2025-yilda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida super kontrakt asosida o‘qish narxlari yangilandi. Abituriyentlar va ota-onalar uchun eng dolzarb savollardan biri — “Super kontrakt qancha bo‘ladi?” degan savol. Ushbu maqolada siz barcha OTMlar bo‘yicha super kontrakt summalari, to‘lov tartibi va yangiliklar haqida to‘liq va aniq ma’lumot olasiz.
Mundarija
Super kontrakt miqdorini kim belgilaydi?
2025/2026-o‘quv yilidan boshlab super kontrakt (tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt) miqdorlari OTM rektorlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Shu sababli, avvalgi yillarga nisbatan narxlarning arzonlashishi kutilmoqda.
Davlat qabul komissiyasi qaroriga ko‘ra:
-
56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar super kontrakt asosida qabul qilinadi.
-
Qabul chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun miqdor Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (2025-yil 13-sentyabr) asosida belgilanadi.
-
Qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan abituriyentlar uchun super kontrakt miqdori bazaviy to‘lov-kontraktning 3 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
To‘lov tartibi va muddatlari.
-
Abituriyentlar 2025-yil 31-oktyabrga qadar bir yillik o‘qish qiymatining 50 foizini to‘lashlari mumkin.
-
Tanlovda boshqa yo‘nalishda grant yoki kontraktga qabul qilingan abituriyentlar istasa, birinchi tanlagan yo‘nalishida super kontrakt asosida o‘qishga kirishi mumkin (maqsadli qabuldan tashqari).
2025/2026 o‘quv yili uchun OTMlarda e’lon qilingan super kontrakt miqdorlari
-
Andijon davlat texnika instituti — bazaviy kontraktning 3 baravaridan 4 baravarigacha
-
Andijon davlat universiteti — 4 baravardan 6 baravargacha
-
Namangan davlat pedagogika instituti — 3,1 baravardan 6 baravargacha
-
Termiz davlat universiteti — 4 baravardan 10 baravargacha
- Buxoro davlat texnika universiteti — 4 baravardan 6 baravargacha
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti — 3 baravardan 5 baravargacha
Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti — 8 baravardan 15 baravargacha
Jizzax politexnika instituti — 4 baravardan 6 baravargacha
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti — 4 baravardan 6 baravargacha
Milliy estrada san’ati instituti — 6 baravar
Milliy rassomlik va dizayn instituti — 8 baravar
Namangan davlat universiteti — 4 baravardan 12 baravargacha
Namangan davlat texnika universiteti — 4 baravardan 5 baravargacha
Qoraqalpoq davlat universiteti — 5 baravardan 10 baravargacha
Qoʻqon davlat universiteti — 6 baravardan 8 baravargacha
Samarqand davlat pedagogika instituti — 5 baravardan 6 baravargacha
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti — 4 baravar
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali — 4 baravardan 6 baravargacha
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti — 5 baravardan 7 baravargacha
Termiz davlat pedagogika instituti — 4 baravar
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti — 5 baravar
TATU Samarqand filiali — 4 baravardan 5 baravargacha
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali — 5 baravar
Toshkent davlat texnika universiteti — 3,5 baravardan 4 baravargacha
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti — 6 baravardan 10 baravargacha
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — 6 baravardan 19 baravargacha
Toshkent kimyo-texnologiya instituti — 3,5 baravar
TKTI Yangiyer filiali — 3 baravardan 4 baravargacha
TTA Urganch filiali — 4 baravardan 12 baravargacha
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti — 4 baravar
Oʻzbekiston Milliy universiteti super kontrakt— 3 baravardan 8 baravargacha
Shahrisabz davlat pedagogika instituti — 3,5 baravardan 6 baravargacha
Chirchiq davlat pedagogika universiteti — 5 baravardan 7 baravargacha
ℹ️ Eslatma: Har bir OTM o‘zining minimal va maksimal super kontrakt narxlarini 2025-yil 25-sentyabrga qadar rasmiy saytlarda e’lon qiladi.




















