Bahorning bir kuni yilga tatir.
Besh kunim — xush kunim.
Bahorning bir kuni qishni boqar.
Ertalabki ish,
Ko‘ngilni qilar xush.
Qurbaqa ham vaqti bilan vaqillar.
Yozda ishlamagan
Qishda tishlamas.
Yoqti borida g‘amlamasang,
Qorong‘ida qarmalarsan.
Qolgan ishga qor yog‘ar.
Kech boshlagan kechikar.
Kechning xazinasidan
Ertaning nasibasi yaxshi.
Yoshligingda kiymakka qizg‘anasan,
Qariganda kiymakka uyalasan.
Bolta tushguncha, kunda dam olar.
Bugungi ishni ertaga qo‘yma.
Oldin otlangan manzilga oldin borar.
Yoshligingda odatlansang,
Qariganda ko‘nikasan.
O‘tgan umr — otilgan o‘q.
Bir kun burun sochsang,
Hafta burun o‘rasan.
Ertalabki vaqt — naqdgina baxt.
Dehqon bo‘lsang, kuz hayda,
Kuz haydamasang, yuz hayda.
Vaqillagan vaqtni o‘tkazar,
Qo‘lidan naqdni ketkazar.
Ertagi savdoning dahsar og‘irligi bor.
Vaqt — omad.
Vaqting ketdi baxting ketdi
Yozda mehnat qilmasang,
Qishda yeysan tirkish.
Sayil o‘tgandan keyin
Xinani ketingga qo‘y.
Osh kutsa ham, ish kutmas.
O‘tgan kun topilmas,
Kelar kun sotilmas.
Umr temir bo‘lsa ham, bir kun eriydi.
barcha mavzudagi she’rlar