Morfemika test.morfemika va so’z yasalishi testlar. Abituriyentlar uchun Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar.
So‘zlar kopincha tarkibiy jihatdan turli qismlardan iborat bo‘ladi: Mustaqil-lik-ning 24 yil-lik bayram-i nishon-la-n-di. Ko‘rinyaptiki, gap tarkibidagi so‘zlar atash ma’nosini yoki grammatik ma’noni ifodalaydigan qismlarga bo‘lindi.
Ana shu kichik qismlarni o‘rganadigan bo‘lim morfemika(lot. morfe – shakl degani) deb ataladi.
Mundarija
Natija
#1. Tarkibida sifat, ot va fe’l turkumiga oid yasama so‘zlar ishtirok etgan gapni aniqlang.
#2. Tiniq osmon o ‘zining bor go’zalligi va malohatini cheksiz balandliklardan ulug‘vorlik bilan bizga ko‘z-ko‘z qilib turar edi. Ushbu gapda qatnashgan sodda yasama so‘zlar sonini aniqlang.
#3. Qaysi javobda shakldoshiga ega bo‘lgan asosdan yasalgan yasama so‘z berilgan?
#4. Qaysi javobda ma’noli qismlari asos + so‘z yasovchi + lug‘aviy shakl yasovchi + sintaktik shakl yasovchi tartibida joylashgan sifat turkumiga oid so‘z qatnashgan?
#5. Balki, u bugun uyiga vaqtliroq qaytar.Ushbu gap haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) bir o‘rinda fe’l nisbati qo‘shimchasi qatnashgan; 2) bir o‘rinda egalik qo‘shimchasi qatnashgan; 3) bir o‘rinda fe’lning munosabat shakli qo‘shimchasi qatnashgan; 4) 2 ta so‘z tarkibida ismning munosabat shakli qo‘shimchasi qatnashgan.
#6. Qaysi gapda sifat va fe’l turkumiga oid yasama so‘zlar qatnashgan?
#7. Tadbirimizga muhandislar, shifokorlar, o’qituvchilar, hisobchilar, iste’dodli qalamkashlar tashrif buyurishadi. Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub nechta yasama so‘z qatnashgan?
#8. Qaysi gapda yasama otdan yasalgan sifat qatnashgan?
#9. Qaysi javobdagi gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar tarkibidagi qo‘shimchalar soni har ikkala so‘zda bir xil?
#10. Zamonamiz yoshlari, siz shavkatli tariximizni qadrlashingiz, uni o‘z hissalaringiz bilan boyitishingiz kerak. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping.
#11. Yashash uchun foydali mehnat qilishni anglash insoniylikning birinchi shartidir. Ushbu gapda so‘z yasovchi qo‘shimchalar soni nechta?
#12. Dunyoviy bilim va hunarlarga ega bo’lgan yoshlarimizning fazilatlari haqida soatlab gapirishimiz mumkin. Ushbu gapda qatnashgan sodda yasama so‘zlar haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas?
#13. Hukmdor tortinchoq qora ko‘zlari hamisha mungli boqadigan qizini juda e’zozlar, doim holidan xabar olardi. Ushbu gapda sodda yasama so‘zlar soni nechta?
#14. Tarkibida ot, sifat va fe’l turkumiga oid yasama so‘zlar ishtirok etgan gapni aniqlang.
#15. Onaxon bir zum to’xtab, chorasizlikdan qiynalayotgan nabirasiga mehribonlik bilan dalda berdi. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang.
#16. Uning ilmoqdor, sho‘x so‘zlari dillarni to’lqinlantirar, gur-gur kulgiga sabab bo’lardi. Ushbu gap tarkibida nechta sodda yasama so‘z qatnashgan?
#17. Biz mustaqil 0‘zbekistonning farzandlarimiz. Bu yurtda yashashni biz o‘zimizga sharaf deb bilamiz. Ushbu parchadagi ismlarga mansub so‘zlar tarkibidagi munosabat shakllari sonini aniqlang.
#18. Sen o ‘z zanjirlaring ichida eng uqubatlisi, eng og‘riqlisi – tobelik va mutelik zanjirida; xalos bo’lding. Ushbu gapda nechta sodda yasama so‘z qatnashgan?
#19. Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan misollarning har birida bittadan qo‘shimcha bor?
#20. O‘rik – ra’noguldoshlar oilasiga mansub mevali daraxt. Mevasi etli, yumaloq, tuxumsimon, oq, sariq, qizg‘ish. Ushbu parchada necha o‘rinda yasama so‘zlar qatnashgan?
#21. Yoshlarimizni bilimli, mushohadali, ijodkor va faol shaxs sifatida tarbiyalash bugungi kunning asosiy vazifasidir. Ushbu gapdagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar soni nechta?
#22. Keksayganingda rohatda yashashni orzu qilsang, yoshlikda tinimsiz ilm o ‘rganishga harakat qil. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
#23. Qaysi javobda ma’noli qismlari asos + lug‘aviy shakl yasovchi + so‘z yasovchi + sintaktik shakl yasovchi tartibida joylashgan ot turkumiga oid so‘z qatnashgan?
#24. Bilimli kishi zarur gapni so’zlaydi, keraksizini aslo gapirmaydi. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
#25. Yashash uchun foydali mehnat qilishni anglash insoniylikning birinchi shartidir. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping.
#26. Shahar va qishloqlarda o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, bunyodkorlik ishlari avj olmoqda, chiroyli binolar qurilmoqda. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping.
#27. Halollikni va pok yashashni o ‘zi uchun hayotiy e’tiqod, oliy maqsad deb biladigan odamlardan yomonlik kutmaymiz. Ushbu gapda nechta sodda yasama so‘z qatnashgan?
#28. Qadimda bir badavlat kishining yolg‘iz o‘g‘l bo’lib, uquvsiz va mol-davlatni foydasiz ishlarga sarflaydigan bola edi. Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub nechta sodda yasama so‘z bor?
#29. Hikmatni anglamoqning o‘zi bir hikmatdir. Ushbu gapdagi ismning munosabat shaklini hosil qiluvchi qo‘shimchalar soni nechta?
#30. Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning har birida bittadan qo‘shimcha bor?























