Vatan, el-yurt haqida maqollar

Vatan, el-yurt haqida maqollar.

Vatan – inson uchun eng aziz maskan, mehr va muhabbat manbaidir. El-yurtning tinchligi, birlik va hamjihatligi esa har bir insonning baxti hisoblanadi. Dono xalqimiz Vatan va yurtga bo‘lgan muhabbatni, uni asrash va qadrlashni maqollarda chuqur ifodalagan. Endi sizga shu qadriyatlarni tarannum etuvchi eng go‘zal maqollarni taqdim etamiz.

Ayrilmagin elingdan,
Quvvat ketar belingdan.

Badqavm bo’lsang bo’l,
Beqavm bo’lma.

Baliq suv bilan tirik,
Odam — el bilan.

Begona tuproq — devona tuproq.

Betkay ketar, bel qolar,
Beklar ketar, el qolar.

Birovning yurtida bek bo’lguncha,
O’zingning yurtingda it bo’l.

Bulbul chamanni sevar,
Odam — Vatanni.

Bulbulga bog’ yaxshi,
Kaklikka — tog’.

vatan haqida insho

Vatan gadosi — kafan gadosi.

Vatan uchun o’lmoq ham sharaf.

Vatan qadrini bilmagan o’z qadrini bilmas.

Vatanga kelgan — imonga kelar.

Vatanga falokat — o’zingga halokat.

Vatangado bo’lguncha,
Kafangado bo’l.

Vatandan yiroqlashgan — nomusdan o’lar.

Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning — taxti.

Vataning tinch — sen tinch.

Vatanni sotgan er bo’lmas.

Vatanning vayronasi — Umrning g’amxonasi.

Vatanning vayronasi — Umrning hayronasi.

Vatansiz inson — kuysiz bulbul.

Dindan chiqsang ham, eldan chiqma.

Dushmanga nafrati bo’lmaganning
Vatanga muhabbati bo’lmas.

Yordan ayrilsang ham, eldan ayrilma.

Yoridan ayrilgan yetti yil yig’lar,
Yurtidan ayrilgan o’lguncha yig’lar.

Yoringni gul orasidan izla,
Erkingni — el orasidan.

Yigit g’ami elida,
Elning g’ami dilida.

Kiymoqqa katan yaxshi,
Turmoqqa vatan yaxshi.

Kishi yerida sulton bo’lguncha,
O’z elingda cho’pon bo’l.

Kishi yurtida sulton bo’lguncha,
O’z yurtingda ulton bo’l.

Kishi yurtida shoh bo’lguncha,
O’z yurtingda gado bo’l.

Ko’lning otini balig’i chiqarar.

Ko’rpang qayerda bo’lsa, Ko’ngling shu yerda.

Non gadosi bo’lsang ham, Yurt gadosi bo’lma.

Ona yerning tuprog’i — ona sutidan aziz.

Ona yurting — oltin beshiging.

Ona yurting omon bo’lsa,
Rangi ro’ying somon bo’lmas.

Sigirning suti — tilida,
Erning quti — elida.

Sovuq urgandan qolar,
Tuproq surgandan qolmas.

Suvni bersang elga,
Yasharsan ming yilga.

Tovushqonga tug’ilgan tepasi aziz.

Tuqqan yerda tug’ing tik.

Tuqqan elga jon tortmasa ham, qon tortar.

Tug’ilgan yerdan ko’ngil uzilmas,
Yurt qo’riganning yurti buzilmas.

Tug’ilgan yering — Vataning,
Vataning — nomusing.

To’ygan yerdan tuqqan yer yaxshi.

Ursa ham, el yaxshi,
So’ksa ham, el yaxshi.

Fil tushida Hindistonni ko’rar

vatan haqida she’rlar