Mundarija
Diktantlar to’plami.
1-2-3-4-sinf o’quvchilari uchun diktantlar to’plamini yuklab olishingiz mumkin.Diktant yozish uchun matnlar. Bu to’plamda do’stlik haqida diktant, maktab haqida diktant 2 sinf uchun, kitob haqida diktant, qish fasli haqida diktant kabi diktantlar mavjud.
1-sinf uchun diktantlar.
Tinchlik
Biz tinchlik istaymiz. Dunyo xalqlari ham tinch yashashni xohlaydilar.
Kitob
Akam kitob berdi. Kitob rasmli, qiziq ekan. Uni ukalarimga o’qib berdim. Ular xursand bo’lishdi.
SHirin olma
Kecha buvim keldilar. Menga olma berdilar. Yuvib yedim. Juda shirin ekan. Buvimlarga rahmat aytdim.
Bizning oila
Oilamiz katta. Buvim, otam, onam, akam va ukam bor. Biz bir-birimizga mehribonmiz.
Qishloq
Biz qishloqda yashaymiz. Qishlog’imiz obod bo’lmoqda.Yangi binolar qurilmoqda. Qishloq ko’chalari keng va chiroyli.
Gulzor
Hovlimizda gulzor bor. Gulzorda turli gullar ochilgan. Gullarni yaxshi parvarish qilamiz.
Yomg‘ir
Osmonda bulut ko’rindi. Yomg’ir yog’di. Changlar bosildi. Havo tozalandi. Yomg’ir tindi. Quyosh chiqdi.
2-sinf uchun diktantlar.
Kutubxona
Sinfimizda kutubxona tashkil qildik. Kutubxona uchun kitob olib keldik.
Sirkda
Sirkka bordik. Katta tomosha bo‘ldi. Ayiq, fil o’ynadi. Otlar to‘siqdan sakradilar.
So‘zlash odobi
Suhbatlashganda shoshmay gapiring. Har bir so’zni to’g’ri talaffuz qiling. Ovozingiz yoqimli bo’lsin.
Bog‘dorchilik
Bog’lar tabiatni bezaydi. Ularda turli noz-ne’matlar yetishtiriladi. 0 ‘zbekistonda bog’lar ko’p.
3-sinf uchun diktantlar.
Ahillik
Chumoli ovqat izlab yurardi. U bir dona bug’doyni ko’rib qoldi. Chumoli bug’doyni iniga olib kelmoqchi bo’ldi. Uni m ahkam lishlab tortdi. Bug’doynmg u yon, bu yoniga o’tdi. O’rnidan qo’zg’ata olmadi. Bu haqida o’rtoqlariga xabar berdi. Ular kelishdi. Birgalikda bug’doyni inlariga olib ketishdi.
Sabzavot davrasida
Biz sabzavot dalasiga bordik. U yerda ish qizg’in. Kartoshka va sabzi kovlanmoqda. Karam uzilmoqda. Darrov biz ham yordam berishga kirishdik. G’ani sabzilarni qopga soldi, Karim kartoshka terishga yordamlashdi. Zokir bilan Umar zambilda karam tashidi.
Kuz
Bolalar rasm chizdilar. Kuz ko‘rinishini sariq rangga bo’yashdi. Nega shunday qilishdi? Chunki kuzda darax tbarglari sarg’ayadi. Barglar ham sariq bo’ladi. Nega kuzda
sovuq shamol esadi? Chunki quyosh yerni kamroq isitadi.
Jazo
G’ani daraxt shoxidagi qushning inini ko’rib qoldi. Inda qush bolalari chug’urlashib yotardi. G’ani qush bolalarini olmoqchi bo‘ldi. Daraxtning eng baland sboxiga chiqdi.Endigina inga qo’l uzatgan edi, shox sinib ketdi. G’ani yiqilib tushdi. Uning oyog‘i qattiq og’ridi.
Kitob o’qish qoidasi
Kitob o’qiyotganda uni g’ijimlamang. Kitobni yotib o’qish zararli. Kitobni yorug’lik chap tomondan tushadigan joyd a o’q in g U ni ko‘zga yaqin ushlab o’qimang. Ko’zingiz toliqadi. Kitobni buklash yaramaydi. Kitobingizda hamisha xat cho’p bo‘lsin. Kitobning nomi va muallifini yozib borishga o’rganing.
O’rik
Mevalar ichida o’r ik aloh id a xususiyatlarga ega. U foydali moddalarga boy.O’rik erta bahorda och pushti bo’lib gullaydi. Mevalari avval yashil ra n g d a bo’lib, so‘ng kattalashadi. May, iyun oxirida sarg’ayib yetiladi.O’zbekistonda juda ko‘p o’rik navlari mavjud. Ulardan turli xil sharbatlar qilinadi. Mevalari quritilib, turshak, bargak tayyorlanadi.
Oltin kuz.
Kuz chiroyli fasl. Atrof zarin ranqda tovlanadi. Dala,ish qizg‘in. Bog’larda mevalar pishgan.
4 – sinf uchun diktantlar.
Daryo bo’yida.
Soli N orin daryosi haqida ko‘p narsalar eshitgan edi. Ubu yilgi ta’tilda daryoning o‘zini ko’rishga muyassar bo’ldi.(19 so’z)
Kitob — oftob
Biz kitobni sevamiz. Bo’sh vaqtlarim izda har xil ertaklar va hikoyalar o ‘qiymiz.Maktabim izda «Kitob — bilim manbayi» mavzusida kitobxonlik kechasi bo’lib o’tdi. (22 so’z)
Kuz tasviri
Kech kuz. Salqin shamol esdi. Sariq, qizg’ish barglar yerga sochildi. Kuz tabiatini tom osha qilish uchun bog‘ga chiqdim. Atrof jim-jit, onda-sonda qushlarning cho’ziq tovushi eshitiladi. Ular bu joylar bilan xayrlashib, janubga yo‘1 olmoqdalar.
Bog’dagi mevalar allaqachon yig’ib olingan. O’t-o’lanlar sarg‘ish tusga kirgan. Q urt-qum ursqalar inlariga yashirindilar. Men tabiatni to’yib-to’yib tomosha qildim. Uni rasmda
ifoda etish uchun bo’yoqlar hozirladim. Mana, mening chizgan rasmim. Balki o’xshagandir-a?
Kitob diktant.
Kitob — inson m a’naviy dunyosining boyishi, fikrlash doirasining kengayishiga katta yordam beruvchi vosita. Uni doim o do‘st tutish, un d an ko‘p narsalarni o ‘rganishga
harakat qilish lozim. Ko’p kitob o’qigan bola asardagi fikrlarni o‘z qalbigajoylaydi. Yurt ravnaqi uchun xizmat qilishga, yaxshi insonlar qatoridan o ‘rin olishga harakat qiladi.
Kutubxona — nurxona. Kutubxonaga tez-tez boradigan bola, albatta, ko‘p narsalarni biladi. Chunki kitoblar inson umrining serm azm un o ‘tishiga, ilmli, bilimli bo’lishiga
yordam beradi.
Qish diktant.
Har faslning o’z fazilati va o’ziga xos xislati bor. Qish fasliar ichida chiroyga boy, go’zal fasldir. Qishda hammayoq oppoq qor bilan qoplanadi. Havo musaffo, yoqimli bo’ladi. Kishi qancha nafas olsa ham,to’vmaydi. Qish tongi kishiga o’zgacha orom beradi. Quvosh
tog’lar ortidan qizarib chiqadi. Qorlar mayda zarralardck,turli-tuman rangda yaltiraydi. Daraxtlar oq kiyimga burkanadi. L iar xuddi xavol surib turganday tuvuladi. Bu faslda
bolalar turli o’yinlar o’ynab quvonadilar. (68 so’z)
Navro‘z bayrami
21-mart kuni Navro’z bayrami nishonlanadi. Shu kuni dehqonlar yerga baraka urug’i sochadilar. Bir-birlariga yaxshi tilaklar bildiradilar.
Navro’z kuni sumalak, halim pishiriladi, Bayram dasturxoni yoziladi. O’yin-kulgi, katta sayl bo’ladi. Milliy kurash, darbozlar tomoshasi bo’ladi. Navro’z bayrami
tantanali o’tadi.
Non haqida diktant.
Onam har tongda issiq non yopib, dasturxonga qo’yadilar. Bo’rsildoq nonlardan yoqimli hid taraladi. Boboni: «Non aziz va mo’tabar, uni isrof qilmanglar. Uning ushog‘i h am to’kilmasin, uvol bo’ladi», deydilar. O’ylab ko’rsam, har kuni bir-ikki ushoq to’kilsa, bir
yilda qancha bo’ladi? Ushoqlari to’plansa, bir necha non bo’ladi-ku. Uvol, isrof degan so’zlar m a ’nosini yaxshi uqib olish zarur. Ba’zi bolalar nonning ushoqlarini to’kib yebyuradilar. Bu madaniyatsizlik hisoblanadi. Siz yaxshilardan namuna oling. Nonni uvol qilmang! (73 so’z)
Vatan haqida diktant bolalar uchun.
Vatan — inson tug’ilgan muqaddas joy. Vatan tushunchasi va unga bo’lgan muhabbatabadiydir. Shuning uchun biz ona Vatan deb ulug’laymiz.
Mashhur yozuvchi va shoir Oybek bobomiz Vatanni shunday ta’riflaganlar:
Bir o’lkaki, tuprog’ida oltin gullaydi,
Bir o’lkaki, qishlarida shivirlar bahor.
Bir o’lkaki, sal ko’rmasa quyosh sog’inar…
Bir o’lkaki, g’ayratidan asabi chaqnar.
Vatanni sevish, ardoqlash barchamizning insoniy burchimizdir.
Biz XXI asr avlodimiz diktant.
XXi asrda yashash, ijod qilish, yurtimiz, xalqimizga xizmat qilish katia baxt. XXI asr — fan. madaniyat, san’at va sanoatimizning tezkor rivojlanish asridir. Bolalar, siz XXI asrda ulg’ayib, kelajakda buyuk ishlar qilishni o’ylab ko‘ring. Buning uchun ko‘p mutolaa qiling. Balls va munozaralar uyushtiring, mustaqil fikrlashni o’rganing.
XXI asr texnik asr deb atalmoqda. Chunki texnika tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Hatto 2012-yilda Ispaniya davlati olimlari orbitada birinchi mehmonxona ochishni
loyihalashibdi. Taniqli arxitektor Ksave Klaramun bu mehnomxonani qurish uchun 3 milliard funt kerakligini hisoblabdi.
Zavq ulashib,
Ko‘z qamashib,
Yog’ar pag‘a-pag‘a qor.
Har bir uchgan
To’glik uchun
Sepin yovar har nahor.
Suv — ob-hayot haqida.
Suv — hayot manba zim. Suvnimusaffo saqlash kerak. Shunda inson salomatligi ham
yaxshi bo’ladi.Suvni isrof qilmaslik har bir insonning burchi. Atrofimiz go’zalligi, no z-ne’matlarning serob bo’lishi ham suvga bog’liq. Keyingi paytlarda suvga e ’tibor susaydi.
Ariqlardan toza suv oqmay qo’ydi. Chunki ariqlarga iflos narsalarni tashlaydilar. Bu ish esa katta gunoh. Suvga munosabatni o’zgartirish kerak. Bu ishda o’quvchilar
kattalrning yordamchisi bo’lishi zarur. Biz sinfimizda suv haqida suhbat o’tkazdik. (78 so‘z)
Ta’tilda diktant.
O’quv yili tugagach barchamiz kun tartibimizni qaytadan tuzamiz. Chunki endi bizning bo’sh vaqtimiz ko’p bo’ladi. Undan unumli foydalanish rejasini o’vlab,vaqtimizni tejaymiz va foydali ishlar qilamiz. Hammamiz katta bolalar bo’lib qoldik. Oilamizda dastyor, yordamchi boiishimiz kerak. Ota-onalarimizga yaqindan ko’mak berib, ularni xursand qilishimiz lozim.
Masalan, uylarni toza va saranjom tutishga, kiryuvishda, idish-tovoqlarni orasta tutishda bizning hissamiz bo‘lishi kerak. Uka-singillarimizni o ‘ynatish, ularga turlikitoblar o ‘qib berisli ham bizning vazifamizdir. Do’kondan non, mayda-chuyda xarid etishni ham bilishimiz kerak.Uy hayvonlari, parrandalarni boqish, gullarni parvarish qilish biz uchun ham qiziqarli, ham foydalidir.
Diktantlar to’plami boshlangich sinflar
Диктантлар-тўплами-yangi-va-mukammal




















