9-sinf Adabiyot testlari.

9-sinf Adabiyot testlari. 9-sinf Adabiyot fanidan aralash testlar. O’zbek Adabiyoti namoyondalari  bo’limi bo’yicha tuzilgan testlar.

 

Mundarija

Natija

#1. Oybekning “Navoiy” romanida ishlatilgan “barq” so`zining ma`nosi?

#2. Ispan shoiri Lorkaning “Eng qayg’uli shodlik” kitobini kim ispan tilidan tarjima qilgan?

#3. Oybekning 30-yillar qatag`oni davrida, nashriyot eshiklar uning uchun yopib qo`yilgan bir paytda yozgan romani?

#4. Oybekning “Navoiy” romanida Navoiy kimlarni shiraga o`ch chirkin pashshaga o`xshatadi?

#5. Oybekning “Navoiy” romanida kim qatorasiga yetti ot ustidan sakrab o`tganligi bilan dong chiqargan, chittakday yengil, chaqqon, qarchig`aydek olg`ir deya ta`riflangan?

#6. Oybek qalamiga mansub romanlar qatorini belgilang. 1. “Qutlug` qon” 2. “Navoiy” 3. “Oltin vodiydan shabadalar” 4. “Quyosh qoraymas” 5. “Ulug` yo`l” 6. “Guli va Navoiy” 7. “Nur qidirib”

#7. Zahiriddin Muhammad Bobur nimani shiringina bir imorat deb ta`riflagan edi?

#8. Oybekning “Navoiy” romanida kim hamisha jangda o’zini arslonsifat tutar edi?

#9. Oybekning “Navoiy” romanida nimani Pahlavon “Bu – ko`hna Xuroson tarixining oltin sahifasi”, Xo`ja Afzal esa “El baxtining tug`ilgan kuni” deb ta`riflaydi?

#10. Oybekning “Navoiy” romanida aytilishicha, nimani arbobi jang farz deb biladi?

#11. “Bir soatlik tafakkur bir yillik toatdan afzal”. Ushbu fikr qaysi adabiy qahramon uchun dasturul amal edi?

#12. Oybekning “Navoiy” romanida kim “Har bir ishda aqlni rahnamo qilmoq lozimdur. Zeroki, insonlar haq yo`lini hamisha aql nuri bilan topmishlar” deb aytadi?

#13. Oybekning “Navoiy” romanida kim kordon va sohibi tadbir deya ta`riflangan?

#14. Oybekning “Navoiy” romanida Navoiy “Gulning to`ni qirq parcha bo`lsa ham, u guldir! Ilmni xalqqa beringiz va tafakkur bilan ilmni kengaytirmoqqa harakat qilingiz! Ilm ko`mig`liq xazina emas, jonli daraxtdir, o`smog`i, gullamog`i, meva bermog`i kerak!” deya kimga qarata aytadi?

#15. Sharof Boshbekovning ssenariysi va rejissorligida qo`yilgan qaysi teleserial teletomoshabinlar tomonidan qizg`in kutib olingan?

#16. “Sohibqiron” dramasida Temurning o`z dushmanlari gunohini ham kechira oladigan shaxs ekanligi kim orqali ko`rsatib berilgan?

#17. Sharof Boshbekov o`z ssenariysi bo`yicha suratga olingan qaysi kinoga rejissorlik qilgan?

#18. Oybekning “Navoiy” romanida Mavlono Shahobiddin nimalarni sopalak tosh va Badaxshon la`liga qiyoslaydi?

#19. Shavkat Rahmonning she`riy to`plamlari berilgan javobni aniqlang.

#20. «Turkiylar» she’ridagi «Turkda bosh qolmadi… qolmadi dovlar» satrlarining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?

#21. Halima Xudoyberdiyevaning she`riy to`plamlari berilgan javobni aniqlang.

#22. Men she`r yozsam, endi uni qog`ozga emas, Anov yal-yal yonayotgan o`tga yozaman. Ushbu misralar muallifi kim?

#23. Shavkat Rahmon qaysi so`zni hammadan birinchi bo`lib aytgan?

#24. Sharof Boshbekovning qaysi asari hozirgi kungacha tomoshabinlar olqishiga sazovor bo`lib kelmoqda?

#25. Kim o`zbekcha g`azallarni tinglaganda Chorsu orqasidagi temirchilarning “taraq-turug`i” quloqlarga mix qoqqandan battar azobni his qilar edi?

#26. “Xayol daryosi keng edi menda. O`qtin-o`qtin o`zimcha mashq qilib, bitta-yarimta she`r ham yozib qo`yardim”. Ushbu gap kimga tegishli?

#27. “Oybek oriq va novcha yigit bo`lib, qo`ng`ir…qalin sochlari do`ppisidan toshib turardi. Yirik qora ko`zlari shogirdlik davridayoq teran ma`noli va xayolchan edi…” Oybek haqidagi ushbu gaplar kimga tegishli?

#28. Oybekning “Dilbar – davr qizi”, “O`ch” asarlari qaysi janrda yozilgan?

#29. Oybekning “Navoiy” romanida kim erka o`sgan, ziynatli hayotning lazzatiga, may, musiqiy olamining yoqimli, orombaxsh hislariga berilgan yigitcha edi?

#30. “Sharq yulduzi” jurnalining 1965-yil 5-sonida askarning she`rlari bosilib chiqadi. Ushbu fikr kim haqida?

Oldingisi
Tugatish
Abituriyentlar uchun mavzulashtirilgan testlar