9-sinf Adabiyot test savollari

9-sinf Adabiyot test savollari. Abituriyentlar imtihonga puxta tayyorgarlik  ko’rishlari uchun testlar to’plamini taqdim etmoqdamiz. Adabiyot fanidan testlar.

 

Mundarija

Natija

#1. «Tong ochar ko‘zlarin…» she’rida qaysi obrazga salbiy munosabat kuzatiladi?

#2. “Asrga tatigulik kun” romanini kim tarjima qilgan?

#3. Ch. Aytmatov qayerdagi o`qishi haqida “Agar men bu yerda o`qimaganimda o`z qissalarimni yoza olmagan bo`lardim” deb yozgan?

#4. O`ljas Sulaymonov qaysi dostoni bilan dunyoga mashhur bo`ldi?

#5. “Asrga tatigulik kun” da kim kechagi kunini unutmagan, bobolar amal qilgan yuksak udumlar asosida yashashga o`zida kuch topa oladigan chin inson deya ta`riflanadi?

#6. Shekspir qayi pyesalarda so`ngi rollarini o`ynagan?

#7. “Asrga tatigulik kun”da siyosatdan tamomila chetda turuvchi, siyosiy muammolar hal qilinadigan joylardan minglab chaqirim yiroqda umr kechiruvchi kamtargina odam ham aslida siyosatning ta`siridan xoli bo`lolmasligi qaysi obraz timsolida ochib berilgan?

#8. Edigeyning laqabi nima?

#9. Zulfiqor ruh kerak, kerak chin yog’du, Chin ishq yolqinlari bag’rimga to’lsin, Jismimni toblasin faqat chin og’riq, chechaklar qop-qora bo’lsa-da, bo’lsin. Misralar muallifini aniqlang.

#10. 1603-yil kim Shekspir truppasini o`z himoyatiga oladi?

#11. Tillarim tishlarni sindirganida, Ko`zim kipriklarni kuydirganida. Ushbu parcha O`ljas Sulaymonovning qaysi she`ridan olingan?

#12. “Musibatnoma” asarining muallifi kim?

#13. “Ulug`bek xazinasi” romanida Abdulatif kimning asarini o`qiyotganda “Padarkush…toj-u taxt …. olti oy” yozuvlariga ko`zi tushadi?

#14. Qaysi atama yunoncha “ehtiros”, “hissiyot”, “iztirob” degan ma`nolarni bildiradi?

#15. “Asrga tatigulik kun” romanida Sobitjon kim?

#16. Ch. Aytmatovning qissalari berilgan javobni toping. 1. “Birinchi muallim” 2. “Yuzma-yuz” 3. “Asrga tatigulik kun” 4. “Qiyomat” 5. “Jamila” 6. “Alvido Gulsari” 7. “Kassandra tamg`asi” 8. “Oq kema” 9. “Tog`lar qulaganda”

#17. O.Yoqubovning «Ulug’bek xazinasi» romanidagi Bobo Husayn ismli personaj kim edi?

#18. O`ljas Sulaymonovning “Arg`umoq” she`rini kim tarjima qilgan?

#19. Ch. Aytmatovning asarlari jahonning necha tiliga tarjima qilingan?

#20. Quyidagi she`riy to`plamlardan qaysilari O`ljas Sulaymonov qalamiga mansub? 1. “Quyoshli tunlar” 2. “Ajoyib tun” 3. “Bobo quyosh” 4. “Sharofatli vaqtlar” 5. “Maymun yili” 6. “Ming bir yog`du” 7. “Loy kitob” 8. “Olovning ko`chishi” 9. “Yumaloq yulduz”

#21. “Asrga tatigulik kun”da yozilishicha, Bo`ronli bekatidan Ona Bayit qabristonigacha necha chaqirim yo`l?

#22. O`ljas Sulaymonovning “Mambet botirning qatl oldidan aytganlari” she`rini kim o`zbek tiliga tarjima qilgan?

#23. O`ljas Sulaymonov qaysi asarida, yevropaparastlar aytganlariday, turkiylar yovvoyi va madaniyatsiz qavm emas, balki dunyoning eng qadimiy madaniyatli millatlaridan ekanligini asoslagan?

#24. «Bormi er yigitlar, bormi er qizlar» ifodasidagi «er qizlar» birikmasi haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?

#25. “Asrga tatigulik kun”da manqurtning zamonaviy va xavfli nusxasi kim?

#26. Shekspir tragediyalari keltirilgan qatorni toping.

#27. “Ulug`bek xazinasi” romanida Burhoniddin kim edi?

#28. Shavkat Rahmon fikricha, qaysi so`zni shoirlar birinchi aytishi kerak emas?

#29. Ch. Aytmatovning romanlari berilgan javobni toping. 1. “Birinchi muallim” 2. “Yuzma-yuz” 3. “Asrga tatigulik kun” 4. “Qiyomat” 5. “Jamila” 6. “Alvido Gulsari” 7. “Kassandra tamg`asi” 8. “Oq kema” 9. “Tog`lar qulaganda”

#30. Horib terlagan otning hidini unutgayman, So`g`ishlar urhosini unutgayman zindonda. Ushbu parcha O`ljas Sulaymonovning qaysi she`ridan olingan?

Oldingisi
Tugatish
Boshqa mavzulashtirilgan testlar