Mundarija
Kontrakt narxlari 2025.
Yangi o‘quv yilida OTMlarda ta’lim olishni rejalashtirayotgan abituriyentlar va talabalarning eng ko‘p qiziqadigan masalalaridan biri – kontrakt narxlari hisoblanadi. Quyida siz uchun 2025–2026-o‘quv yili uchun belgilangan oliy ta’lim muassasalari kontrakt narxlari bilan tanishishingiz mumkin.
OTM kontrakt narxlari jadval 2025-2026
1-kurslar kontrakt toʻlov miqdorining kamida 25 foizini 30-oktyabrgacha toʻlashi mumkin
Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yilida respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizini toʻlash muddati 2025-yil 30-oktyabrgacha uzaytirildi.
Shuningdek, respublika oliy taʼlim tashkilotlariga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan va tegishli tavsiyanoma asosida suhbat bilan qabul qilinganlar uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari – 2025/2026-oʻquv yili uchun belgilangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va shakli boʻyicha bazaviy toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlariga nisbatan 2 barobar miqdorida belgilandi.




















