Imom al – Buxoriy hayoti va ijodi haqida testlar. Furqat mavzusida test savollari. 9-sinf Adabiyot fanidan test savollari.
Mundarija
Natija
#1. Kim Imom al-Buxoriyning “Al jome` as-sahih” kitobiga kiritilgan hadislar soni haqida ma`lumot bergan?
#2. Imom al-Buxoriy davrida qaysi shahar musulmon Sharqidagi eng yirik ilmiy markazlardan biriga aylanganligi sababli ko`p mashhur olimlar shu shaharda to`plangan edilar?
#3. “Ho`qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti. O`zi yozg`oni” asarini adabiyotshunoslar shartli ravishda qanday nomlaganlar?
#4. Imom al-Buxoriy hadisshunoslikda nimani boshlab bergan?
#5. Ko`ngullarning sururi ilmdandur, Ko`rar ko`zlarning nuri ilmdandur. Bayt muallifini toping.
#6. Furqat ijodiy merosida nechta ilmiy asar uchraydi?
#7. Manbalarda al-Buxoriyning nechta hadisni yod bilgani qayd qilingan?
#8. “Al-jomi’ as-sahih”, ya’ni “Sahihi Buxoriy”ga nechta hadis saralab olingan?
#9. Imom al-Buxoriy kimning bilimini yuqori baholab, “Men sendan ko`rgan foyda sen mendan ko`rgan foydadan ortiqroq”, – deb unga nisbatan chuqur hurmatini bildirgan?
#10. Mening maktab aro buldur murodim, Xatimdek chiqsa imlo-yu savodim. Baytini kim yozgan?
#11. “Al-jome` as-sahih”ning dastlabki bobi nima haqida?
#12. Bilik birla bilinur saodat yo`li, Bilik birla saodat yo`lini bula. Ushbu fikr qaysi asardan olingan?
#13. Qaysi bo`lajak shoir 8 yoshida F. Attorning “Mantiq ut-tayr” asarini yod olgan?
#14. Abu Hurayra raziyallohu anhu3: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kimki rizqim ulug‘, umrim uzoq bo‘lsin desa, …ga mehroqibatli bo‘lsin!» deganlarini eshitganmen», – deydilar. “Sahihi Buxoriy”dan olingan ushbu hadisi sharifdagi bo‘sh qoldirilgan o‘ringa mos javobni qo‘ying.
#15. Furqat g`azallariga kim muxammas bog`lagan?
#16. Hadisga ko`ra qaysi so`z ramziy ma`noda masofa jihatdan uzoqlik, ham vaqt jihatdan uzoqlik – davomiylik va bu jarayonlardagi qiyinchilik, mashaqqatlarni ifodalaydi?
#17. Bir odam “Yo Rasullulloh, mening yaxshi muomala qilmog`imga kim haqliroqdir?”-degan mazmundagi savolini to`rt bora takrorlaganida Rasululloh (s.a.v) kimlarni tartib bilan tilga olganlar? 1) onasini; 2) ahli ayolini; 3) qo`ni-qo`shnilarini; 4) otasini; 5) yaqin qarindoshlarini;
#18. Kim ota-ona haqida “Birisin oy angla, birisin quyosh” deb yozgan?
#19. Quyida berilgan asarlardan nechtasi Imom al-Buxoriy qalamiga mansub? 1. “Al-jome` as-sahih”, 2. “Al-adab al-mufrad”, 3. “At-ta`rix as-sag`ir”, 4. “At-ta`rix al-avsot”, 5. “Tazkirat ul-Huffoz”, 6. “At-ta`rix al-kabir”, 7. “Kitob al-ilal”, 8. “Tanbeh ul-g`ofiliyn”, 9. “Barr ul-volidayn”, 10. “Asomi us-sahoba”, 11. “Mukoshafat ul-qulub” 12. “Kitob al-kuna”
#20. Furqat umrining oxirigacha qayerda qoladi?
#21. Furqatning “Hammomi xayol” asari qanday shaklda yozilgan?
#22. Furqatning “Surmadin ko`zlar qaro…” g`azali kimning ijodi ta’sirida yozilgan?
#23. Imom Buxoriy umrining oxirlarida qaysi qishloqda yashay boshlagan?
#24. Furqatning etnografik xarakterdagi ilmiy asarlari berilgan javobni aniqlang. 1. “To`y tavsifi” 2. “Nuh manzar” 3. “Gap ta`rifida” 4. “Chor darvesh” 5. “Aza tavsifi” 6. “Hammomi xayol”
#25. Buxoro amiri Xolid ibn-Ahmad azZuhaliy Imom al-Buxoriydan saroyga kelib qaysi kitoblarni o`qib berishini talab qiladi?
#26. Nikolay Ostroumov kim edi?
#27. Olloh taolo oyati karimasida: «Olloh taolo sizlarning orangizdagi … bu dunyoda yarlaqab, martabasini ulug‘ qilg‘aydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir, Olloh taolo qilayotgan ishlaringizdan xabardordir», – deyilgan. “Sahihi Buxoriy”dan olingan ushbu hadisi sharifdagi bo‘sh qoldirilgan o‘ringa mos javobni qo‘ying.
#28. Furqatning Istambulda yozgan asarini toping.
#29. Furqatning qaysi asari adabiyot havaskorlari uchun qo`llanma sifatida tuzilgan?
#30. Furqat 14 yoshga yetganda qanday voqea yuz beradi?
#31. Furqatning qaysi she’ri gullar obrazidan ko`proq foydalanib yaratilgan?
#32. Furqatning ijodi qanday asarlarni o`z ichiga oladi? 1. Lirika 2. Dramaturgiya 3. Publitsistika 4. Nasriy asarlar 5. tarjimalar 6. Tragediyalari 7. Ilmiy asarlar
#33. Hadisi shariflarni tashkil etadigan qismlarni ko‘rsating























