Vaqt haqida. Vaqtimizni o’girlaydigan ishlar

Abituriyentlar uchun eng kerakli narsa bu vaqtdir. Sahifamiz orqali vaqt haqida maqolani o’qib, bilib olishingiz mumkin.

Vaqt. Vaqtimizni o'girlaydigan ishlar

Vaqt – go‘yo hayot kiyimi to‘qiladigan iplar bo‘lib, uning pishiq va nafisligiga qarab hayot aziz hamda bebaho bo‘ladi.

Ulug‘ ajdodlarimiz kunlarini, vaqtu soatlarini foydali ish qilishga, go‘zal ahloqiy va ilmiy darajalarga yetishish yo‘lida sarflashga urinar edilar. Shuning uchun ham ularning bugunlari kechagisidan, ertangi kunlari bugungisidan a’lo bo‘lardi. Ular: “Vaqt qilichdir, agar sen uni kesmasang u seni kesadi”, – degan hikmatli so‘zga amal qilishgan.

O‘tayotgan kunimiz, vaqtimizdan ibrat olmog‘imiz lozim. Zero, kecha va kunduz yangilarni eskirtiradi, uzoqlarni yaqin qiladi, umrlarni qisqartiradi, yoshlarni qaritadi, keksalarni boqiylik sari yetaklaydi. Dono xalqimizda bir maqol bor, unda shunday deyiladi: “Vaqting ketdi, baxting ketdi”.

9ta vaqtimizni o’girlaydigan ishlar:

— Motivatsiya kelishini kutish

— Boshqa insonlarni fikridan havotirlanish

— Hamma narsadan shikoyat qilish

— Hamma insonga yoqishga harakat qilish

— Ozingizni boshqa insonlar bilan solishtirish

— Bir xil xatolarni qaytaraverish

— Hamma narsani mukammal qilib bajarishga intilish

— Muvafaqqiyatsizlikdan qo’rqish

— O’zligingizcha yashamaslik.

Vaqt haqida maqolamiz sizga manzur bo’ldi degan umiddamiz.

Abituriyentlar uchun testlar>>