Test sinovlarida qatnashish uchun to’lov miqdori qancha

Test sinovlarida qatnashish uchun to‘lov miqdori qancha? OTM ga hujjat topshirish>>

Test sinovlarida qatnashish uchun to’lov miqdori.

2025-yilda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari va o‘qishni ko‘chirish (perevod) test sinovlarida qatnashish uchun to‘lov miqdori oshirildi. Endilikda abituriyentlar va “perevodchilar” 206 000 so‘m to‘lov qilishlari kerak bo‘ladi.

Yangi to‘lov miqdori 2025.

  • O‘tgan yilda test sinovlarida qatnashish uchun 187 500 so‘m edi. Bu yil esa bu summa 206 000 so‘mni tashkil etmoqda. Bu o‘zgarish eng avvalo BHM (Bazaviy hisoblash miqdori) oshganligi bilan bog‘liq.

BHM va to‘lov summasining bog‘liqligi

Test sinovlarida qatnashish uchun to‘lov miqdori amaldagi tartibga ko‘ra BHMning 50%ini tashkil etadi.

  • 2024-yilda BHM – 370 000 so‘m → To‘lov – 187 500 so‘m

  • 2025-yilda BHM – 412 000 so‘m → To‘lov – 206 000 so‘m

Demak, BHM oshgani sababli test sinovi uchun to‘lov ham mos ravishda oshgan.

Qanday abituriyentlar to’lovdan ozod qilinadi?

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, quyidagi toifadagi abituriyentlar to‘lovdan ozod etiladi:

✅ O‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan maktab, litsey va kollej bitiruvchilari

✅ Nogironligi bo‘lgan shaxslar

✅ Mehribonlik uyi bolalari

✅ Bolalar shaharchasi bitiruvchilari

✅ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da ro‘yxatdan o‘tganlar va ularning farzandlari

✅ “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan yoshlar

Bu imtiyozlar abituriyentlarning ijtimoiy holatini inobatga olgan holda belgilanadi.

2025-yilgi oliy ta’limga kirish va o‘qishni ko‘chirish test sinovlarida qatnashish uchun summasi 206 000 so‘m etib belgilandi. Bu o‘zgarish BHMning oshganligi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, ayrim ijtimoiy toifadagi abituriyentlar test to‘lovidan ozod etiladi. Abituriyentlar va ularning ota-onalari bu ma’lumotlarga jiddiy e’tibor qaratishlari zarur.

my.uzbmb.uz saytidan ro’yxatdan o’tish