Ega va kesim mavzusida online test

Ega va kesim mavzusida online test. Ega mavzusida test savollari. Abituriyentlar uchun test.

Kesim orqali izohlanadigan fikr predmetni anglatadigan, gapning boshqa bo‘laklariga tobe bo‘lmagan bosh bo‘lakka ega deyiladi.

Ega anglatgan predmetning predikativ belgisini ifodalaydigan, ega haqidagi hukmni bildiradigan bosh bo‘lak kesim deyiladi.

 

Mundarija

Natija

#1. Berilgan gapdagi qulog’iga quydi birikmasi qaysi qatorda to’g’ri izohlangan? 1. Shifokor dorini bolaning qulog’iga quydi. 2. Ota-bobolar nomini doim esda tutish kerakligini o’glining qulog‘iga quydi.

#2. Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilar ishi emas. Belgisiz qo’llangan qaratqich aniqlovchi qaysi gap bo’lagiga bog’langan?

#3. Shaxsi noma᾽lum gap qaysi qatorda berilgan?

#4. Yangisini olsam, eskisini senga beraman. Berilgan gap kesimlari uchun umumiy bo’lgan kesimlik ma’nolarini toping. 1) zamon ma’nosi; 2) shaxs-son ma’nosi; 3) mayl(modal) ma’nosi; 4) tasdiqinkor(hukm) ma’nosi

#5. Nomustaqil kesim shakli qaysi gapda qo‘llanmagan?

#6. Javoblarning qaysi birida 3 ta gap bo’lagi kesimga bevosita bog’langan?

#7. 1. Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz – do‘stini. 2. O‘lmas noxushlik bilan qovun pallasidagi non quyuqlariga qaradi. 3. Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar. 4. Mastura Mashrabning ko‘zlariga qadalib qaradi. 5. Yalqov bilan anqov – dushman uchun katta ov. 6. Kamtarlik kishiga zeb-u ziynatdir. 7. Yaxshi qand yedirar, yomon pand yedirar. 8. Qo‘shni xonadan qizlarning qahqahasi eshitildi. Nechta gapda ega yasama soʻz bilan ifodalangan?

#8. Quyidagi qaysi gaplarda murakkab kesimlar qatnashgan? 1. O’zingga ehtiyot bo’l, qo’shningni o’g’ri tutma. 2. Ayozli kunlar sekin o’tib bormoqda. 3. Uchrashuv qiziqarli bo’ldi. 4. Ularning madhi hamisha kuylarda.

#9. Qaysi javobda atov gap berilmagan?

#10. Ayol qalbi tosh bo’lsa ham, allaqayeri paxtadan yumshoq, ipakdan mayin bo’ladi. Ushbu gapda gumon olmoshi qaysi gap bo’lagi vazifasida kelgan?

#11. Xursand edi, qiziqarli bo‘ldi, ozod bo‘ldi, oz emish, xursand bo‘ldi, ko‘p edi. Yuqorida berilganlardan nechtasini ot kesim vazifasida qo‘llab, gaplar tuzsa boʻladi?

#12. Quyidagi qaysi gapda qaralmish fe’l kesimga tobelangan?

#13. Qaysi maqolda sifat harakat-holatning belgisini bildirgan?

#14. Qaysi gapda kesimlik shakliga ega bo’lmagan kesim(lar) qo’llangan?

#15. Qaysi gapda bo’lishsizlik olmoshi ega vazifasida kelgan?

#16. Egasi ma᾽lum, ammo ifodalanmagan gap qaysi qatorda berilgan?

#17. Bir soat o‘tar-o‘tmas hovli supurildi, so‘rida xontaxta va dasturxon tuzaldi, hovli yuziga suvlar sepildi, hovuz bo‘yi, xontaxta ustiga ko‘chma chiroqlar o‘rnatildi. Gapdagi egalar tarkibida oʻrniga koʻra til undoshi boʻlmagan nechta undosh mavjud?

#18. Turlanmay otlashgan soʻz qaysi gapda qatnashgan? 1) Ikkalasi ham chiqib ketishdi. 2) Bor so‘zlaydi, yo‘q oʻylaydi. 3) Uning dod-voyi falakka yetdi. 4) Ko‘p so‘zning ozi yaxshi, oz so‘zning o‘zi yaxshi.

#19. Gap boʻlaklarining barchasi ham kesimga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻlana olmaydigan qatorni belgilang.

#20. She’r shuning uchun muqaddaski, uning bir vazni ilohiy, bir vazni insoniydir; uning bir satri osmoniy, bir satri zaminiydir. Ushbu qo‘shma gap tarkibidagi nechta sodda gapning kesimi yasama so‘z bilan ifodalangan?

#21. Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz … Ushbu gapda tarkibidagi undoshlari hosil bo’lish o’rniga ko’ra bir umumiy guruhga mansub bo’lgan so’zlar qaysi gap bo’laklariga ergashgan?

#22. Qaysi javobda sodda kesim(lar) qatnashgan gap berilgan?

#23. Ozaytirma daraja shaklidagi sifat egaga bog’langan qatorni aniqlang.

#24. Inson tarixning yaratuvchisi, ishtirokchisi va uni dunyoga keltiruvchi eng oliy xilqat ekanligi rad etib bo’lmas haqiqatdir. Ushbu gapda qaratqich aniqlovchi qaysi gap bo’lak(lar)iga bog’langan?

#25. sosan, aniqlik maylining hozirgikelasi, ba’zan esa o‘tgan zamon shakllaridagina keladigan gapga misol qaysi gapda mavjud?

#26. Bir kun ko‘zlarimdan qochdi uyqular, Bir kun yuragini ochdi tuyg‘ular. Men seni esladim entikib, yonib, Men seni izladim baridan tonib. Ushbu she’riy parchadagi egalarni aniqlang.

#27. To’rt narsani berdi menga oqillarcha o`ylamoq: Tansihatlik, yaxshi odat, yaxshi nom, yaxshi fikr. Ushbu baytda ravish qaysi bo’lakka bog’langan?

#28. Doimo bosh kelishik shaklida bo‘lib, egalik va ko‘plik shakllarini qabul qilishi mumkin boʻlgan sintaktik birlik qaysi qatorda otlashgan?

#29. 1) Endi ularning xatosini tuzatish uchun hammamiz qancha mashaqqat chekamiz. 2) U qoramag‘iz, chayir yigit bilan qadrdonlashib ketgan. 3) Bu maskan Umidning shodligini ham, kulfatini ham, muhabbatini ham ko‘rgan. 4) Balki, tunlar unga bedor Aytib bergan ertaklar. Nechta gap sodda kesimdan iborat?

#30. Qaysi gap o’rin holi va kesim qatnashgan shaxsi noma’lum gap sanaladi?

Oldingisi
Tugatish
Milliy sertifikat test