Alisher Navoiy mavzusida test savollari

Alisher Navoiy mavzusida test savollari. 9-sinf Adabiyot fani yuzasidan mavzulashtirilgan testlar to’plami.

 

Mundarija

Natija

#1. Qaysi asarda shoir shohga qarata: “Raiyat (xalq) poda bo`lsa, sen cho`ponsan, u mevali daraxt bo`lsa, sen bog`bon, agar cho`pon qo`ylarni asramasa, ular och bo`rilarga yem bo`ladi”, degan fikrni aytadi?

#2. Xojaning hikoyalaridan birida kim xalqning boshtoq bo’lishidan xavotirlanib, podshoni haj sotib olishga ko’ndiradi?

#3. “Alpomish” dostonida qachon bir kam to`qson alp otdan tappa-tappa tashlab, qo`l qovushtirib ta`zim qiladi?

#4. «Maxzan ul-asror » asari kimga bag’ishlab bililgan?

#5. Jomiyning “Xamsa”si yettilik bo`lgandan so`ng qanday nomlangan?

#6. Nizomiy Ganjaviy „ Xamsa»si qanday nom bilan mashhur bo`lgan?

#7. Navoiy “Xamsa”sining qaysi dostonida shoir umr, uning mazmuni, tabiat, jamiyat va inson munosabatlariga doir savollarni qo`yadi?

#8. “Xojagon” silsilasiga kim asos solgan?

#9. Kimki jahon ahlida inson erur, Balki nishoni anga iymon erur. Ushbu bayt “Xamsa”ning qaysi dostonidan olingan?

#10. Xo’ja qalamiga mansub asar(lar)ni toping. 1) “Guliston” 2) “Miftoh ul-adl” 3) “Gulzor” 4) “Bo’ston” 5) “Maqsad ul-atvor” 6) “Mahzan ul-asror”

#11. Nizomiy Iroq hukmdori To`rg`ul II ning iltimosiga ko`ra qachon va qanday asar yozgan?

#12. Xo’janing kichik hajmli hikoyalar to‘plamidan iborat asari qaysi?

#13. Kim Toshkentlik mashhur avliyo Zangi Ota avlodlaridan bo’lgan?

#14. Xo’ja hikoyalaridan birida necha bor haj ziyoratiga borgan zohiddan haj sotib olmoqchi bo’lishadi?

#15. “Hayrat ul-abror”ning “Salotin bobida” maqolatidan keying bobda qanday masala ko`tarilgan?

#16. Quyidagilardan qaysi biri falsafiy ta’limiy doston?

#17. Xojaning qaysi asari Jonibek Sultonga bag`ishlangan?

#18. Nizomiy Ganjaviy asarlari tartibi to’g’ri berilgan javobni toping 1.»Maxzan ul-asror»; 2. «Iskandarnoma» 3. «Layli va Majnun»; 4 «Xusrav va Shirin»; 5. «Haft paykar».

#19. Qaysi ijodkor Ashxobod yaqinidagi qadim Niso shahrida shayxulislom Abdulvahhobxoja oilasida tug`ilgan?

#20. Gar nuktalari olamni tutti, G`avg`olari ins-u jonni tutti. Chun forsiy erdi nukta shavqi, Ozroq edi andi turk zavqi. Ushbu parcha Navoiy “Xamsa”sining qaysi dostonidan olingan?

#21. Xojaning hikoyalaridan birida podsho bir haj savobiga necha tanga taklif qiladi?

#22. “Shayboniyxon davrida u Darun viloyatiga hokim etib tayinlanadi. Umrining oxirgi qismini Samarqand va Buxoroda o`tkazgan. U o`z zamonida e`tirof etilgan shayx lavozimida ham faoliyat ko`rsatgan”. Ushbu fikrlar qaysi ijodkor tarjimayi holidan olingan?

#23. Xojaning hikoyalaridan birida zohid necha hajining savobini davlatni bir soat adolat bilan boshqargan savobga alishmoqni istaydi?

#24. Boshni fido ayla boshig`a, Jismni qil sadqa ano qoshig`a. Tun-kuningga aylagali nurfosh, Birisin oy angla, birisin quyosh. Ushbu parcha qaysi dostondan olingan?

#25. Ilk xamsanavis kim?

#26. Nizomiy «Layli va Majnun» dostonini qachon va nima munosabat bilan yozgan?

#27. Xojaning hikoyalaridan birida sultonning bir soat adolat qilganining savobini zohid qanchaga baholaydi?

#28. Shohki ish adl ila bunyod etar, Adl buzuq mulkni obod etar. Kofiri odil ani obod etib, Mo`mini zolim ani barbod etib. Ushbu parcha qaysi dostondan olingan?

#29. “Alpomish” dostonida qaysi qahramonning “bola kunda tutadigan quyonchiq kasali” bor edi?

#30. «Maxzan ul-asror » asari qanday asar?

Oldingisi
Tugatish
6-sinf Adabiyot Alisher Navoiy test