Bilim, ilm, ilmsizlik haqida maqollar

Bilim, ilm, ilmsizlik haqida maqollar.

Bilim haqida maqollar.

Ilm – insonning eng katta boyligi, jaholat esa uning eng katta dushmanidir. Bilim orttirgan odamning ko‘ngli keng, so‘zi ravon, yo‘li esa yorug‘ bo‘ladi. Maqollarimizda ilm va jaholat, bilim va ilmsizlik haqida ko‘plab dono fikrlar jamlangan. Ular yoshlarni o‘qishga, ilmga intilishga chorlaydi, jaholatdan ogohlantiradi. Endi sizga ilm va bilimning qadrini anglatadigan hikmatli maqollarni taqdim etamiz.

Do‘st do‘stlikda toblanar, Bilim — tortishuvda.

Bor — bilimtoy, Yo‘q — horimtoy.

Oltin yerda qolsa ham, Bilimli yo‘lda qolmas.

Ustoz bilimli — shogird ilmli.

Bilim – insonning qanoti, mehnat – uning kuchi.

Bilim oshgan sayin, ko‘ngil ochiladi.

Avval bil, keyin qil.

Avval o’rgan, keyin o’rgat.

Avom tabib — ofati jon.

Avrasang, oqil bo’lar,
Bovrasang, botir bo’lar.

Aql ko’pga yetkazar,
Hunar — ko’kka.

Barakat — mag’izda,
Hunarli qo’l — og’izda.

Baxt belgisi — bilim.

Behunaming hunari — yalqovlik.

Bilagi zo’r birni yiqar,
Bilimi zo’r — mingni.

Bilak bilan bitmagan
Bilim bilan bitar.

Bilgan bilganin ishlar,
Bilmagan barmog’in tishlar.

Bilgan bitirar,
Bilmagan yitirar.

Bilgan o’zar,
Bilmagan to’zar.

Bilgan o’qir,
Bilmagan to’qir.

Bildirish uchun bihsh kerak.

Bilim — aql chirog’i.

Bilim baxt keltirar.

Bilim — davlatdan qimmat.

Bilim — kuchda,
Kuch — bilimda.

Bilimli — olim.
Bilimsiz — zohm.

Bilimliga dunyo yorug’,
Bilimsizga — qorong’u.

Bilimlining bilimi yuqar,
Bilimsizning nimasi yuqar.

Bilishim,
Bilishimga tushar bir ishim.

Bilimsiz kishiga ish yo’q,
Ilmsiz kishiga osh yo’q.

Vaqt haqida maqollar

Bilimsiz mulladan ustiga yuk ortilgan eshak yaxshi.

Bilimsiz xalfa — ekinsiz dala.

Bilmagan ayb emas,
Bilishga tirishmagan ayb.

Bilmagan ishga urinma,
Urinib tuzoqqa ilinma.

Bilmagandan bilgan yaxshi,
To’g’ri ishni qilgan yaxshi.

Bilmaganni so’rab o’rgangan olim,
Orlanib so’ramagan o’ziga zolim.

Bilmaganning bilagi tolmas.

Bilmas tabib jon olar.

Bilmasang, bilgandan so’ra.

Bir yigitga yetmish hunar oz.

Bir yigitga qirq hunar oz.

Bol tutgan barmog’ini yalar,
Hunari bor — ermagini.

Go’zallik — ilm-u ma’rifatda.

Davlat tugar, bilim tugamas.

Didli yigit — ilmli yigit.

Dorboz dordan o’lar,
Morboz — mordan.

Joni borning g’ami bor,
Kasbi-kori nomi bor.

Ilm haqida maqollar.

Zehn qo’ysa, ong qo’nar,
Hunar ortsa, ish unar.

Zehn qo’ysang bilimga,
Ilm tomar dilingga.

Ilm — aql bulog’i,
Aql — yashash chirog’i.

Ilm baxt keltirar,
Bilim taxt keltirar.

Ilm — yorug’lik,
Jaholat — zuimat.

Ilm izlagan yetar,
Izlamagan — yitar.

Ilm istasang, takror qil.

Ilm ko’p, umr oz,
Keragini o’qi.

Ilm olish — nina bilan quduq qazish.

Ilm olishning erta-kechi yo’q.

Ilm topmay, maqtanma.

Ilm — tubsiz quduq.

Ilm — egarlangan ot,
Bilganga — do’st,
bilmaganga — yov.

Ilm o’lchovi — aql,
Zehn o’lchovi — naql.

Ustoz haqida sherlar bolalar uchun.

Ilm qog’oz qatida emas, miya qatida.

Ilmi borni yosh dema,
Ilmi yo’qni bosh dema.

Ilmi yo’qning ko’zi yumuq.

Ilmli odam — ilikli suyak.

Ilmli olar, Ilmsiz oldirar.

Ilmli uy — charog’on,
Ilmsiz uy — zimiston.

Ilmlining so’zi — o’q.

Ilmni mehnatsiz egallab bo’lmas.

Ilimning avvali achchiq,
So’ngi — totli.

Ilmsizlik haqida maqollar.

Ilmsiz bir yashar,
Ilmli ming yashar.

Ilmsiz bosh qashir,
Xushomadgo’y gap tashir.

Ilmsiz imomdan tuxum qilmaydigan tovuq yaxshi.

Ilmsiz kishi o’limga yaqin.

Ilmsiz olim — to’qimsiz eshak.

Ilmsizga ishonch yo’q,
Hunarsizga quvonch yo’q.

Ilm-u hikmat suvni yondirar.

Ilm-u hunar yelga emas, elga.

Imoni yo’qning burdi yo’q.

Yigit husni — hunar.

Kasb—kasb, tubi—nasib.

Kasbning yomoni yo’q.

Kitob — aql qayrog’i.

Kitob ko’rmagan kalla —
Giyoh unmagan dala.

Kitobsiz aql — qanotsiz qush.

Ko’rib bilish yaqinni,
O’qib bilish uzoqni.

Meros moli to’zadi,
Merosli hunar o’zadi.

Miltiq ko’targan bilan ovchi bo’lmas,
Dag’dag’a solgan bilan — dovchi.

Mulla bilganin o’qir,
Bo’zchi bilganin to’qir.

Mulla bilganin o’qir,
Tovuq ko’rganin cho’qir.

Mulla bo’lsang, takror qil,
Dehqon bo’lsang, shudgor qil.

Ogohlikni ko’rdan o’rgan,
Donolikni — ilmdan.

Oz-oz o’rganib usta bo’lur.

Ozdan yig’ilib daryo bo’lar,
So’rab-so’rab dono bo’lar.

Oltin olma, bilim ol,
Bilim olsang, bilib ol.

Ota kasbi — davlat kasbi.

Ota hunari — bolaga meros.

Otolmagan yoy tanlar.

Otolmagan ovchi yoyidan ko’rar.

Piligi yo’q chiroq yonmas,
Biligi yo’q yigit yaramas.

Piling kuchli bo’lguncha,
Biliming kuchli bo’lsin.

Poxoldan somon chiqmas,
Qo’poldan olim chiqmas.

Sa’va ishi — sayramoq,
Ho’kiz ishi — xirmon yanchmoq.

Tasbeh ag’darganning bari mulla emas,
Tayoq tutganning bail cho’pon emas.

1-2-3-4-sinf o’quvchilari uchun diktantlar to’plami