9-may xotira va qadrlash kuni sherlar. Bolalar uchun xotira haqida sherlar. Barcha turdagi she’rlar>>
Mundarija
9-may xotira va qadrlash kuni sherlar.
Jim!Do’stim, bir lahza sukut saqlaylik,
Baxtimiz qurboni bo’lganlar haqqi.
Nomlarin yod etib, bir-bir yo’qlaylik,
Xalqim, deb, yurtim, deb o’tganlar haqqi.
– Kel, do’stim, bir lahza quloq beraylik,
Tinglaylik mardlarning yurak sasini.
Mangulik bog’idan gullar teraylik,
Qalblarga yozaylik xotirasini.
–Ular yosh edilar, hayotga tashna,
To’yib ham totmagan sevgi otashin.
Umid g’unchalari barg yozmay yashnab,
Abadiy qo’yganlar tuproqqa boshin.
–Ota edi ular – oilaga bosh,
Faxrlanib eslar o’g’il-qizlari.
Nogohon ko’zlardan sizib chiqar yosh,
Urush solgan dardning bitmas izlari.
–Fidolar qabrida kezaman beun,
Ma’yus bir kuy chalar qalbim torlari…
Alvon chechaklarga burkanib bu kun,
Bunda yotar baxtim ijodkorlari.
– Kel, do’stim, bir lahza sukut saqlaylik,
Shu qutlug’ dargohni qilaylik tavof.
Vatan ishonchini dildan oqlaylik,
Elu-yurt chekmasin sira iztirob.
–Kel do’stim, bir lahza sukut qilaylik.
Xotira haqida she’rlar.
Serzarda zamonlar o‘tdilar qator,
O‘tdilar yillaru oylar rang-barang.
Moziydan bugunga yetmasdi ovoz,
Bo‘lmaganda ,xalqim,sening xotirang.
Sen o‘zing naqsh etding hayot qissasin,
Sen o‘zing so‘ng uni aylading bayon.
Olis bobolarning bosgan har izin
O‘zing avlodlarga etding namoyon.
Dillardan zulmatni quvay deb yongan
Navoiy qalamin yoritgan chiroq,
Hazrat Sohibqiron tuzuklaridan
Ko‘chib,fikrlarni yoritgan chaqmoq,
Ona To‘marisning shonli qismati,
Jaloliddin tig‘i taratgan jarang,
Bizning yurakkacha, balki, yetmasdi,
Bo‘lmaganda,xalqim,sening xotirang.
Imom Buxoriyning shaffof imoni,
Ulug‘bek fikrida balqigan yulduz,
Mahmud Torobiyning muqaddas qoni
Sening xotirangda saqlanar hanuz.
Shu bois nomingni yo‘q etay deya
Yovlaring xotirang buzmoqchi bo‘ldi,
Yolg‘onu tuhmatlar, uydirma ila
Tarixing qaytadan tuzmoqchi bo‘ldi.
Seni johil dedi,savodsiz dedi,
Aldamoqchi bo‘lib butun dunyoni.
Dunyo bilar edi — unga sen berding
Buyuk Xorazmi-yu ulug‘ Sinoni.
Istiqlol bayrog‘i yuksaldi baland,
Yana nasib bo‘ldi ozod istiqbol,
Uch ming yillik ko‘hna tarixingni ham
Bag‘ringga qaytardi shonli istiqlol.
Istiqlol qadimiy o‘zbek nomini
Qaytadan kashf etdi ahli jahonga.
Qadrlab har mudom o‘zbek shonini,
Dunyoni qaratdi O‘zbekistonga.
Dilda Xotirani imondek saqlang,
Dilda bo‘lsin ota- onaning yodi.
Chechakday ko‘karsin qalblar bog‘ida
Olis ajdodlarning so‘ngan hayoti.
Unutmang,yashamay yigit yoshini,
Bo‘sa mazasini bilolmay hatto,
Necha erlar yerga qo‘ydi boshini
Jonini yurtiga qilgancha fido.
Ularning yodini e’zozlab yashang,
Safda yurganlarni qadrlang mudom.
Xotira maydonin lavhalarida
Bitilsin har bitta unitilgan nom.
Motamsaro Ona qoshiga boring,
Yashirmay ko‘zlardan oqqan yoshingiz.
Shahidlar yodini eslab,bir lahza
Oyog‘i ostiga qo‘ying boshingiz.
Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.
Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi
Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘.
To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga,har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli!
Zamonlar o‘tajak quyun singari,
Necha yulduz so‘nib,tamom yitajak.
Sening yoding borki,yorug‘ kunlarga
Bizning ko‘zlar ila boqar kelajak.
Ishonaman, o‘sha olis ertada —
Fasli novbahorning mas’um pallasi
Xotira bog‘iga kelib bosh egar
Olis kelajakning erka bolasi.
Uning ko‘zlarida yongan shuurda
Navoiy hikmatin nuri ko‘ringay,
Uning yuragida jo‘shgan g‘ururda
Bobolar yuragin qo‘ri ko‘ringay!
Xotira muqaddas she’ri.
Yodga oling borlik olam jaxonni
Xar bir utgan aziz aziz insonni
Duo kiling mustaxkam kilib iymonni
Xotira mukaddas xotira mangu.
Tarixdan yod bizgacha utdilar kimlar
Farovon xayot uchun ochdi tilsimlar
Kadrlamasak gunox kilamiz ta’zimlar
Xotira mukaddas xotira mangu
Osudalik uchun jonlar buldi fido
Kuplar yakin yoridan buldilar judo
Asrlardan xotirlar beradi sado
Xotira mukaddas xotira mangu
Tinch zamonga osonlikcha kelmadik yetib
Kichik shaxzoda she’r yoz xotira etib
Kancha avlod bizlar uchun konlarni kechib
Xotira mukaddas xotira mangu.
Noma’lum askarga maktub.
Mushtipar onangni, boshlari sarak,
Qalbini tig’laydi sog’inch tug’yoni,
Ko’p yil bo’ldi axir sendan yo’q darak,
Qachon uyga qaytasan o’zbek o’g’loni.
Sog’misan esonmi? Bormisan hali?
Yoki qolib ketdingmi Volga bo’yida,
Nogahon o’q tegib janglar mahali,
Qoldingmi yiqilib Kursk yoyida.
Frontda bormikan dardingni tinglar,
Yiqilsang qo’linga qo’lini tutib,
Yotganda izg’irin qahraton tunlar,
Janoning o’rniga shneling quchib.
Do’sting ham yaxshimi, sen bilan ketgan,
Yurgandir frontda yerlarni tepib,
Do’ppisin o’rniga pilotka kiygan,
Marshaldan g’ururli, chapani yigit!
Sog’ omon chiqqanding ota uyidan,
Endi qayerlarda qolding sen inim,
Onang hanuz kutar soyning bo’yidan,
Qo’ylarni boqib, qaytar deb o’g’lim.
Qayerlarga ketding yurtingdan nari,
Qaytgin qo’llaringa ketmoningni ol,
Unutma yurtingni boylik Gavhari,
Otangdan qolgan dalalaring bor.
Ey o’zbek shu kunlar bormi boshingda,
Kecha-yu kunduzda paxtalar terib,
Minglab yetimlarni boqding uyingda,
O’zingni bolangni frontga berib.
Nomi o’chsin, o’sha la’nati urush,
Hanuz kechalari o’ylayman biroq,
Yetmayman o’yimga bo’laman xomush,
Kerakmidi senga shu qizil Bayroq.
Necha o’g’lon, necha pahlavon,
Ketdingiz bedarak na nom na nishon,
Atashar sizlarni nomalum askar,
Noma’lum? Demak yashaysiz hamon.
Bobo deymi, ota? Nima deb atay,
Axir yosh edinglar, bormaydi tilim,
Mayli hammangizni og’a deb atay,
Og’alar sizlarni rosa sog’indim.
Yurtim, ado bo’lmas…
Yurtim, ado bo’lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor.
O’tmishingni o’ylab yig’laydi jonim,
Ko’ksing to’la shahid o’g’lonlaring bor.
Bag’rim o’rtar bir uy bahor ayyomlar,
Oy borgan yoqlarga termulib shomlar.
Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,
Fayzulladek mardi-maydonlaring bor…
Yurtim, ko’nglimdek keng osmonlaring bor.
Yulduzni yig’latgan dostonlaring bor.
Osmonlaringdan ham diydoringa zor,
Jayrondek termulgan Cho’lponlaring bor…
Qo’ling qadog’iga bosay yuzimni,
Onamsan-ku, og’ir olma so’zimni,
Qayinbarglar yopib qaro ko’zini,
Olislarda qolgan Usmonlaring bor…
Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,
Ana, yurishibdi kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir bo’lganlar-
Mehrobingdan chaqqan chayonlaring bor…
Qurboning bo’layin, ey onajonim,
Sening faryodlaring, mening fig’onim.
O’tmishingni o’ylab o’rtanar jonim.
Aytsam ado bo’lmas dostonlaring bor…





















9-may xotira va qadrlash kuni sherlar.
axhihdkbrov
xhihdkbrov http://www.gz016i152x60b3ivzj2t62i116nnk9vms.org/
[url=http://www.gz016i152x60b3ivzj2t62i116nnk9vms.org/]uxhihdkbrov[/url]