Til haqida o’zbek xalq maqollar to’plami. Ona tili haqida hikmatli so’zlar, maqollar.
Mundarija
Til haqida maqollar.
Til – insonning eng buyuk ne’matlaridan biridir. U odamning ma’naviy qiyofasini, odob-axloqini va jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi. Shirin so‘z qalblarni yaqinlashtirsa, achchiq so‘z yuraklarni ranjitadi. Shu bois ota-bobolarimiz til va so‘zning qadr-qimmati haqida ko‘plab hikmatli maqollar yaratganlar. Quyida ana shu maqollarni ma’nosiga qarab turli kategoriyalarga ajratib ko‘rib chiqamiz.
Tilning qudrati va ta’siri.
-
Til bor bol keltirar, til bor balo keltirar.
-
Tig’ yarasi bitadi – til yarasi bitmaydi.
-
Til tig’i qilich tig’idan o’tkir.
-
Aytilgan so’z – otilgan o’q.
-
Yomon so’zning qanoti bor.
-
Kishining o’zi yetmagan yerga so’zi yetar.
Yaxshi va yomon so‘z haqida maqollar.
-
Yaxshi so’z suyuntirar, yomon so’z kuyuntirar.
-
Yomon gap tarsakidan yomon.
-
Yaxshi so’z bilan ilon inidan chiqadi – yomon so’z bilan pichoq qinidan chiqadi.
-
Shirin so’z shakardan shirin.
-
Bir yaxshi gap esdan chiqmas, bir yomon gap.
-
Yaxshi so’z jon ozig’i – yomon so’z bosh qozig’i.
-
Sevdirgan ham til, bezdirgan ham til.
-
Yaxshining so’zi toshni eritar, yomonning so’zi boshni chiritar.
-
Yomon so’z egasiga qaytar.
So‘z va odamning qadr-qimmati haqida.
-
O’ziga boqma – so’ziga boq.
-
So’zning boyligi – odamning chiroyligi.
-
So’z inson ziynati.
-
Til – aql tarozisi.
-
So’z ko’rki maqol.
-
Til – aql bezagi.
-
Til – dil tarjimoni.
-
Til – dil jarchisi.
-
Taom lazzati o’zida – odam lazzati so’zida.
-
Bug’doy noning bo’lmasin, bug’doy so’zing bo’lsin.
-
Ariqni suv bezar – odamni so’z.
Til va odob haqida maqollar.
-
Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz.
-
Tilga e’tibor – elga e’tibor.
-
Odobning boshi til.
-
Til – dil kaliti.
-
Oz gapir – soz gapir.
-
Aytar so’zni ayt, aytmas so’zdan qayt.
Tilning yaxshi-yomon oqibatlari maqolar.
-
Til yaxshisi boyitar, til yomoni zor etar.
-
Tilingda bo’lsa boling, kulib turar iqboling.
-
Ochiq til osh yedirar, achchiq til tosh yedirar.
-
Ming chechanni bir ezma yengar.
-
Tili nopokning o’zi nopok.
-
Yomonning yaxshi so’zidan yaxshining yomon so’zi yaxshi.
-
Sen ham bir og’izdan, siz ham bir og’izdan chiqadi.
-
Arslon izidan, yigit so’zidan qaytmaydi.














