Sintaksis testlar

Abituriyentlar uchun online testlar (2019). Sintaksis testlar. Gapda so‘zlarning o’zaro bog‘lanishi test.

Sintaksis  yunoncha  “Sintaksis”  so’zidan  olingan bo’lib, “Tuzish”  degan  ma’noni  anglatadi.  Sintaksis  grammatikaning bir  bo’limi  bo’lib, bunda  so’zlarning  va  gaplarning o’zaro  a’loqasini,  so’z  birikmalari  va gaplarning  turlarini,  birikish  usullarini  o’rganadi.

 

Mundarija

Natija

#1. Yaxshi asar muallifning kitobxonga in’om etgan qimmatbaho tortig’idir. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.

#2. Tobe va hokim qismlari yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang.

#3. Tobe qismi ham, hokim qismi ham yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmalarini aniqlang.1) yutuqdan ruhlanmoq; 2) bilimdon o‘quvchi; 3) ta’sirli so‘zlamoq; 4) tuyg‘ularni his qilish; 5) yurtdoshlarga g‘amxo‘rlik.

#4. Hokim qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang.

#5. Qaysi gapda vositali to‘ldiruvchiga tobelanib kelgan vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan?

#6. Tobe qismi sodda yasama fe’l bilan ifodalangan otli birikma qatnashgan gapni aniqlang.

#7. Qaysi gapda ham vositali to‘ldiruvchi, ham vositasiz to‘ldiruvchilarni bevosita tobelantirib kelgan kesim qatnashgan?

#8. Keksa bog’bonni hamma o ‘quvchilar hurmat qilishadi. Ushbu gapda qatnashgan so‘z birikmalari haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?

#9. Haqiqat tikanli gulga o’xshaydi, u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.

#10. Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang.

#11. Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang.

#12. Hayotjon G‘ulomjonning mardligiga, chidamliligi, qanoatliligi va sadoqatiga qoyil qoldi. Ushbu gapda gap bo‘laklari nechta so‘z birikmasini hosil qilgan?

#13. U o‘z yutuqlari va kelajakdagi rejalari haqida to‘lqinlanib gapirdi. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.

#14. Faqat hokim qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang.

#15. Tobe va hokim qismlari yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang.

#16. Turli podsholarni ko‘rgan Binoiy yosh Boburning halolligidan qattiq ta’sirlandi. Mazkur gapda qatnashgan so‘z birikmalari haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri?

#17. Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmalari qatnashgan gapni aniqlang.

#18. Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang.

#19. Yulduzni benarvon uradigan bunday odamlardan hayiqish kerak. Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi bor?

#20. Faqat hokim qismi yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmalarini aniqlang. 1) qat’iy ishonch; 2) jadal rivojlanmoq; 3) o‘tkir o‘roq; 4) aniq fikrlash; 5) gul taqdim etmoq.

#21. Ochiq derazadan Shodasoyning salqini va qayerdandir taralayotgan behi hidi xonaga kirdi. Mazkur gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri?

#22. Faqat hokim qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang.

#23. Hunarmand yigit o‘z kasbini, uyini, oilasini juda qadrlar ekan. Ushbu gapda tobe bog‘lanishlarda ham tobe, ham hokim qism bo‘la olgan nechta so‘z bor?

#24. Navoiy, Bobur, Mashrab singari mashhur shoirlar ruhi hamisha bizni insoniy kamolot sari chorlaydi.Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi mavjud?

#25. Hayotjon yosh G‘ulomjonning mardligi, chidamliligi va sabriga qoyil qoldi. Ushbu gap haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

#26. Tobe boglanishlarda ham tobe, ham hokim qism vazifasini bajargan vositasiz to‘ldiruvchi ishtirok etgan gapni aniqlang.

#27. Tobe qismi ham, hokim qismi ham yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmalarini aniqlang.1) chiroyli gapirmoq; 2) tez harakatlanmoq; 3) bilimdon o‘quvchi; 4) ta’sirli so‘zlamoq; 5) kitobxonlar ishtiroki.

#28. Bugun dalalar uzra bolakaylarning qichqirig‘i yangrar, quyosh jilmayib boqar, sarg‘aygan ko‘katlarda shudring jilolanardi. Ushbu gapda qatnashgan so‘z birikmalari haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?

#29. Qaysi gapda tobe va hokim qismlari yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmasi uchraydi?

#30. Jismoniy poklik – har kimning ishi, ma’naviy poklik esa vijdonning ishi.Ushbu gap haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri?

Oldingisi
Tugatish