Sayyoralar haqida sherlar

Sahifamizda Sayyoralar haqida sherlar to’plami bolalar uchun

Sayyoralar haqida sherlar.

– Quyoshning atrofida
Uchar sakkiz sayyora, –
Singlisiga bir kuni
Sanab berdi Diyora:

– Birinchisi Merkuriy,
Eng kichigi ham shu, – der.
– Ikkinchisi Venera,
Uchinchisi bizning Yer!

Keyingisi Mars bo‘lsa,
Beshinchisi Yupiter!
Yupiter sayyorasin
Eng katta sayyora, der.

Yana biri ulkandir,
Uning nomi Saturn
Yettinchisi Urandir,
Eng so’nggisi bu – Neptun.

Sayyoralar she’r.

Barcha sayyoralar tartibda
Har birimiz nomlashimiz mumkin:
Biri – Merkuriy,
Ikki – Venera,
Uch – Yer,
To’rt – Mars.
Besh – Yupiter,
Olti – Saturn,
Etti – Uran,
Uning orqasida Neptun joylashgan.
U ketma-ket sakkizinchi.
Va undan keyin,
Va to’qqizinchi sayyora
Pluton deb ataladi.

Ona zamin haqida matn

Samoga sayohat.

O’rtada quyosh bobo
Atrofda sayyoralar,
Sirli samo sahniga
Qilaylik sayohatlar.

Mana issiq Merkuriy
Quyoshga eng yaqin u.
Kunduz uyg’oq, samimiy
Tunda esa sokin u.

Zuhro yulduz-Venera
Yorqin hamda sevimli.
Tuprog’i bor deb aytgan
Asli Ulug’bek bobom.

Eng ko’hna sayyoradir,
Yer-u zamin onamiz.
Tog’lar, bog’lar, daryolar,
Elatlar hamxonamiz.

Pushti sayyora Marsda,
Kechda muz, kunduz issiq
Shamol, bo’roni jo’shqin
Hanuz hammaga qiziq.

Eng katta Yupiterni
Mushtariy deb ataymiz,
Belida belbog’i bor
Tez aylanar, yorqindir.

Saturinning yuzida
Xalqa-xalqa belgi bor
Bisyor yo’ldoshlari bor,
Har kim ko’rmoq orzular.

Uranning uzuklari
Zeb beradi doimo.
Pildiroqdek yonboshlab,
Tez aylanar tasanno.

Neptun sovuq shamolli,
Borolmaymiz bekorga.
Bo’roni ham suronli
Eng kenja u qatorda.

Mo’jizali falakni
Bezar sakkiz sayyora,
Ammo Oy va Quyoshni
Eslashim shart bir bora.

Quyosh ko’kdagi chiroq,
Nuridir bizga malham.
Yerdan ulkan mo’ysafid
Mehribon do’stdir har dam.

Oymomo kosmos yuzi
Yerning tabiiy yo’ldoshi.
Parvoz etish orzuyim
Bo’lay oyning sirdoshi.

Yulduz mitti bo’lsa ham
Quyoshdan katta asli.
O’z joyi bor mustahkam
Osmon ularla naqshli.

Mana do’stim teleskop
Zavqlan, go’zal koinot.
Ilm ol, ixtiro top
Ular bo’ladi qanot.

Yer sayyorasi kuniga atab maqol, topishmoqlar

Umumiy uyimiz.

Yer sayyorasi
Umumiy uyimiz.
Uni asraymiz,
Ahil bo‘lib biz.

Qo‘lga berib qo‘l,
Ekib turfa gul.
Bog‘ yaratamiz,
Gulzor etamiz

Ona yerimiz,
Tabiatini.
Avaylab, asrash,
Bizning burchimiz!

Merkuriy.

Merkuriy derlar meni
Quyoshga eng yaqinman
Taftim juda issiqdir
Hayot yo’qdir shu sabab

 Venera.

Men venera bo’laman
Yerdan oldin turaman
Ikkinchi nomim Zuhro
Ular ichra tanhoman

Yer.

Bizning ona zaminimiz
Turar uchunchi bo’lib
Sayyoralar ichra tanho
Hayot mavjud, bebaho

Mars.

To’rtinchi men o’zimman
Deb turar Mars qizarib
Katta olimp vulqonin
To’lib bag’riga olib

Yupiter.

Beshinchi safni olgan
Men Yupiter bo’laman
Eng og’iri ham o’zim
Va hammadan kattaman

Saturn.

Turaman men Saturn
Olti raqamin aytib
O’ziga xos tomonim
Bir ajoyib halqam bor

Uran.

 

Meni Uran deydilar
Rangim samoga o’xshar
Turaman yettinchida
Eng yorug’I o’zimman

Neptun.

Sayyoralar ichida
Eng uzoqda turaman
Taftim juda sovuqdir
Chunki eng uzoqdaman.

Nur sochar quyosh.

Maftun bo’lib gullarga.
Maysazorga qo‘ydim bosh,
O‘t yoqay deb dillarga,
Boshin ko‘tardi Quyosh.

Xuddi yangi tug‘ilgan,
Chaqaloqday qip-qizil,
O‘shanda qanday sevsa,
Shunday sevinar ko‘ngil.

Qizaradi Quyoshjon,
Ko‘zlari yoshlanadi,
Men sizga aytsam tonglar,
Qishloqdan boshlanadi.

Qishloqdagi odamlar,
Boshqalardan baxtliroq,
Chunki qishloqda tonglar,
Boshlanadi vaqtliroq.

Ishini boshlar kelin,
Qiz boringki qari-yosh,
Salom-alekdan keyin,
Nur sochar kulib Quyosh.

Hamma yoq go‘zal chunon,
Hamma yoqda gul qalosh,
Ko‘ngli to‘lib qishloqdan,
Shaharga qarar Quyosh.

Odamlar uxlar hamon,
Ko‘chadamas kelinlar,
Hech kimsa demas «salom»
Hech kim demas «kelinglar».

 

Sayyoralar haqida ma’lumot