Orfografiya test

Ona tilidan testlar to’plami. Orfografiya test.

Orfografiya  so’zining ma’nosi (grek. Orthos- «to‘g‘ri»+grapho – «yozaman») yozuv sistemasining grafikadan keyingi ikkinchi komponenti bo‘lib, u to‘g‘ri  yozish me’yorlarini belgilaydigan qoidalar tizimidan tarkib topadi. Bunday qoidalar tizimini o‘rganadigan fan (tilshunoslikning bir bo‘limi) ham orfografiya deb nomlanadi.

       Orfogramma – so‘zlarning yoki so‘z tarkibidagi fonema va morfemalarning imlo qoidalariga muvofiq yozilgan adabiy-orfografik shakli.

Grafika muayyan tilning fonetik-fonologik, leksik-semantik va morfologik birliklarini yozuvda ifodalash uchun maxsus shakllantirilgan optik-grafik belgilar tizimidir. Bu tizim belgilarining har biri grafik tilshunoslikda grafemalar sanaladi.  Yozuvning tovush tili bilan aloqasi, odatda, ana shu grafemalar vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun ular grafik tizimning eng asosiy strukturaviy-funksional  birligi hisoblanadi.

Grafema tashqi (moddiy) va ichki (mavhum) tomonlari bor bo‘lgan bilateral birlikdir. U shu ikki tomonning – ifodalovchi va ifodalanuvchilarning uzviy bog‘liq bo‘lishiga asoslanadi. Uni quyidagi chizmalar shaklida tavsiflash mumkin.

 

Mundarija

Natija

#1. Qaysi so‘zlarda e unlisi i ga monand aytiladi?

#2. Orfoepiya qanday ma’noni anglatadi?

#3. O‘zbek xalqi qadimda qay­si yozuvlardan foydalangan?

#4. n undoshi qachon m tarzida talaffuz qilinadi?

#5. o‘ unlisi qaysi so‘zlarda torroq talaffuz qilinadi?

#6. O‘zbek xalqi qaysi davrlarda lotin yozuvidan foydalangan?

#7. Qator kelgan unlilarning birini tushirib, boshqasini cho‘­ziqroq talaffuz qilish mumkin bo‘lgan so‘zlarga misol keltiring.

#8. Qanday hollarda i unlisi bilinar-bilinmas talaffuz qilinadi?

#9. Qaysi so‘zlarda e unlisi to‘liq talaffuz qilinadi?

#10. Adabiy me’yor asosida to­vush o‘zgarishiga uchragan so‘z­larni keltiring.

#11. o‘ unlisi qaysi so‘zlarda kengroq talaffuz qilinadi?

#12. Qaysi so‘zlarda a unlisi o unlisiga monand aytiladi?

#13. q va k undoshlari bilan tugagan so‘zlarga qanday qo‘shimchalar qo‘shilsa, har doim fonetik yozuv asosida yoziladi?

#14. Jarangli undoshlarni sanang.

#15. To‘g‘ri yozish me’yorlarini o‘rganuvchi bo‘lim qanday nomlanadi?

#16. Qator kelgan unlilar ora­siga bir undosh qo‘shib talaffuz qilish mumkin bo‘lgan so‘zlarga misol keltiring.

#17. 1) …unarli; 2) …or; 3) …ayol; 4) …alq; 5) …ayrli; 6) …ullas; 7) osh…ona; 8) …indiston; 9) a…loq; 10) …ola…vol; 11) …alokat; 12) e…timol; 13) …ushyorlik; 14) …atti-…arakat; 15) mu…lis; 16) …abar; 17) ba…il; 18) …asis; 19) …asad; 20) go…-go…; 21) me…natkash; 22) …ovuz; 23) …osil; 24) …uquq; 25) …iylakor; 26) …ato; 27) …okkey; 28) …o‘roz. Ushbu so‘zlarning qaysilarida bo‘g‘iz undoshi ishlatiladi?

#18. Qanday hollarda til oldi undoshi lab-lab tarzida talaffuz qilinadi?

#19. Orfografiya qanday ma’noni anglatadi?

#20. O‘zbek xalqi qaysi davrlarda arab yozuviga asoslangan eski o‘zbek yozuvidan foydalangan?

#21. Jarangsiz undoshlarni sanang.

#22. Nutq tovushlarining asosiy vazifasi nima?

#23. Nechta jaranglining nechta jarangsiz jufti bor?

#24. To‘g‘ri talaffuz me’yorlarini o‘rganuvchi bo‘lim qanday nomlanadi?

#25. Yangi o‘zbek alifbosini ayting.

#26. O‘zbek xalqi 1940-yildan boshlab qaysi yozuvdan foydalangan?

#27. Qaysi so‘zlarda o unlisi o‘ unlisiga monand aytiladi?

#28. So‘z oxirida talaffuzda qanday hodisalar kuzatilishi mumkin?

#29. Qaysi so‘zlarda tutuq belgisi yozuvda tushirib qoldiriladi?

#30. Qanday hollarda i unlisi u unlisiga monand aytiladi?

Oldingisi
Tugatish

Mavzulashtirilgan testlar>>