Navro’z haqida sherlar 4 qator. 21-mart Navro’z bayrami haqida sherlar. Navro’z Tadbir ssenariylar>>
Navro’z haqida sherlar 4 qator.
Sevinchdan koʻzimda yosh,
Oʻzgacha porlar quyosh,
Qutlar seni qari, yosh,
Xush kelibsan Navroʻzoy!
***
Navro’z ekan tabrik sizniki,
Yangi kunda kulgu sizniki,
Bu kun yana zamin bizniki,
Bayram bo’lsin sayyod bizniki!
***
Azizam baxt iqbol doim yor bo’lsin,
Yurgan yo’llaringiz gullarga to’lsin.
Omadingiz ko’rib ko’zlar quvonsin,
Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!
***
Bugun shodiyona Navro’zi olam,
Orziqib kutilgan navbahor to’yi!
Assalom yangi yil! Assalom bayram!
Senga atalgusi yuraklar kuyi.
***
Boychechak chiqibdi, bugun Navro’z ekan.
Hamma bir-biriga jigar so’z ekan.
Olam ham barobar kecha-kunduz ekan.
Boychechak chiqibdi, bugun Navro’z ekan.
***
Davramizga marhabo, kulib-o’ynaymiz,
Тo abad bayramda birga quvnaymiz!
Baxt bahori kulsin bizning jahonda,
Navro’z boqiy bo’lsin – O’zbekistonda!
***
Ezgu tilaklarim guldasta bo’lsin,
Dildagi sözlarim dildasta bo’lsin.
Baxt va omad sizga payvasta bo’lsin,
Bugungi bayramingiz muborak bo’lsin!
***
Bahmal yopib yillarga,
Adir dala qirlarga
Gullar olib qo’llarga
Navro’z keldi azizlar.
***
Navro’z keldi Navro’z Navro’zoy,
Suvlar oqar endi soyma soy
Har tamonda bahorni isi
Bo’g’ taratargullarningjismi.
Bir birini qutlar odamlar
G’animat deb go’zal bu damlar,
Navro’z keldi Navro’z Navro’zoy.
Navro’z yosharish va yangilanish fasli barchamizga muborak bo’lsin!
Bahor fasli haqida she’rlar





















Zoʻr
Good! Story nice!
💕❤
Yoqmadi
it is so har.
bu juda qiyin.
это так сложно.
very nice poems i like it but its hard
Juda zoʻr eng oson sheʼrni tanlab oldim!😂
Very nice!❤️
Manolisi yo’q ekan😏
Menga yoqdi
Good 👍🏻😊