Alisher Navoiy asarlari nomi

Sahifada Alisher Navoiyning asarlari nomi, asarlarining yozgan yillari. Alisher Navoiy haqida buyuk mutafakkirlarning fikrlari keltirilgan.

Alisher Navoiy asarlari nomi.

1. Hayrat ul-abror.
2. Farhod va Shirin.
3. Layli va Majnun.
4. Sab’ai sayyor.
5. Saddi Iskandariy.
6. Lison ut-tayr.
7. Ilk devon.
8. Oqquyunli muxlislar devoni.
9. Badoye’ ul-bidoya.
10. Navodir un-nihoya.
11. G’aroyib us-sig’ar.
12. Navodir ush-shabob.
13. Badoye’ ul-vasat.
14. Favoyid ul-kibar.
15. Devoni foniy.
16. Tarixi anbiyo va hukamo.
17. Tarixi muluki ajam.
18. Nasoyim ul-muhabbat.
19. Holoti Sayyid Hasan Ardasher.
20. Holoti Pahlavon Muhammad.
21. Xamsat ul-mutahayyirin.
22. Majolis un-nafois.
23. Mahbubu-l-qulub.
24. Risolai muammo.
25. Muhokamat ul-lug’atayn.
26. Mezon ul-avzon.
27. Munshaot.
28. Munojot.
29. Sab’atu abhur.
30. Nazm ul-javohir.
31. Arbain.
32. Mufradot.
33. Fusuli arba.
34. Ruh-ul-quds.
35. Ayn-ul-hayot”
36. Tuhfat-ul-afkor.
37. Qutu-l-qulub.
38. Minhoju-n-najot.
39. Nasim-ul-xuld.
40. Hiloliya.

Alisher Navoiy haqida she’rlar

Navoiy asarlarining yozgan yillari bilan.

  1. – “Muhokamat ul-lugatayn” asarida – yoshlik chogida 50
    ming bayt (100 ming misra) sherni yod bilganini aytadi
  2. – 1465-1466-yillar – “Devon” tuzildi
  3. – “Ilk devon” – muxlislari tomonidan tuzilgan
  4. – 1472-1476- yillarda – ”Badoe ul- bidoya” (“Badiiylik
    ibtidosi”)
  5. – 1476-1483-yillarda – ”Navodir un-nihoya” (“Tuganmas
    nodirliklar”) devonini tuzdi
  6. – 1483-yil – ”Xamsa” ni yozishga kirishdi
  7. – 3 ta memuar asari – H.Ardasher, A.Jomiy, P. Muhammadga bagishlangan
  8. – tarixiy mavzudagi asarlari: “Tarixi mulki ajam”, “Tarixi
    anbiyo va hukamo”
  9. – “Tarixi mulki ajam” – “Ajam , yani arab bolmagan
    mamlakatlar tarixi”
  10. – “Tarixi anbiyo va hukamo” – “Paygambarlar va
    donishmandlar tarixi”
  11. – “Mezon ul-avzon” (“Vaznlar olchovi”) – aruz vazniga
    bagishlangan asari
  12. – “Majolis un-nafois” (“Nafis majlislar”) – tazkirachilikka oid asari
  13. – “Sabatu abhor” (“Yetti dengiz”) – lugatshunoslikka oid asari
  14. – “Muhokamat ul-lugatayn” (“Ikki til muhokamasi”) –
    tilshunoslikka oid asari
  15. – 1490-yilda – “Xazoyin ul-maoniy” (“Manolar xazinasi”)
    asari yozildi
  16. – “Devoni Foniy”- fors tilida yozgan sherlariga qollagan
    taxallusi
  17. – “Nasoyim ul-muhabbat” (“Muhabbat shabadalari￾Sharqda otgan mashhur shayxlar, sofiylar hayoti haqida
    malumot beruvchi asari
  18. – “Lisson ut-tayr” – Navoiyni umr boyi xayolini band etgan va yozishni istab yurgan asari
  19. – “Munshoat” (“Xatlar”) – xat va yozishmalardan tashkil
    topgan asari
  20. – “Mahbub ul-qulub” (“Kongillarning sevgani”) – eng
    songgi asari
  21. – “Hayrat ul- abror”( “Yaxshi kishilarning hayratlanishi”)
  22. – “Xamsa”sining birinchi dostoni
  23. – “ Farhod va Shirin” –“Xamsa”sining ikkinchi dostoni
  24. – “Layli va Majnun” – “Xamsa”sining uchinchi dostoni
  25. – “Sabai sayyor” – “Xamsa”sining tortinchi dostoni
  26. – “Saddi Iskandariy” – “Xamsa”sining beshinchi dostoni
  27. – “Sabai sayyor”- Mehr, Suxayl, Jobir, Numon va Navdar kabi qahramonlar “Xamsa”dagi qaysi doston qahramonlari
  28. – “Mehr va Suxayl” – “Sabai sayyor”ning beshinchi hikoyati.

Alisher Navoiy haqida fikrlar.

(10-sinf adabiyot darsligi asosida)

Abdurahmon Jomiy

Kel, Jomiy, umr bo‘yi mashaqqat tortib, ko‘nglingdan shu «besh ganj»ni dunyoga chiqarding. Sening bu «Besh»ing («Xamsa»ng) shunday kuchli panja bo‘ldiki, daryokaflar qo‘li buralib ketdi… Biroq har xazina o‘lchovchi (ya’ni yetuk shoir) qalamidan bu o‘tar dunyo «Besh xazina» bilan boyigandir. U «Besh»liklarga sening «Besh»ing qachon tenglashardi? Ularning bir xazinasi sening yuz xazinangdan yaxshidir.

Xususan, u panjaki, ganjadan sarpanja urganda Sher kabi o‘z sarpanjasini urdi, turkiy tilda bir ajoyib qo‘shiq kuyladiki, jodu nafaslilar og‘zi muhrlandi. Bu qalamga falakdan ofarinlar yog‘ilsin! Chunki bu yoqimli naqshni o‘sha qalam yaratdi va forsiy til egalari, forschanazm durlarini tuzuvchilarga rahm qildi: u ham shu forsiy tilda yozganda boshqalarga so‘z aytishga majol qolmasdi.

Bu mo‘jizakor nazm tarozisi qarshisida Nizomiy kimu, Xusrav kim bo‘ldi? U boshqa tilda so‘z yuritganidan aqlga oradagi farqni ajratish uchun yo‘l qolmadi. Ey (Navoiy), sening tab’ing so‘z ustodidir. Qalaming ochqichi bilan so‘z eshigini ochding. Ravnaqdan qolib ketgan va xorlik burchagidan o‘rin olgan (turkiy) so‘zga sen yangidan obro‘ berding. Uni ijod maydoniga olib chiqding. U sening ra’ying nuridan safoli bo‘ldi, lutfing navosi (boyligi)dan navoli (bahramand) bo‘ldi.

Rashidiy.

U (Alisher Navoiy)ning kelib chiqishi baxshilarga borib taqaladi. Otasini «Kichkina baxshi» deyishgan, u saroyda amaldor bo‘lgan. Mir Alisher bolalikdan Sulton Husayn mirzo bilan do‘stlashgan. Sulton Husayn mirzo podshoh bo‘lgach, Alisher Navoiy uning xizmatiga kelgan, mirzo uni behad qadrlab, g‘amxo‘rliklar ko‘rsatgan, Mir Alisher esa xalqqa xuddi shunday g‘amxo‘rlik qilgan.

Hakimshoh Qazviniy.

Hech kim turkiy she’rni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini undan yaxshiroq socha olmagan.

Xondamir.

874-yilning boshlarida Mirzo Yodgor Muhammad Hasanbek turkman yordami bilan Xurosonni qo‘lga kiritish payiga tushdi. Sultoni Sohibqiron (Husayn Boyqaro) esa bir to‘da amir va qo‘shinni dushmanga qarshi yuborib, ular orqasidan o‘zi ham jo‘nadi. Nusrat nishonli bayroqlar Mashhaddan o‘tganda, dushmanning yaqinlashgan xabari ilg‘or askar boshliqlariga ketma-ket eshitildi.

Shu sababdan zafar bayroqli podsho dushman tomonga tezlik bilan harakat qilish xohishini bildirdi. Ammo uning muborak tiliga vaqt belgilash uchun munajjim chaqirilsin degan so‘z keldi. Bu vaqtda ulug‘ martaba egasi va hazrat sultonning yaqin do‘sti (Alisher Navoiy) arz qildiki, munajjim chaqirib, paytning yaxshi-yomonligini hozirda tekshirishning foydasi yo‘q.

Chunki payt muvofiq bo‘lsa yo bo‘lmasa ham ishini kechiktirish mumkin emas va tezlik bilan harakat qilish lozim»… Biroz yurilgandan keyin ishni boshlash uchun otlanib chiqishning maqsadga g‘oyatda muvofiq ekanligi aniq ma’lum bo‘ldi. Garchi oliy hazratga o‘zidagi tab’ quvvati va qobiliyati ko‘pligi jihatidan har ikki nav, ya’ni turkiy va forsiy she’rlar muyassar bo‘lsa-da, uning o‘tkir tab’i (ning moyilligi) forsiychadan ko‘ra turkiychaga ortiqroq edi.

Zahiriddin Muhammad Bobur.

Alisherbek naziri yo‘q kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas. Olti masnaviy kitob nazm qilibtur, beshi «Xamsa» javobida, yana biri «Mantiq ut-tayr» vaznida «Lison ut-tayr» otliq. To‘rt g‘azaliyot devoni tartib qilibtur: «G‘aroyib us-sig‘ar», «Navodir ush-shabob», «Badoyi ul-vasat», «Favoyid ul-kibar» otliq.

Yaxshi ruboiyoti ham bor. Yana «Mezon ul -avzon» otliq aruz bitibtur… Forsiy nazmda «Foniy» taxallus qilibtur. Yana musiqiyda yaxshi nimalar bog‘labtur. Yaxshi naqshlari va yaxshi peshravlari bordur.

Alisher Navoiy mavzusida testlar