kecha dardlarim aytmay birovga,
SIZLARNI SOĞINDIM SINFDOSHLARIM
Necha shodon Shamol esib,
Necha bahor Handon qotdi.
Vaqt to’xtamay Shoshib yelib,
Maktab davrim ortda qopdi…
Maktabim.
Tuproq ko‘chalarda chopgan bolalik,
Yillar changi ichra asta yo‘qoldi.
Bolalik ketdi-yu, sho‘x suhbatlarda,
Uni kula-kula eslamoq qoldi…
Maktab olib keldi sho’x yillarimiz,
Bo’ldi endi boshqa o’z yo’llarimiz.
Yonimda tursangda to’xtamaydi yosh,
Xary endi xayr, Aziz SINFDOSH…
Sinfdosh.
Qalbga do’stlik nomin,
Ko’nglimga sirdosh otin.
Dilimga vafo so’zin,
Solding o’zing sinfdosh.
O’qidik bir maktabda,
O’tirdik bir sinfda.
Birga oldik ta’limni,
Tengdoshim sen sinfdosh.
Sendadir ilk sevgim,
Sendadir ilk do’stim.
Sendadir ilk sirdoshim,
Qadrli qadrdonim sinfdosh.
O’quv damlari o’tdi,
Yurak qayg’uga botdi.
Hayot har yonga otdi,
Qalbdan ketma sinfdosh.
Yagonasan muqaddas Vatan.
Tuprog’ingda daholar xoki
Ul sohibi dunyoolar xoki
Bobolarki, buyuk chinordek
Momolarki, Qutlug ‘Nigordek
Chinorlarki, beshiklar bo’lgan
Kelajakka eshiklar bo’lgan
Sen onasan muqaddas vatan
Yagonasan muqaddas Vatan
Xazinamsen, o’zimni taxdi
Qiyosi yo’q baxtim o’zingsan
Yerning jannati sizning yuzingiz
Yaratganning san’ati sensan
Jannatbog’im hazrattog’imsan
Mehrobimsan, sajdagohimsan
Sen onasan, muqaddas Vatan
Yagonasan, muqaddas Vatan.
Manglaydagi durri akbarim,
Ne ko’zlarini olgan gavharim
Qora niyat, g’araz so’zlardan
Asragaymiz yovuz ko’zlardan
Ko’ksim ichra yuragim shishi
Bu tumorda qutlug ‘nomi bor
Sen onasan muqaddas vatan
Yagonasan muqaddas Vatan.
So’nggi qo’ng’iroq haqida she’rlar.
Chehram sho`x tabassum,
Gulga to`la quchog`im.
Jarangla qo`ng`irog`im,
Vatan-mehnat maydoni ,
Ijod –yaratish oni.
Vatan- suyangan tog`im
Jarangla qo`ng`irog`im.
Qo`ng`iroq chalinadi.
Tuproq ko`chalarda chopgan bolalik,
Yillar changi ichra asta yo`qoldi.
Bolalik ketdi-yu, sho`x suhbatlarda
Uni kula-kula eslamoq qoldi.
Bolalik! Men seni bir umr qalbda,
Ona suti kabi saqlay muqaddas.
Va lekin ertangi kunimdan kechib,
Senga qaytmoqni hech qilmayman havas.
Bolaligim.
Bolaligim qoldi ortimda,
O`n yettida yoshginam mening
katta hayot yo`li oldinda
Katta hayot peshvoz, muntazir.
Sevinchdanmi, ko`zimda shabnam,
Dilda mehrim, boqaman shodon
Chin do`stlik, yo muhabbat, bilmam
Qalbimdabor bir shirin tuyg`u.
Xayr maktabim sherlari.
Birinchi bor senga qo’ygan qadam,
Bola edim hali sho’x juda ham yosh.
Mana o’tib ketdi yillar oradan,
Endi seni tark etarman ko’zda yosh, Xayr ustozlarim ,xayr do’stlarim
Xayr qo’ng’iroqning so’nggi ovozii
Sevimli daftarim , esdaliklarim
Boshlanar men uchun hayot parvozi ….
Xayr maktab yillarim,
ustoz va murabbiylarim
Yuragimda hayajon
chorlamoqda hayot yo’llariim
Xayr maktab yillarim
senda qoldi sho’xliklarim
Oq yo’l tilagim
oldinda ko’p orzularim ..
So’ngi
bor bu yo’laklaringdandan yurib
Yodga oldim o’tgan bir necha yillar
Biroz bo’lsada shu damlarga qaytib
Xis qildim men o’sha beg’uborlikni
Qalbimda hayajon, yurakda afsus…
Bu so’ngi qo’ng’iroq so’ngi tanaffus
Unutmoq qiyindur, o’chmas xotira
seni tark etarman oq yo’l tilab Xayr
maktab yillarim,
ustoz va murabbiylarim
Yuragimda hayajon
chorlamoqda hayot yo’llarim
xayr maktab yillarim
Senda qoldi sho’xliklarim
Oq yo’l tilagim
oldinda ko’p Orzularim
xayr maktab yillarim
xayr xayr
xayr maktabim
Qani vaxtni qaytarishga
yetganda kuchim mani
Boshidan boshlasam
yetardim man qadringa Sani
Ming Bor Afsus
o ‘zgarmas hech narsa aslo
Endi chiqadi
yuragim ovozi pasro
Qalbimda hayajon bunday
tuyg’u birinchi bor
Mani maktabim o’tmadi sanda
hayot bekor
Vada beraman
o’rgatganing esimda qoladi
Lekin sanga qaytmasligim
manga alam qiladi …
Xayr maktab yillarim,
ustoz va murabbiylarim
Yuragimda hayajon
chorlamoqda hayot yo’llarim…
Xayr maktab yillarimda
senda qoldi sho’ xliklarim
Oq yo’l tilagim oldinda ko’p orzularim.
Muallimga atab she’r.
Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim!!!
Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim!!!
Keksa ustozimning sochlari oppoq,
Ko’zlari mehribon chaqnaydi biroq.
Bilim va ma’rifat o’rgatar hamon,
Hayot maktabida chalib qo’ng’iroq.
O’qimasak, takror o’qitgan, tolgan,
Manglayida qator ajinlar qolgan.
O’sha ajinlari tufayli xalqni
Kelajakka eltar to’g’ri yo’l solgan.
Aziz Sinfdoshlarim!
Eslab yoshlik choĝlarim,
Kõzdan oqar yoshlarim,
Omonmisiz? Bormisiz?
Aziz! Sinfdoshlarim!
Kõz oldimda kõzingiz,
Quloĝimda sõzingiz,
Kõrgim kelar õzingiz,
Aziz! Sinfdoshlarim!
Shõxligimiz bir osmon,
Õynar edik shodumon,
Esingizdami? hamon,
Aziz! Sinfdoshlarim!
Salom sinfdosh qizlar!
Xusni oy gõzal yuzlar,
Xali ham õshasizlar,
Aziz! Sinfdoshlarim!
Har kun yõlingiz kutib,
Sochlaringizdan tortib,
Yurardim gaplar otib,
Аziz! Sinfdoshlarim!
Kõngli quchoĝidan keng,
Biri yoqa, biri yeng,
Yaqinimsiz meni eng,
Aziz! Sinfdoshlarim!
G’animatmiz õylaylik,
Bir-birimiz yuqlaylik,
Oqibatli bõlaylik,
Aziz! Sinfdoshlarim!
Talaba bo’lamiz.
Oppoq orzularning qanotlarida,
Umid yulduzlarga qilsak g’alaba.
Bilimlar konidan o’qib-o’rganib,
Ilohim bo’laylik biz ham TALABA!!!
25 may So’nggi qo’ng’iroq sherlar
Quvonchlarim cheksiz, biroq, ayriliqdir
og’irroq
Yuraklarga larza solar, har on so’nggi
qo’ng’iroq…
Ey, chalg’uvchi qo’ng’iroqni – chala qolgin
jo’shqinroq….
Qayda bo’lsak – esda bo’lsin, hayhot so’nggi
qo’ng’iroq!
Vatan mehri ulgaytirdi, oq yo’l bering bizlarga,
Ta’zim ila rahmat deymiz, jon ustozlar
sizlarga..
Ey, chalg’uvchi qo’ng’iroqni – chala qolgin
jo’shqinroq….
Qayda bo’lsak – esda bo’lsin, hayhot so’nggi
qo’ng’iroq!!!
Sog’indim sizlarni sinfdoshlarim.
Urushib kulishib birga yurardik,
Eshikdan talashib darsga kirardik.
Yoshlik qisqaligin qaydan bilardik,
Yodga olib ko’zimga to’ldi yoshlarim,
Sog’indim sizlarni sinfdoshlarim!!!
Sinfdoshlarimga.
Qalbga do’stlik nomin,
Ko’nglimga sirdosh otin.
Dilimga vafo so’zin,
Solding o’zing sinfdosh.
O’qidik bir maktabda,
O’tirdik bir sinfda.
Birga oldik ta’limni,
Tengdoshim sen sinfdosh.
Sendadir ilk sevgim,
Sendadir ilk do’stim.
Sendadir ilk sirdoshim,
Qadrli qadrdonim sinfdosh.
O’quv damlari o’tdi,
Yurak qayg’uga botdi.
Hayot har yonga otdi,
Qalbdan ketma sinfdosh.




















