Ona tili fanidan til bo’limlari haqida

Sahifamizda Ona tili fanidan til bo’limlari haqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan.

Ona tili fanidan til bo’limlari.

Fonetika – Bu bo‘limda nutq tovushlari, bo‘g‘in, urg‘u va intonatsiya (ohang) o‘rganiladi.

Grafika – Harf, alifbo, harf va fonema o‘rtasidagi munosabat, harflarning yozilish shakllari, turlari va so‘zlardagi o‘rni o‘rganiladi.

Orfografiya – So‘zlarning to‘g‘ri yozish qoidalari o‘rganiladi.

Orfoepiya – Nutq tovushlari va so‘zlarning to‘g‘ri talaffuz qilish qoidalari o‘rganiladi.

Leksikologiya – So‘zlarning atash (lug‘aviy, leksik) ma’nolari o‘rganiladi.

Leksikografiya – Bu bo‘limda lug‘at turlari o‘rganiladi.

Frazeologiya – Bu bo‘limda ko‘chma ma’noli birikmalar, ya’ni iboralar o‘rganiladi.

Dialektologiya – Bu bo‘limda til shevalari, ularning fonetik, lug‘aviy va grammatik xususiyatlari o‘rganiladi.

Punktuatsiya – Bu bo‘limda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llash qoidalari o‘rganiladi. Tinish belgilar 10 ta . , ; : … “” () – ?

Morfemika – Morfema (so‘z tarkibi – asos, qo‘shimchalar) so‘zning morfemik tuzilishi o‘rganiladi.
Grammatika – (grek. grammatika – “harf o‘qish va yozish san’ati”, “harf”)
Morfologiya – Bu bo‘limda so‘z turkumlari o‘rganiladi.
Sintaksis – Bu bo‘limda so‘z birikmasi, gap va undan yirik bo‘lgan birliklar o‘rganiladi.

Uslubiyat (Stilistika) – Og‘zaki va yozma nutq uslublarini o‘rganuvchi bo‘lim.

Mavzulashtirilgan online testlar