So’z birikmasi test

So’z birikmasi mavzusida 30 talik testlar to’plami

 

Mundarija

Natija

#1. Hozir ayni damda shu zulm va adovat tikanlari o’zining ilk mevasini berdi. Ushbu gapda nechta tobe bog’lanish mavjud?

#2. Olamning cheksiz sirlarini bilish va inson ehtiyojlarini qondirishda aqlga teng keladigan kuch yo’q. ushbu gapda aniqlovchili birikmalar soni nechta?

#3. Och-yalong’och yashayotganlarni men hech qachon unutolmayman. Gapda nechta bitishuv munosabatli fe’lli so’z birikmali bor?

#4. Uning ayollarga ehtiromi ular sharafiga barpo etilgan bog‘-rog‘lar va nodir me’moriy yodgorliklarda ham aks etadi. Ushbu gapda nechta so‘z faqat tobe bo‘lak vazifasini bajargan?

#5. Jahonda nimaiki oq bo’lsa, unga ona suti timsol; nimaiki jo’shqin bo’lsa, unga ham ona mehri timsol; nimaiki chidamli, sabr-toqatli bo’lsa, ona irodasi timsol; kimki pok muhabbat da’vo qilsa, onaning pok qalbi timsol. Berilgan gapda nechta bitishuvli so’z birikmasi mavjud?

#6. Asarda markazlashgan davlat qurish, insonparvarlik, mehnatsevarlik, tinchlikparvarlik, ezgulik, halollik, mardlikni sharaflab, qonli urushlarni qo‘zg‘ash, yovuzlik, adolatsizlik, munofiqlikni qoralash g‘oyalari ilgari suriladi. Ushbu gapda faqat hokim qismi yasama bo‘lgan so‘z birikma(lar)ida tobe va hokim qism o‘zaro qanday usul bilan bo‘g‘langan?

#7. Hozir shu zulm va avvalgi adovat tikanlari o’zining ilk mevasini berdi. Ushbu gapda nechta bitishuvli so’z birikmasi mavjud?

#8. Uyga kirishi bilan gapirayotganlar birdan to’xtab qolishdi. Ushbu gapdagi so’z birikmalari haqidagi nechta hukm to’g’ri emas? 1) 4ta holli birikma bor; 2) 4ta fe’lli so’z birikmasi bor; 3) 2ta so’z birikmasining ham hokim, ham tobe qismlari fe’l bilan ifodalangan;4)gapda otli so’z birikmasi yo’q.

#9. Har bir inson o’z muallimi va ustozini e’zozlashi, shogirdlik burchi va sadoqatini ado qilishi shartdir. Ushbu gapda aniqlovchili birikmalar soni nechta?

#10. Ota-bobolar nomini doim esda tutishni o‘g‘liga nasihat qildi. Nechta so‘z birikmasi bor?

#11. Masturaning sevgisi, chidami, hijron dog’lari uning o’ziday pok, chiroyli, samimiy, ehtimol, shuning uchundir, Mashrab vafosizlik haqida yozilgan kitoblarni o’qisa yoki erkakalardan xotin-qizlar haqida yozilgan yomon gaplarni eshitsa, hamisha masturani eslaydi-yu, butun vujudi isyon ko’taradi, bunday gaplarga hech qachon ishonmaydi.Ushbu murakkab qo’shma gapda nechta to’ldiruvchili so’z birikmasi bor?

#12. Quyida berilgan misralardagi boshqaruvli bog’lanishlar miqdorini aniqlang. Ko’zlarim hali harf tanimas edi, Qalam ushlolmasdi hali qo’llarim. Kapalak izidan quvib tinmasdim. Yulduzlarni sanar edim tunlari

#13. Qaysi keltirilgan javobda so’z birikmalarining soni oltita emas?

#14. Qaysi javobda fe’lning vazifa shakllari faqat ohang jihatdan hokim so’zga tobelanib bog’langan so’z birikmalari to’g’ri ko’rsatilagan? 1)faxrlanib gapirish; 2)tez yugurish; 3)ibratli tashabbus; 4)haydalgan yer; 5)yeyishli olma; 6)oqar daryo; 7)o’ylab gapirmoq

#15. O‘z Vatanini sevgan kishi shu Vatanning ravnaqi uchun kurashadi. Ushbu gapda nechta so‘z ham hokim, ham tobe qism vazifasini bajara oladi?

#16. Mashrab va bu shoirning asarlari bir-biriga hamohang edi. Berilgan gapda tobe bog‘lanishlar miqdori nechta?

#17. Kumush qishdan, zumrad bahordan qolishmaydi kuzning ziynati. Ushbu gapda tobe bog’lanishlar va bir so’z turkumiga mansub so’zlar soni teng kelgan javobni aniqlang.

#18. Bu bog‘lar Samarqanddagi boshqa bog‘lardan o‘zining tengsiz tarovati, ulug‘vorligi hamda go‘zal nafosati bilan ajralib turar edi. Ushbu gapda so‘zlar o‘zaro bog‘lanib, necha o‘rinda moslashuvli tobe bog‘lanish hosil qilgan?

#19. Bu o‘lkada iqlim o‘rtacha, suv mo‘l, yer unumli, quyosh nuri yetarli. Ushbu gapdagi bitishuv munosabatli so‘z birikmasining hokim qismi qaysi so‘z turkum(lar)i bilan ifodalangan?

#20. Gul bag’rini nasim tildi – to’kildi, Saboga hikoyat qildi –to’kildi. Falak ishiga boq: bir haftada gul chiqdi, g’unchaladi, kuldi to’kildi… Ushbu she’riy parchada ot+ot ko’rinishidagi so’z birikmalari sonini toping.

#21. Choy ichib turgan piyolasini boshiga urib, chakkasini yordi. Ushbu gapda nechta so’z kesimga bilvosita tobelangan?

#22. Och-yalang‘och yashayotganlarni men hech qachon unutolmayman.Gap tarkibida nechta so‘z birikmasi mavjud?

#23. Faqat tobe so’zning asosi shakldoshlik xususiyatiga ega bo’lgan otli birikmani toping

#24. Do’stlikni e’zozlashning zarur shartlaridan biri do’stlar bilan uchrashib turishdir. Turli katta-kichik marosimlar: bayramlar, tug’ilgan kunlar, to’ylar bilan bir qatorda, do’stona yig’inlar ham bu munosabatlarni mustahkamlaydigan vositadir. Berilgan parchada ham tobe, ham hokim qismi yasama so’zdan iborat so’z birikmalari qanday munosabatda?

#25. Sening tug’ilgan shahringdan ayrilib yashashingga ko’zim yetmasdi, buni hammadan ham men yaxshi bilardim. Ushbu gapda necha o’rinda bitishuvli so’z birikmasi mavjud?

#26. Hokim so’zning ham, tobe so’zning ham asosi shakldoshlik xususiyatiga ega bo’lgan so’z birikmasini toping

#27. Qaysi so’z birikmasining ikkala qismi ham yasama otdan iborat?

#28. Otamday rozi bo’l, onamday sevgin, Men ham senikiman, o’ksik qizingman. Bag’ringda ming yillik toshlar to’sig’in Yorib chiqayotgan bir ildizingman! Keltirilgan she’riy parchadagi so’z birikmalarining bog’lanish usuliga ko’ra turlarini toping.

#29. Jahonda nimaiki oq bo’lsa, unga ona suti timsol; nimaiki jo’shqin bo’lsa, unga ham ona mehri timsol; nimaiki chidamli, sabr-toqatli bo’lsa, ona irodasi timsol; kimki pok muhabbat da’vo qilsa, onaning pok qalbi timsol. Berilgan gapda nechta moslashuvli so’z birikmasi mavjud?

#30. Hokim so‘z tarkibida lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha qatnashgan otli birikmani toping.

Oldingisi
Tugatish

Mavzulashtirilgan testlar>>