Yaxshilik va yomonlik haqida maqollar.
Yaxshilik va yomonlik haqida maqollar.
Inson hayoti yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi tanlovlardan iborat. Kim ezgulik yo‘lini tanlasa, uning ishi ham, nomi ham yorug‘ qoladi. Yomonlik esa insonni ham, uning atrofini ham zulmatga yetaklaydi. Ajdodlarimiz donishmandlik bilan aytgan maqollarida yaxshilikning barakasi va yomonlikning oqibati haqida chuqur ma’noli hikmatlarni qoldirganlar. Shu bois maqollar xalqimizni doimo ezgulikka chorlab, yomonlikdan qaytarib keladi.
Ajalga davo yo’q,
Yomonga — balo.
Asl odam hech o’lmas.
Aslning xatosi bo’lmas,
Yomonning oshnasi bo’lmas.
Achchiqni achchiq kesar.
Bast etgan o’zar,
Qasd etgan to’zar.
Baxtiyor bo’lsa zamon,
Noshukur bo’lma — yomon.
Baxshi bor joyda yaxshi bor.
Bezoridan hamma bezor.
Bekorchidan bezib qoch,
Chaqimchidan — ko’chib.
Beli og’rimagan bel bo’lmas,
Birovning xizmatin bilmas.
Beqo’nimga qo’nim yo’q,
Yomon odamga — o’lim.
Bir ilon bir uy odamni tinchitmas.
Bir kalning hiylasi
Qirq kishini charchatar.
Bir kishi ariq qazar,
Ming kishi suv ichar.
Bir kun tuz ichgan joyga
Qirq kun salom ber.
Bir ko’ngil imorati —
Ming Makka ziyorati.
Bir so’zlining yuzi — yorug’,
Munofiqning yuzi — choriq.
Bir tulki yetti bo’rini yetaklar.
Bir yaxshi bilan bir yomon kelishar,
Ikki yomon kelishmas.
Bir qorin moyni bir qumaloq buzar.
Birniki — mingga,
Mingniki — tumanga.
Birning kasofati yuzga,
Yuzniki — mingga.
Birov tuzar, birov buzar.
Birov o’lmay, birov kun ko’rmas.
Birovga kesak otsang,
U senga tosh otadi.
Birovga choh qazima, o’zing tusharsan.
Birovning aybiga ko’z-quloq bo’lma.
Birovning so’zi yaxshi,
Birovning — o’zi.
Boboning tol ekkani —
O’ziga nom ekkani.
Bola bezori — kishi ozori.
Bu dunyo o’tar-ketar,
Yuzi qoralik qolar.
Bug’doydan—bug’doy,
Arpadan—arpa.
Vijdonsiz kishidan o’pkalama.
Gina — adovatning qo’shnisi.
Gul tikanin zahri yomon,
Qizmondaning qahri yomon.
Gunohi — meniki, savobi — sizniki.
Guruchning kurmagi bor,
Yomonning to’qmog’i bor.
Go’ringdan suv chiqmasin,
Uyingdan — quv.
Davlat bitsa yomonga,
O’zin sanar xoqonga.
Daryoga yaxshilik qilsang,
Ajrini biyobondan topasan.
Dili qora — till qora.
Dili qoraning qilmishi — qiyiqlik.
Dilozori — xudobezori.
Dod qoldirma, ot qoldir.
Dog’ ostida dog’ qolmas.
Dunyo yorug’ bo’lsin desang,
Uyingga chiroq yoq.
Dutorsiz baxshi bo’lmas,
Yomonsiz — yaxshi.
Dushmaningni asal bilan bo’g’.
Dushmanni musht bilan urma,
Osh bilan ur.
Yer to’ydirar, o’t kuydirar.
Yer qattiq bo’lsa, ho’kiz ho’kizdan ko’rar.
Yovdan yaxshilik chiqmas.
Yovdan yaxshilik yuqmas.
Yomon ayg’irda yol bo’lmas,
O’larmonda hoi bo’lmas.
Yomon arava yo’l buzar,
Yomon xotin — uy.
Yomon arida bol bo’lmas,
Suvsiz yerda — tol.
Yomon atalib tirik yurguncha,
Yaxshi atalib o’lgan yaxshi.
Yomon atlas bilan ham yomon.
Yomon baliq suv loyqatar.
Yomon baxil bo’lar,
Yaxshi — anil.
Yomon bilan yer qo’shni ham bo’lma
Go’r qo’shni ham bo’lma.
Yomon bilan yotma,
Erta turib aytma.
Yomon bilan yo’ldosh bo’lma,
Nodon bilan — sirdosh.
Yomon bilan yo’ldosh bo’lsang,
Yomondan burun o’lasan.
Yaxshi bilan sirdosh bo’lsang,
Yaxshilik bilan unasan.
Yomon bilan so’z olishguncha,
Ko’cha alish.
Yomon bilan yurguncha,
Yolg’iz yurgin o’lguncha.
Yomon bilan yurdim, qoldim uyatga,
Yaxshi bilan yurdim, yetdim niyatga.
Yomon bilan yursang, yomon boiasan,
Yaxshi bilan yursang, omon boiasan.
Yomon bola ko’zidan,
Bilinadi so’zidan.
Yomon buzoq yopig’in yer.
Yomon buqa o’z boshiga o’t yer.
Yomon gap yer tagida uch yil yotar.
Yomon yovga bo’lishar.
Yomon yovdan qochar.
Yomon yomon bilan.
Yaxshi zamon bilan.
Yomon yoniga yon olma,
Yon olsang ham, yor olma.
Yomon ilon tegirmon boshida aylanar.
Yomon it kunduzi hurar.
Yomon «yilg’in» desang, «qirg’in» der.
Yomon yo’ldan yurgan tuya cho’kar.
Yomon yo’ldosh bo’lmas,
Yo’ldosh boisa ham sirdosh bo’lmas.
Yomon kelsa — buzar,
Yaxshi kelsa — tuzar.
Yomon kun yaxshi bo’lar,
Yomon odam yaxshi bo’lmas.
Yomon — kunchi, yaxshi — sinchi.
Yomon kuchuk bo’sag’ada hurar.
Yomon ko’z tosh yoradi,
Yomon do’st — bosh.
Yomon ko’rgan kishingga
Yomon ko’rgan molingni ber.
Yomon ko’rishni bilmagan,
Yaxshi ko’rishni ham bilmas.
Yomon mo’ridan achchiq tutun chiqar,
Yomon uydan — sassiq gap.
Yomon odam yo’ldoshini qaritar.
Yomon odam til bilan kuydirar.
Yomon odam tuqqanini yomonlar.
Yomon odam to’ymas,
Yomonligini qo’ymas.
Yomon osilar,
Yuvvosh bosilar.
Yomon ot yoldor bo’lar.
Yomon ot oxur buzar,
Yomon it egasini uzar.
Yomon ot suvliq tishlar.
Yomon ot to’rva teshar.
Yomon otga yoi bitmas.
Yomon otga yoi bitsa,
Yoniga tursuq boylatmas.
Yomon erga mol bitsa,
Yoniga qo’shni yoiatmas,
Yoiatsa ham tindirmas.
Yomon oting chiqquncha,
Totli joning chiqsin.
Yomon otni yog’ bosar.
Ilon zahri — tishida,
Yomon zahri — tilida.
Ilon ilonning quyrug’ini bosmas.
Ilon ishi — zahar solmoq.
Ilon po’stini tashlagani bilan qilig’ini tashlamas.
lion po’stini tashlasa ham — ilon.
Ilon o’z zahridan o’lmas.
Ilon o’lsa ham, zahri tishida qolar.
Ilonga suv bersang ham, zahar tomar.
Ilondan—ilon, chayondan—chayon.
Ilonni tushda ko’rsang — ganj,
O’ngda ko’rsang—yanch.
Ilonning o’lgisi kelsa, izda yotar.
Indamasni it qopar.
Inson — gavhari Qobul.
It akillasa, og’ziga ur.
It arazlar, egasi bilmas.
It achchig’ini turnadan olar,
Bit achchig’ini — burgadan.
It vovullagani bilan tog’ qulamas.
It yeganidan bo’ri yegani yaxshi.
It itligini etar,
To’n etagini yirtar.
It oyga qarab hurar.
It otasini tanimas.
It ochiq qolgan qozonni yalar.
It og’zidan suyak olib bo’lmas.
It sarqitini yo’lbars yemas.
It tumshug’ini tiqqan yerga
Suv ichgali sher kelmas.
It tuqqanini tanimas.
It to’yi janjalsiz o’tmas.
It egasini tanimas,
Mushuk — bekasini.
It qilganni itorchi qilmas.
It hurar, karvon o’tar.
Itdan yorug’lik chiqmas,
Bitdan — chorig’lik.
Itdan qolganini mushuk yemas.
Yomon yurgan yerida,
O’t qo’yadi eliga.
Yaxshi yaxshiga yondashtirar,
Yomon yo’ldan adashtirar.
Yaxshi o’zini yomonning yonida tanitar.
Yaxshi qand yedirar,
Yomon — pand.
Yaxshiga gul — soya.
Yaxshiga yetishtir,
Yomondan ketishtir.
Yaxshiga yov yarashmas,
Yomonga — dov.
Yaxshiga yondash,
Yomondan adash.
Yaxshiga iyarsang — oziq,
Yomonga iyarsang — yoziq*.
Yaxshiga el dil ochar,
Yomondan turmay qochar.
Yaxshiga qora yuqmas,
Yomonga el boqmas.
Yaxshida gina bo’lmas,
Yomondan gina ketmas.
Yaxshida yarog’ bo’lmas.
Yaxshidan yomon tug’ilsa,
Eli topilmas.
Yomondan yaxshi tug’ilsa,
Tengi topilmas.
Yaxshidan yomon chiqdi, deb kuyinma,
Yomondan yaxshi chiqdi, deb suyunma.
Yaxshidan — nazar,
Yomondan — hazar.
Yaxshidan ot qoladi,
Yomondan — dod.
Yaxshidan — yaroq,
Yomondan — tayoq.
Yaxshilar topib so’zlar,
Yomonlar qopib so’zlar.
Yaxshilarga xizmat qilsang,
Ham aytadi, ham qaytadi.
Yaxshilik ikki jahonni orttirar.
Yaxshilik ko’zga ko’rinmas,
Yomonlik ko’mib qo’yilmas.
Yaxshilik nur keltirar,
Yomonlik — zulmat.
Yaxshilik to’iga eltar,
Yomonlik — go’iga.
Yaxshilik eksa, esonlik o’rar.
Yaxshilik — yuzda,
Yomonlik — ko’zda.
Yaxshilik qil, daryoga tashla,
Baliq bilar,
Baliq bilmasa, xoliq bilar.
Yaxshilik qil, uyingga aytma.
Yaxshilik qil, umidvor bo’l,
Yomonlik qil, xabardor bo’l.
Yaxshilik qilmasang, yomonlik ham qilma.
Yaxshilik qilsang, yashir,
Yaxshilik ko’rsang, oshir.
Yaxshilikni daryoga qil, biyobondan top.
Yaxshilikni erdan so’ra,
Er bilmasa, eldan so’ra.
Yaxshini yetim dema
Yomonni — o’zim.
Yaxshini ko’rib fikr qil,
Yomonni ko’rib shukur qil.
Yaxshini so’ksang, suyagidan o’tar,
Yomonni ursang, terisidan o’tar.
Yaxshining beli singuncha,
Yomonning ko’zi ko’r bo’lsin.
Yaxshining bolasi to’rga tortar,
Yomonning bolasi — eshikka.
Yaxshining gapi — moy,
Yomonning gapi — loy.
Yaxshining ishi — jannat,
Yomonning ishi — kasofat.
Yaxshining nasihatiga kirmagan,
Yomonning yo’liga yurar.
Yaxshining tilagi ham yaxshi,
Yomonning niyati ham yomon.
Yaxshining yaxshiga ortar himmati,
Yomonning yaxshiga ortar illati.
Yaxshining qo’li singuncha,
Yomonning beli sinsin.
O’zing yaxshi — olam yaxshi.
O’zingga ravo ko’rmaganni
O’zgaga ham ravo ko’rma.
O’lganda go’ring keng bo’lsin,
Tiriklikda — fe’ling.
O’t tosh yorar,
Tosh bosh yorar.
O’tganlardan ibrat ol,
Kelajakka ibrat bo’l.
O’tib ketguncha, ekib ket.
O’tni o’t bilan o’chirib bo’lmas.
O’chakishgan it qopmay qo’ymas.
Qalb qozoni qaynamas,
Qaynasa ham quyulmas.
Qalbning yuzi qora.
Qasd qilgan past bo’lar.
Qashqirning o’yi — yomonlik,
Qo’yning o’yi — omonlik.
Qilich tutgan qilichdan o’lar.
Qozonga yondashsang, qorasi yuqar,
Yomonga yondashsang, yarasi yuqar.
Qoramiq donasi bo’lguncha,
Bug’doyning somoni bo’l.
Qochib ketguncha, sochib ket.
Qoshiq bilan osh berib,
Sopi bilan ko’z chiqarma.
Qoqilsa, suya,
Yiqusa, ko’tar.
Quduqni kim qazir,
Suvini kimlar ichar.
Quyrug’ini bossang, sichqon ham chiyillaydi.
Qush ko’nglini og’ritma.
Qo’yini birov qarar,
Sutini kimlar ichar.
Qo’lingdan kelsa, qo’lingdan ber,
Qo’lingdan kelmasa, yo’lingdan ber.
G’araz marazdan yomon.
«Ha»ga «Hu» kelar.
Havas qilgan yetar,
Hasad qilgan yitar.
Har zog’,
Har zog’da ming dog’.
Har kirn o’z qilmishidan topar.
Har kimning amali o’z oyog’idan.
Ho’kizning shoxi eshakda bo’lsa,
Tirik zotni qo’ymasdi














