9-sinf Adabiyot fanidan mavzulashtirilgan testlar

9-sinf Adabiyot fanidan mavzulashtirilgan testlar. Adabiyot fanidan test. Oybekning «Navoiy romani, Abdulla Oripovning » Sohibqiron» dramasi, Omon Matjon mavzusi, Halima Xudoyberdiyeva mavzusi asosida test savollari.

 

Mundarija

Natija

#1. “Sohibqiron” dramasida A. Temur “ulug` bir zot yashab o`tgan zaminimizda” deganda kimni nazarda tutadi?

#2. Oybekning gapirolmay qolgan, harakatlari cheklangan, xotirasi susaygan bir vaqtda yozgan asarlari? 1.“Qutlug` qon” 2. “Ulug` yo`l” 3. “Quyosh qoraymas” 4. “Navoiy” 5. “Nur qidirib” 6. “Bolalik” 7. “O`ch” 8. “Bola Alisher”

#3. “Mardlar olishmaydi siltab otadi, Maydon bo`lsa ish ko`rsatib ketadi” Ushbu gap kim tomonidan aytilgan?

#4. “Ardaxiva”, “Ochiq derazalar” kabi she`riy to`plamlar muallifini aniqlang.

#5. Oybek qalamiga mansub drama qaysi javobda berilgan?

#6. “Sohibqiron” dramasi qanday voqea bilan boshlanadi?

#7. O. Yoqubovning qissalarini belgilang. 1. “Qanot juft bo`ladi” 2. “Muqaddas” 3. “Tengdoshlar” 4. “Ko`hna dunyo” 5. “Tilla uzuk” 6. “Larza” 7. “Er boshiga ish tushsa” 8. “Matluba” 9. “Billur qandillar” 10. “Izlayman”

#8. “Issiq qor”, “Sadoqat” kabi she`riy to`plamlar muallifini aniqlang.

#9. Halima Xudoyberdiyevaning qaysi to`plamlari xalqimiz mustaqillikka erishgandan so`ng chop etilgan?

#10. “Eng so`nggi xazina” she`rini kim yozgan?

#11. Quyidagi misralarning qaysi birida o`ta mavhum tuygu tuyimli qilib tasvirlangan?

#12. “Ayt-chi, Temur, sen besabab qon to`kkanmisan”. “Sohibqiron” dramasida ushbu so`zlar kim tilidan aytilgan?

#13. “Sohibqiron” dramasida muallif o`z qarashlarini qaysi obraz orqali ifoda etadi?

#14. Halima Xudoyberdiyeva qaysi she`rini farzandsizligi sababli turmush o`rtog`ining boshqaga uylanishiga rozi bo`lib kechasi bilan mix qoqilgan hovlida yurib chiqqan ayol haqidagi rivoyatdan ta`sirlanib yozgan?

#15. “Sohibqiron” dramasida kim umrida hech kitob ko`rmay ulg`aygan deya ta`riflanadi?

#16. Halima Xudoyberidiyevaning she`riy to`plamlari berilgan javobni aniqlang.

#17. Omon Matjonning she`riy to`plamlari berilmagan javobni aniqlang.

#18. Qaysi she`rning deyarli har bir bandi “Hamma shunga ko`nibdi” deya yakunlanadi?

#19. “Sohibqiron” dramasida A. Temur kimga qarata “Sening bobong Chingiz emas, aslida hasad” deb aytadi?

#20. Halima Xudoyberdiyevaning birinchi she`riy to`plamini ko`rsating.

#21. Sharof Boshbekovning qaysi asari respublikalararo ko`rik-tanlov sovrindori bo`lgan?

#22. Katta el va kichik el haqidagi rivoyat tasviriga bag`ishlangan she`rni aniqlang?

#23. Halima Xudoyberdiyevaning “Begim, sizni tabiat…” she`rining yaratilishiga dastlabki turtki bo`lgan misra qaysi edi?

#24. Halima Xudoyberdiyeva qaysi to`plami uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo`lgan?

#25. “Sohibqiron” dramasida A. Temur kimni sen Qozog`on nabirasi deb aytadi?

#26. O. Yoqubovning dramatik asarlarini belgilang. 1. “Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim” 2. “Yurak yonmog`i kerak” 3. “Chin muhabbat” 4. “Ikki muhabbat” 5. “Olma gullaganda”

#27. Omon Matjonning she`riy to`plamlari ko`rsatilgan qatorni toping.

#28. Omon Matjonning she`riy to`plamlari berilgan javobni aniqlang.

#29. “Ulug`bek xazinasi” romanida Shohruhiya qal`asi boshlig`i kim edi?

#30. O. Yoqubovning ilk asari?

Oldingisi
Tugatish
9-sinf Ona tili testlari