Til haqida umumiy ma’lumot. Fonetika test

Til haqida umumiy ma’lumot. Fonetika test. Ona tili fanidan testlar to’plami. Abituriyentlaruchun blok test (2019).

Fonetika  tildagi tovushlar, ularning paydo bo‘lishi va turlari, nutq organlari, ularning tovush hosil qilishdagi harakat holati, nutq apparati, nutq tovushlarining akustik va artikulyatsion xususiyatlari, nutq jarayonida sodir bo‘ladigan turli xil fonetik hodisalar, nutqning fonetik bo‘linishi, tovushlarining kommunikativ roli hamda prosodika kabi hodisalar o‘rganiladi.

Demak, fonetika – (gr. Phone – tovush) tilning keng ma’noda tovush tuzilishini o’rganuvchi tilshunoslikning bo’limi. U tovushlar bilan bog’liq bo’lgan har qanday hodisalarni tekshiradi.

 

Mundarija

Natija

#1. Quyida berilgan qaysi gaplarda shakl yasovchi qoshimcha ta’sirida tovush o’zgarishi bilan yozilgan so‘z yasovchi qoshimcha qatnashgan?1) Sayroqi qushlar makoni bo‘lgan bu bog‘ endi xunuk manzara kasb etgan edi; 2) Unsin xola ko’rpaning chiroyli qavig‘iga qarab o‘z ishidan mamnun bo‘lardi; 3) U mayda tishli taroq bilan sochini avaylab taradi; 4) U do‘stiga qaynoq tilaklarini izhor qilmoqchi edi; 5) Nursultonning quvnoqligi atrofdagilarning ham kayfiyatini ko’tardi.

#2. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub?

#3. Millatning dahosi, aqli va ruhiyati maqollaridan bilinadi. Ushbu gapdagi nechta so‘z tarkibida jarangsiz til oldi undoshi qatnashgan?

#4. Qaysi javobda tarkibida jarangsiz til oldi undosh(lar)i ishtirok etgan yasama narsa otlari berilgan?

#5. Quyida berilganlardan tarkibida ng harflar birikmasi ishtirok etmagan so‘zlarni aniqlang. 1) sening; 2) donga; 3) shtanga; 4) qonguncha; 5) yengil; 6) ko‘ngach.

#6. Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha undoshlari jarangli til undoshlariga mansub bo‘lgan yasama so‘zlarni aniqlang.1) yolg‘izlik; 2) teshik; 3) guldor; 4) yozgi; 5) jigarrang; 6) diyor.

#7. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub?

#8. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub emas?

#9. Qaysi javobda berilgan ma’lumot to‘g‘ri emas?

#10. Qaysi gapdagi ega vazifasidagi so‘z tarkibida ishtirok etgan undoshlarning barchasi jarangli til undoshlari sanaladi?

#11. Ko‘p tilni bilish bitta qulfni ocha oladigan bir nechta kalitga ega bo’lishdir. Ushbu gapdagi tarkibida jarangsiz lab undoshi qatnashgan so‘zlar qaysi turkumga oid?

#12. Odobli, bilimdon, aqlli, mehnatsevar va iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning katta boyligidir. Ushbu gapdagi ot yasovchi qo‘shimchalar tarkibida nechta til oldi jarangli undosh ishtirok etgan?

#13. Hayotimizda kitobning ahamiyati beqiyosdir. Ushbu gapdagi qaratqich aniqlovchi tarkibida qatnashgan undoshlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping.

#14. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar tarkibida til orqa burun undoshi qatnashgan?

#15. Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan tub so‘zlar qatori berilgan?

#16. Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan yasama so‘zlar qatori berilgan?

#17. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub emas?

#18. Qaysi gapdagi undalma tarkibida 4 ta til oldi jarangli undosh qatnashgan?

#19. Quyida berilganlardan tarkibida ng harflar birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni aniqlang.1) dengiz; 2) singan; 3) kongress; 4) ko‘rdingiz; 5) tonggi; 6) osmonga.

#20. Fil kuchli, fildan ham til kuchlidir. Ushbu gapda nechta tub so‘z tarkibida jarangsiz til oldi undoshi ishtirok etgan?

#21. Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha undoshlari jarangli til undoshlariga mansub bo‘lgan yasama so‘zlarni aniqlang. 1) yig‘in; 2) tushuncha; 3) ozg‘in; 4) g‘ildirak; 5) ezgu; 6) yog‘li.

#22. O’g‘lim, sen uzumini yegin-u, bog’ini surishtirma. Ushbu gapda tarkibidagi barcha undoshlari jarangli til undoshlariga mansub bo‘lgan so‘z qanday sintaktik vazifa bajargan?

#23. Quyidagi qaysi vazifani bajaruvchi qo‘shimcha birgina til oldi jarangli undosh bilan ifodalanishi mumkin?

#24. Sovuqdan dag‘-dag‘ qaltirayotgan cho‘pon uzoqdan miltiqning ovozini eshitdi. Ushbu gapda qatnashgan taqlid so‘z tarkibidagi undoshlar haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

Oldingisi
Tugatish

Mavzulashtirilgan testlar>>