Odil Yoqubov, asarlari bo’yicha testlar

9-sinf  Adabiyot darsligidan test savollari. Odil Yoqubov, asarlari bo’yicha testlar. Odil Yoqubovning «Ulug’bek xazinasi» romani bo’yicha testlar to’plami.

 

Mundarija

Natija

#1. 1982- 1989- yillarda “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” haftaligining bosh muharriri bo‘lgan adib kim?

#2. Qaysi ijodkor talabalik yillarida “Literaturnaya gazeta” ro‘znomasida muxbirlik qilgan?

#3. “Diyonat” romanining mantiqiy davomi bo‘lgan asarlarini aniqlang.

#4. Odil Yoqubovning 1951- yilda nashr etilgan dastlabki yirik asari qanday nomlangan edi?

#5. 70- yillar hayotida keng ildiz otgan turg‘unlik hayoti va mafkurasining zararli oqibatlari jasorat bilan ochib berilgan asarni ko‘rsating.

#6. Odil Yoqubovning ilk asarini aniqlang.

#7. Shaxzoda Abdullatif Mirzo Ulug‘bekni Makkai mukarramaga hajga yubormoqqa jazm qilgan. Lekin xutbada bir kimsa xonga yalinib, a’lo hazratlaridan xun da’volagan. Bu kimsa nomi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

#8. Odil Yoqubovning “Ko‘hna dunyo” romonida Ibn Sino 20 yillik judolikdan keyin Beruniy bilan qayerda uchrashadi?

#9. “Uning taxtga o‘tirganiga necha oy bo‘ldi? . . . Shabon oyi edi. Bugun rabiul avval… olti oy … bo‘lmish!”…Shahzoda turgan joyida gilamga tiz chukib, sajdaga bosh qo‘yarkan, ko‘ksidan achchiq faryod aralash bir nido otilib chiqdi.

#10. Normurod Shomurodov qaysi asar qahramoni?

#11. “Nadomatlar bo‘lg‘aykim, murofaaga aqli zukko ulamolar emas, ilmu- ma’rifatdan yiroq johillar yig‘ilibdur …” “Ulug‘bek xazinasi” romanidan olingan ushbu parchadagi murofaa so‘zining izohi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

#12. Mustaqillik davri adabiyotida o‘z davrining o‘tkir ijtimoiy, ma’naviy masalalarini ko‘targan ijodkorni ko‘rsating.

#13. Odil Yoqubov qaysi asarida o‘z otasi misolida qatog‘on davrlarining dahshatlari aks etgan bolalik xotiralari qalamga olinadi?

#14. Odil Yoqubovning “Muqaddas” asari qaysi janrda yozilgan?

#15. “Bazmda barcha amirlar va nufuzli beklar … shaxzodaning: eng yaqin muqarrablari yig‘ilgan emish. ” “Ulug‘bek xazinasi” romanidan olingan ushbu parchadagi muqarrab so‘zining ma’nosini aniqlang.

#16. “Gulnoza hamda Darvishali o‘n yildirki tirnoqqa zor. Gulnoza eri, ustozi Darvishalini qancha hurmat qilmasin, baribir o‘zini undan qandaydir begona his qiladi”. Parcha qaysi asardan olingan?

#17. Hayotda yonib yashash, yonib ijod qilish qaysi adibning bosh shiori?

#18. Odil Yoqubovning dastlabki yirik asari qanday nomlangan?

#19. “Filhaqiqat, ul jomiul ulum zoyicha ko‘rib, shaxzodaning taqdirini so‘zlab bermog‘i lozim”. “Ulug‘bek xazinasi” romanidagi ushbu parchada ishlatilgan jomiul ulum so‘ziga qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?

#20. Odil Yoqubovning qaysi dramasi 2000- yilda “Ofarin” mukofoti bilan taqdirlandi?

#21. Odil Yoqubovning 50- yillarda yaratgan dramasini toping.

#22. Odil Yoqubovning yozuvchi sifatida elga tanitgan asarini aniqlang.

#23. Ikkinchi jahon urushi yillarida yoshiga bir yosh qo‘shib o‘z arizasiga ko‘ra harbiy xizmatga ketgan adib qaysi qatorda berilgan?

#24. Quyidagi qaysi adibning otasi qatag‘on yillarida qamoqqa olinib, qaytib kelmagan?

#25. Quyidagi qaysi adib 2004- 2005- yillarda Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasining vitse- prezidenti vazifasini ado etadi?

#26. “Qudratingga shak keltirib, har yo‘lidan toygan ul betavfiq galai saklarni qatli- om qilganimning … yorug‘u nedur”. “Ulug‘bek xazinasi” romanidan olingan ushbu parchadagi “galai saklarni” so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?

#27. Odil Yoqubovning ilk romani qaysi javobda berilgan?

#28. Uning asarlari buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘beklar hayoti, ularning ulug‘vor ishlari haqida hikoya qilsa, gohi zamonaviy mavzularni qalamga olib, odamalr o‘rtasidagi mehr- oqibatni ulug‘laydi. Ushbu so‘zlar kimga nisbatan aytilgan?

#29. “Ulug‘bek xazinasi” romanida Ulug‘bekka Dorussaltana qo‘rg‘oni darvozalarini ochmagan amir qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

#30. Sarvar va Diloro qaysi asar qahramonlari?

Oldingisi
Tugatish
«Ulug’bek xazinasi» romani test savollari