Sahifamiz orqali Prezident, Al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablarning 2025/2026-oʻquv yili uchun qabul kvotalari haqida batafsil bilishingiz mumkin.
Prezident, Al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablarning qabul kvotalari.
Prezident, Al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablarning 2025/2026-oʻquv yili uchun qabul kvotalari quyidagicha:
✔️ Har bir hududdagi prezident maktablariga 4-sinf bitiruvchilaridan 24 tadan o’quvchi qabul qilinadi. 14 ta hududda jami 336 ta
✔️ Al-Xorazmiy maktabi Toshkent shahri 4-sinf bitiruvchilaridan 60 ta o’quvchi qabul qilinadi.
Al-Xorazmiy maktabi Andijon, Samarqand va Qoraqalpag’iston filiallariga 4-sinf bitiruvchilaridan 72 tadan qabul qilinadi.
‼️ Al-Xorazmiy maktabining yangi ochilgan Buxoro, Farg’ona, Xorazm, Jizzax va Sirdaryo filiallariga 4-, 5-, 6-, 7-, 8-sinflar bitiruvchilari qabul qilinadi. Xorazmda 9-sinf bitiruvchilar ham qabul qilinadi.
✔️ Mirzo Ulug’bek maktabiga har yilgidek 6-sinf bitiruvchilaridan 40 ta o’quvchi qabul qilinadi.
✔️ Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar kvotalari bilan jadvaldan (https://portal.piima.uz/userfiles/files/2025/kvota/Ixtisos_2025.pdf) tanishib olishingiz mumkin.
Prezident maktabi testlari




















